Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-09-20 10:43:49
Imtihon javoblari e'lon qilindi

Toshkent amaliy fanlar universiteti 16-sentabr kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonlari natijalari SMS orqali e'lon qilindi.

SMSda berilgan havola orqali shartnomani yuklab olishingiz mumkin.

Agar siz SMS olmagan bo'lsangiz, universitet rasmiy sayti (shartnoma olish tugmasi) orqali javobingizni tekshira olasiz.

Kontrakt to’lovini 30-sentabr sanasigacha amalga oshirishingiz va kerakli hujjatlarni universitetga olib kelishingiz kerak bo’ladi.

Universitetda faqat bitta yagona telefon raqami va telegram-boti bor:

+998712000540
@utasunibot

Boshqa nomer va botlardan ogoh va ehtiyot bo’ling!

Veb-sayt | Telegram | Instagram
20.9K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-09-19 11:47:08
Universitetimizdagi ta'lim sizga cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi. Biz dastlabki kundanoq talabalarimizning qulay sharoitlari uchun zarur bo'lgan barcha kerakli kitoblar va ta’lim resurslari bilan ta'minlab, ularga g'amxo'rlik qilamiz. Eng muhimi, uyg'unlik va xotirjamlik muhitini yaratamiz.

Toshkent amaliy fanlar universitetida ta'lim olsangiz, yuksak marralarni zabt etish ancha oson bo'ladi!
13.1K viewsedited  08:47
Ochish/sharhlash
2023-09-16 18:20:18
Toshkent amaliy fanlar universiteti imtihonlari yakunlandi

Bugun, 16-sentabr, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon javoblari 20-sentabr kuni SMS orqali e'lon qilinadi.

Qabul jarayonlari yakunlandi, yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
21.5K views15:20
Ochish/sharhlash
2023-09-15 11:03:10
Imtihon vaqtlari!

16-sentabr
, shanba, Toshkent amaliy fanlar universiteti kirish imtihonlari bo'lib o'tadi. SMSlar bugun 14:00dan keyin jo’natiladi. Yo’nalishlar kesimida aniq vaqtlar:

Bank ishi va auditi - soat 10:00da.
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar - soat 10:00da.

Iqtisodiyot - soat 11:00da.
Buxgalteriya hisobi va audit - soat 11:00da.

Pedagogika - soat 12:00da.
• Tarix - soat 12:00da.

• Boshlang'ich ta'lim - soat 13:00da.
• Maktabgacha ta'lim - soat 13:00da.
• O'zbek tili va adabiyoti - soat 13:00da.

• Kompyuter injiniringi - soat 14:00da.
Multimediya texnologiyalari - soat 14:00da.
Axborot xavfsizligi - soat 14:00da.
• Matematika va informatika - soat 14:00da.

• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) - soat 15:00da.

Imtihonga kirish uchun login va parol quyidagicha bo'ladi:

Login: Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz (Namuna: +998991234567)
Parol: Pasport/ID seriya va raqam (Namuna: AA1234567)

Imtihonga kirish uchun havola (link) sizga SMS orqali bugun 14:00dan keyin yuboriladi. Imtihon uchun belgilangan vaqt 30 minut. Imtihon bo'yicha batafsil ma'lumot.
15.6K views08:03
Ochish/sharhlash
2023-09-14 13:02:16
Hurmatli abituriyentlar!

Eslatib o'tamiz, kirish imtihonlari 16-sentabr ya'ni, shanba kuni bo'lib o'tadi. Imtihon onlayn, bu degani - Toshkentga/Universitetga kelish shart emas.

Imtihonning har bir yo’nalish bo’yicha aniq vaqti hamda imtihonga kirish uchun link (havola) sizga - SMS tarzida imtihondan bir kun oldin jo'natiladi (ya'ni, 15-sentabr kuni)

Onlayn imtihon uchun sizga kompyuter/noutbuk yoki smartfon, uzluksiz internet va atrofdagilardan holi tinch xona kerak bo'ladi.

