Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2024-01-08 07:58:00
Va nihoyat 1 oylik tanaffusdan so‘ng UFC qaytmoqda

14-yanvar kuni UFC Fight Night doirasida qator janglarni ko‘ramiz.

Boshlanish vaqti: 02:00. Asosiy kard janglari esa 05:00 da.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
19.2K views04:58
Ochish/sharhlash
2024-01-06 09:54:13
Ngannu soqqa qilishda davom etadi

Frensis Ngannu boks qoidalari bo‘yicha 9-mart kuni Entoni Joshuaga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.

Jang Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.

Nima deymiz, Ngannu UFC’dan ketib o‘zi uchun eng to‘g‘ri qarorni qabul qilganini isbotlayapti.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.6K views06:54
Ochish/sharhlash
2024-01-05 22:12:33
Rasman: Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Prof boksning yarimo‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) o‘zining 15-jangini meksikalik 34 yoshli Pablo Sezar Kanoga (35-8-1, 25 KO) qarshi o‘tkazishi rasman tasdiqlandi.

Jang avval xabar berilganidek, 13-yanvarda emas, balki 24-fevralga belgilandi. Jangga AQSHning Orlando shahri mezbonlik qiladi.

Jang g‘olibi WBA Regular chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi va Eimantas Stanionisga qarshi jang qilish imkoniga ega bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
32.9K viewsedited  19:12
Ochish/sharhlash
2024-01-05 09:07:41
Konordan rang olayotgan Bilol

Bilol Muhammad Leon Edvardsni jangdan oldin mag‘lub etishga harakat qilyapti. Bu safar u futbolkasiga Edvardsni zarba qabul qilgan holati suratini tushirib, o‘zini yangi chempion ekanligini eslatyapti.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
24.4K views06:07
Ochish/sharhlash
2024-01-04 22:36:54
Konor davom etadi

Chendlerga navbatdagi zarba berildi)

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.1K views19:36
Ochish/sharhlash
2024-01-04 21:47:05
O‘zimiznikilarda nima gap?

Ahmadaliyev—Inoue jangi 2024-yildayoq yuz berishi mumkin

Mutlaq chempion Naoya Inoue joriy yilda 2 ta emas, balki 3 ta jangda qatnashishni reja qilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Inoue—Ahmadaliyev jangi mezbonligiga Saudiya Arabistoni qiziqish bildirmoqda. Agar hammasi rejadagidek kechsa, jang sentabr oyida tashkil etiladi.

Madrimov chempionlik uchun jang qiladi
Isroil Madrimov super yarimo‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun Magomed Qurbonovga qarshi jang qiladi. Tomonlar kelishuvga erishgan.

Qahramonov jang qiladi, faqat yana karateda
UFC’dan ketib, yana qaytishga umid bog‘lagan Saidyoqub Qahramonov 26-yanvar kuni Karate Combat turnirida qatnashadi. U buning mazkur musobaqadagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Hozircha raqib noma’lum.

Ergashev ham jang qilmoqchi yana
IBF kamari uchun chempionlik jangida faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni nokaut bilan qabul qilgan Shohjahon Ergashevning aytishicha, 28-martda ringga qaytadi. Salita Promotions unga majburiy da’vogarlik maqomidagi jang tashkil etib berishni va’da qilibdi.

Meliqo‘ziyev ham martda ringga qaytishi kutilmoqda
Bektemir Meliqo‘ziyev AQSHga yo‘l oladi yana. Aytishlaricha, marta oyida promouterlar unga ham eliminator maqomidagi jang tashkil qilib berishi mumkin.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
27.9K views18:47
Ochish/sharhlash
2024-01-04 12:42:24
Bu esa har yili, balki har kuni ertadan mashg‘ulotlarni boshlayman deb o‘ziga-o‘zi so‘z beradigan odam

Suratdagi inson prof boksda o‘z nomini qoldira olgan Nasim Hamid bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.2K views09:42
Ochish/sharhlash
2024-01-04 12:36:57
Yangi yildan mashg‘ulotlarni boshlashga so‘z berganlar bordir-a oramizda

Boshladinglarmi?

Ha →
Yo‘q →
Ertaga nasib qilsa →

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.2K viewsedited  09:36
Ochish/sharhlash
2024-01-03 15:36:21
Konor hayp nimaligini juda yaxshi biladi

Jang oldidan katta shou ko‘rsatadi. Avval janglarida ham shou ko‘rsatardi. Oxirgi janglarida esa unga ko‘rsatishdi))

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
31.2K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-01-03 11:10:19
Beterbiyev—Bivol jangini ko‘ramizmi?

Prof boksning yarimog‘ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol (22-0, 11 KO) Kanada nomidan ringga chiqadigan asli rossiyalik Artur Beterbiyevga (19-0, 19 KO) qarshi jang uchun shartnomaga imzo chekkanidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Ya’ni Bivol jangga allaqachon rozi. WBC, IBF, WBO kamarlari egasi Beterbiyev esa 13-yanvar kuni britaniyalik Kallum Smitga qarshi (29-1, 21 KO) qarshi jang o‘tkazadi. Arturning mazkur bahsdan so‘ng Bivolga qarshi jang shartnomasi bo‘yicha muzokaralarga kirishishi ma’lum qilindi.

Agar hammasi ko‘ngildagek kechsa, muxlislar uzoq kutgan jangni 2024-yilda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
32.2K views08:10
Ochish/sharhlash