Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-03-16 13:17:41
Universitetimizda sizga nima yoqadi?
15.2K viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2024-03-13 15:08:08
Bilim olish oson boʻlmayotgani kamdek, bahor ob-havosi ham xursand qilmayapti. Aftidan, logarifmlar mavzusini yaxshi o’zlashtirgunimizga qadar quyoshni koʻrmasak kerak

Bulutli kunlardagi darslar uchun nimadan ilhomlanasiz?
15.2K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-03-12 13:35:56
Toshkent amaliy fanlar universiteti va "ONA" jamoat fondi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandum doirasida Toshkent amaliy fanlar universiteti “ONA” jamoat fondi bilan mamlakatimizdagi ehtiyojmand ayollar va bolalarni qo’llab-quvvatlash, respublika maktablarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash va mavjud ma’naviy eskirgan kompyuter texnikasini yangilash, turli kasalliklarga chalingan bolalarni moddiy va ijtimoiy himoya qilish kabi xayriya loyihalarini amalga oshirish jarayonida hamkorlik qilishi ko’zda tutilgan.

Tadbirdan lavhalar
12.6K views10:35
Ochish/sharhlash
2024-03-08 09:36:37
Nazokatli va dilbar qizlar, bugungi kun butunlay sizga bagʻishlangan

Sizlarni 8-mart bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizlarga baxt-saodat, orzu-umidlaringiz amalga oshishi va yaqin doʻstlaringiz doimo yoningizda boʻlishini tilaymiz. Hayotingiz nafosat va mamnuniyatga boy boʻlsin
12.7K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2024-03-01 17:13:34
"Haftaning muhim voqealari" ruknini davom ettiramiz

Eʼtiborga loyiq yangiliklarni sarhisob qilamiz:

Rektor Abdusalom Vohitovich Umarovning talabalar bilan boʻlajak islohotlar va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadidagi “Rektor va talabalar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Pedagogika va psixologiya yoʻnalishining 2-bosqich talabalari ochiq darsda ishtirok etib, milliy qoʻshiq va raqslarni ijro etishdi.

Pedagogika fakultetida “Milliy liboslar — ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Axborot texnologiyalari fakulteti talabalari kitoblar bilan tanishish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi.

Tashqi taʼlim kafedrasi murabbiylari sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida boshlangʻich taʼlim talabalari uchun yoga mashg’ulotlari tashkil etishdi.

"Axborot texnologiyalari" fakultetida "Qizlarjon" klubiga aʼzo talabalar oʻrtasida "Balli qizlar" ko’rik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Rus tili oʻqituvchisi A.M.Masalimova tomonidan tarix-filologiya fakulteti talabalari uchun nutq mahoratiga eʼtibor qaratilgan tadbir oʻtkazildi.

Ayollar va qizlarning ilm-fanga qoʻshgan hissasi mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Universitetimiz hayotidagi barcha voqealardan xabardor boʻlish uchun yangiliklarimizni kuzatib boring!
14.8K views14:13
Ochish/sharhlash
2024-02-23 15:15:13
Yangi rukn — "Haftaning muhim voqealari"

Bunda sizni hafta davomida universitetimiz hayotida sodir bo’lgan muhim yangiliklar bilan tanishtirib boramiz.

3-bosqich talabalari uchun matematikani oʻqitish metodikasi boʻyicha ochiq dars boʻlib oʻtdi.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi maʼrifatparvarlar merosi va milliy taʼlim asoslariga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasining katta oʻqituvchisi Margʻuba Safar Hasanova Toshkent televideniyesidagi jonli efirda universitetimiz haqida fikr bildirib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida ham toʻxtalib oʻtdi.

Sirtqi taʼlim talabalari uchun boʻlajak pedagog va psixologlarning bilimlarini boyitishga oʻz hissasini qoʻshgan oʻquv va maktabdan tashqari faoliyatni tashkil etish talablari mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Eng yorqin lahzalarni oʻtkazib yubormaslik uchun yangiliklarimizni kuzatib boring!
17.7K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-02-20 15:32:32
Tashkent International University hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Memorandum oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida zamon talablariga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim tizimining o‘quv-uslubiy adabiyotlarini yaratish va ilmiy tadqiqotlar olib borishga qaratilgan tadbirlarini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu hamkorlik memorandumi orqali ikkala universitet ta'lim sifatini tubdan oshirish borasida muhim qadam tashlandi.

Tadbirdan lavhalar
12.7K views12:32
Ochish/sharhlash
2024-02-16 09:02:32
Talabalarimiz Zakovat o’yinida

Universitetimizning “Amaliyotchilar” jamoasi yuzdan oshiq jamoalar ishtirok etayotgan Zakovat intellektual o’yinining qishki mavsumida ishtirok etmoqda.

Eslatib o’tamiz, Toshkent amaliy fanlar universitetida iqtidorli yoshlar o’rtasida intellektual o’yinlarni rivojlantirish maqsadida har hafta barcha fakultetlarda Zakovat o’yini o’tkazib kelinmoqda.

“Amaliyotchilar” jamoasiga esa omad tilaymiz
18.7K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-02-13 14:28:09
Qo'ng'iroq chalinib, dars boshlanganda — talabalar

Mashgʻulotlar hamma uchun har xil boshlanadi. Kimdir darsga jiddiy tayyorlangan, baʼzilar esa xotirjam boʻladi. Bu holat esa turli kurs talabalarida turlicha kuzatiladi, ammo umuman olganda, talabalar hech qachon oʻzgarmaydi

Siz auditoriyaga qanday holatda kirasiz?
17.3K viewsedited  11:28
Ochish/sharhlash
2024-02-09 14:16:40
Bugun — Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Ushbu tadbirga bag‘ishlab Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga yig‘ilgan talaba va o‘qituvchilarimiz ishtirokida adabiy anjuman bo’lib o’tdi. Ulug‘ adibning tarixi, merosi, O‘zbekiston madaniyati va adabiyotiga ta’siri haqida suhbatlashildi.

Shuningdek, yosh tadqiqotchilarimiz, adabiyot ixlosmandlarimiz ochiq osmon ostida ajoyib festival tashkil etishdi. Maqsud Shayxzoda haykali oldida Navoiy g‘azallari va nasriy she’rlari o’qildi. Bu esa uning mamlakatimiz madaniy merosiga qo‘shgan ulkan hissasini eslatdi
23.9K views11:16
Ochish/sharhlash