Muhim! Imtihon tafsilotlari haqida SMS qabul qilish uchun ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz balansi minusda bo'lmasligiga, hamda imtihonda ishtirok etish uchun internet xizmatlarini to'lab qo'yganingizga - ishonch hosil qilishingizni so'raymiz!

Imtihon topshirish tartibi: Batafsil

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
20.7K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-09-13 14:45:21
Eng ko'p uchraydigan savollarga javoblar

1. Kirish imtihonlari savollaridan namunalar bormi?
Namunalar bilan bu yerda tanishing.

2. Kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
2
023-yil 16-sentabrda onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Imtihonda ishtirok etish bepul.

3. Qanday hujjat topshirish mumkin?
utas.uz/admission havolasi orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Hujjat topshirish bepul.

4. Qabul uchun qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
Maktab shahodatnomasi yoki litsey, kollej diplomi; passport/ID nusxasi

5. Qanday ta'lim shakllari mavjud?
Kunduzgi, kechki (3-smena) va sirtqi ta'lim shakllari mavjud.

6. Qabul uchun hujjat topshirish qaysi sanagacha davom etadi?
2023-yil 15-sentabrga qadar.

7. O'qish narxlari necha pul?
Batafsil bu yerda

Murojaat uchun:
+998712000540 | @utasunibot
23.1K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2023-09-12 11:06:34
Ochiq eshiklar kuniga marhamat!

Hurmatli talabalar, Toshkent amaliy fanlar universitetida 21-sentabr kuni ochiq eshiklar kuni quyidagi filiallarimizda soat 10:00, 12:00, 14:00 va 16:00 da bo’lib o’tadi:

1. Toshkent shahar, Chilonzor, Gavxar ko'chasi, 1-uy

2. Toshkent shahar, Sergeli, Yangi Sergeli ko'chasi 58-uy

3. Toshkent shahar, Mirobod tumani Farg'ona MFY, Farg'ona yo'li ko'chasi 736-uy

Istalgan manzilga tashrif buyurib, universitet imkoniyatlari bilan tanishishingiz hamda savollaringizga javob olishingiz mumkin.
15.5K viewsedited  08:06
Ochish/sharhlash
2023-09-11 11:01:31
Cheksiz faxr bilan sizlarga universitetimiz mentori Madaminova Madinani tanishtiramiz

Madina — abituriyentlarga ular uchun yangi bo'lgan talabalik hayotiga moslashishga yordam beradigan ajoyib inson. Shuningdek, qahramonimiz professional tarzda yogani o'rgatadi, komediya ko'rsatuvlar ko'rishni hamda sayohatlarni yoqtiradi va o'zi bilan albatta detektiv kitob olib yuradi

Siz uzoq safarga o'zingiz bilan nima olib ketasiz?
19.0K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-09-08 08:35:42
Iqtisodiyotning mohiyati bilan tanishamiz

Tanishing, Anvar — moliya sohasida ajoyib mutaxassis. Bugun u ushbu yo'nalishda tahsil olishni istagan barcha uchun foydali bo'ladigan insayt bilan bo'lishmoqda. Videoni tomosha qilgandan so'ng, moliya haqidagi fikrlarigizni kengaytirib, uning istiqbollarini belgilay olasiz.

Ushbu ma'lumotni do'stlaringiz bilan ham bo'lishishni unutmang
16.5K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2023-09-06 09:37:09
Matematika — fanlar malikasi

Universitetimiz talabasi Tulepbergenova Dilnoza shunday deb hisoblaydi. Dilnoza buxgalteriya hisobi va audit fakultetida tahsil oladi va raqamlar bilan ishlashni juda yoqtiradi: har doim biror narsani hisoblab, tahlil qiladi

Dilnoza kelajakda buxgalteriya hisobi bo'yicha yordam beradigan o'z kompaniyasini ochishni rejalashtirmoqda. Siz esa nima bilan shug'ullanishni istaysiz?
24.4K views06:37
Ochish/sharhlash