Get Mystery Box with random crypto!

'Haftaning muhim voqealari' ruknini davom ettiramiz Eʼtibor | Toshkent amaliy fanlar universiteti

"Haftaning muhim voqealari" ruknini davom ettiramiz

Eʼtiborga loyiq yangiliklarni sarhisob qilamiz:

Rektor Abdusalom Vohitovich Umarovning talabalar bilan boʻlajak islohotlar va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadidagi “Rektor va talabalar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Pedagogika va psixologiya yoʻnalishining 2-bosqich talabalari ochiq darsda ishtirok etib, milliy qoʻshiq va raqslarni ijro etishdi.

Pedagogika fakultetida “Milliy liboslar — ma’naviyat ko’zgusi” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

Axborot texnologiyalari fakulteti talabalari kitoblar bilan tanishish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi.

Tashqi taʼlim kafedrasi murabbiylari sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida boshlangʻich taʼlim talabalari uchun yoga mashg’ulotlari tashkil etishdi.

"Axborot texnologiyalari" fakultetida "Qizlarjon" klubiga aʼzo talabalar oʻrtasida "Balli qizlar" ko’rik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Rus tili oʻqituvchisi A.M.Masalimova tomonidan tarix-filologiya fakulteti talabalari uchun nutq mahoratiga eʼtibor qaratilgan tadbir oʻtkazildi.

Ayollar va qizlarning ilm-fanga qoʻshgan hissasi mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Universitetimiz hayotidagi barcha voqealardan xabardor boʻlish uchun yangiliklarimizni kuzatib boring!