Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti T
Telegram kanalining logotibi utasuz — Toshkent amaliy fanlar universiteti
Kanal manzili: @utasuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.93K
Kanalning ta’rifi

🎓 Toshkent amaliy fanlar universiteti
📄 Davlat akkreditatsiyasi (litsenziyasi) №029914:
https://utas.uz/staticfiles/newLicense.pdf
👇 Universitet haqida batafsil:
https://utas.uz/
👇 Aloqa uchun:
@utasunibot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-11-24 14:52:40
Salom doʻstlar! Bugun talabalarimizdan biri — Asilbek Abadakimov haqida soʻzlab beramiz!

Axborot xavfsizligi fakulteti talabasi haqiqiy kitob shinavandasi va isteʼdodli rassom hisoblanadi. Uning olamida soʻzlar va ranglar birga jamlanib, gʻaroyib hikoyalar yaraladi.

Har bir kitob Asilbekka oʻzgacha ilhom tuhfa qilsa, chizgan suratlari esa uning ichki dunyosini aks etadi. U oʻqishga butunlay shoʻngʻigan boʻlsada, sevimli mashgʻulotlarini davom ettirishga ham vaqt topadi.

Siz ham kitob oʻqish va surat solishni yoqtirasizmi? Izohlarda oʻzingizning sevimli ijodiy mashgʻulotlaringiz haqida soʻzlab bering!
21.2K views11:52
Ochish/sharhlash
2023-11-23 11:24:52
Talabalarimizni ko'pincha IT xonalarida va kutubxonada kitob mutolaasi ustida uchratishingiz mumkin. Ular doimiy ravishda yangi bilimlar o'rganib, kelajakda kerakli kadrga aylanish tomon qadam tashlamoqda.

Universitetimizda mana shunday muhit hukm surmoqda. Siz qaysi fakultetda o'qiysiz?
14.0K views08:24
Ochish/sharhlash
2023-11-21 09:57:27
Ba'zan biror savolning javobi yo'qdek tuyuladi, ammo do'stlar bilan birga bo’lganingizda istalgan muammoning yechimi topiladi. Shuning uchun ham talabalarimiz hal qila olmaydigan vazifalar yo'q, chunki ular hamma narsaga hamjihatlikda yondashadi.

Sizningcha, fotosuratda talabalarimiz nima ustida bosh qotirishmoqda?
17.1K views06:57
Ochish/sharhlash
2023-11-19 09:01:57
O'qituvchilar — universitetimizning faxri hisoblanadi

Meliqo'ziyev Rustambek bizdagi hisoblash texnikasi kafedrasi mudiri bo'lib ishlaydi. Uning ta'lim berishga mehri o'qituvchi bo'lgan otasi tufayli tushgan.

O'qituvchimiz nafaqat ajoyib o'qituvchi, balki tan olingan yakkama-yakka kurash ustasi hamdir. U ushu sport turi bo'yicha ikki karra O'zbekiston chempionidir. Bo'sh vaqtlarida u startap ishlari bilan shug'ullanadi.

Qahramonimizni yangi yutuqlarga Viktor Soyning "Kukushka" qo'shig'i va "Opengeymer" filmi ilhomlantiradi.
13.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-11-18 09:01:50
Universitetimizda ta'lim olish jarayonida u yoki bu talabada ko'pincha yangi mavzu bo'yicha savollar tug'ilishi mumkin. Ammo, yoningizda qiyin damda yordam beradigan do'stlar bo'lganda, yechim har doim topiladi.

Shuning uchun talabalarimiz orzu qilgan kasblariga yana bir qadam yaqinlashadilar
16.8K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-11-16 18:29:56
Toshkent amaliy fanlar universiteti hamda Sungkonghoe universiteti o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Sungkonghoe universitetidan prorektor Keyongmoon Kim universitetimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida universitetimizda koreys tilini xorijiy til sifatida o'quv dasturiga kiritish, ikkala universitetlar o'rtasida 3+1 dasturi bo'yicha mutaxassis tayyorlash hamda boshqa bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
15.7K views15:29
Ochish/sharhlash
2023-11-14 15:35:00
Sizlarni universitetimizdagi yana bir ajoyib o'qituvchimiz bilan tanishtiramiz

Fazilat Muzaffarovna kompyuter muhandisligi kafedrasida "Ma'lumotlar strukturasi va algoritmlari"dan dars beradi. Uning kasb tanlashida maktabda o'qituvchi bo'lib ishlagan onasi yordam bergan.

Bizning sevimli o'qituvchimiz chet el, ayniqsa turk musiqasini tinglashni va yangi tillarni o'rganishni yoqtiradi. Bo'sh vaqtlarida esa ko'pincha sevimli kitobi "Boburnoma"ni o'qiydi va tarixiy filmlarni tomosha qiladi.

Keling, Fazilat Muzaffarovnaga mashaqqatli mehnatida yangi zafarlar tilaylik
14.1K views12:35
Ochish/sharhlash
2023-11-10 15:18:23
Universitetimizning har bir go'shasida yashil o'simliklar va mayin quyosh nurini ko’rishingiz mumkin. Bunday muhit kayfiyatga ijobiy ta'sir qilib, kerakli vaqtda xotirjam bo'lishga ko'maklashadi. Shuning uchun ham talabalarimiz har doim mashg'ulotlarda ajoyib natijalarga erishayotgandir

Ta'lim olishda sizga nima yordam beradi?
19.3K views12:18
Ochish/sharhlash
2023-11-08 14:23:31
Darsda beriladigan savollarga talabalarimizda doim javob bor

Talabalarimiz ko'p vaqtlarini o'tilgan mavzularni mustaqil o'zlashtirish hamda kitob mutolaasi bilan o'tkazishadi. Shuning uchun ham universitetimizda darslar qiziqarli va munozaralarga boy bo'ladi.

Siz ham darslarda faol ishtirok etasizmi?
15.3K views11:23
Ochish/sharhlash
2023-11-03 14:21:42
Deraza ortida sokin kuz bo’lishiga qaramasdan, talabalarimiz yuqori ishtiyoq bilan darslarda ishtirok etib, yangi bilimlarni o’zlashtirmoqda. Bunga sabab esa universitetimizda qulay ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar va do’stona muhitdir

Sizda ta’lim olish jarayoni qanday kechmoqda?
22.4K views11:21
Ochish/sharhlash