Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2023-12-26 07:53:26
Inoue vs Tapales

Jang taxminan Toshkent vaqti bilan 16:30—17:00 da boshlanadi. Kanalda onlayn ko‘rish uchun havola taqdim etiladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
31.1K views04:53
Ochish/sharhlash
2023-12-25 19:49:30
Yapon Monstri filippinlik Tapalesga qarshi: 4 ta kamar uchun jang

Prof boksning -55,34 kg vazn toifasida WBC va WBO kamarlariga egalik qiluvchi Naoya Inoue (25-0, 22 KO) hamda WBA va IBF chempioni Marlon Tapales (37-3, 19 KO) 26-dekabr kuni o‘zaro jang qiladi.

Jang Tokioda o‘tkaziladi. G‘olib 4 ta kamarni birlashtiradi.

Jangdan oldin sportchilar tarozidan o‘tdi:

Inoue — 55,2 kg
Tapales — 55 kg

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaznda IBF va WBA kamarlarining sobiq sohibi, O‘zbekiston vakili Murodjon Ahmadaliyev ham jang qiladi. U yaqinda Kevin Gonsalesni nokautga uchratib, WBA yo‘nalishida majburiy da’vogarga aylandi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
16.2K views16:49
Ochish/sharhlash
2023-12-25 19:42:01
Jangchining qulashi…

2013—2019-yillarda Toni Fergyuson UFC’da ketma-ket 12 ta jangda g‘alaba qozonadi. U bu janglarda raqiblarining ta’sir kuchiga ega 469 ta zarbasini o‘tkazib yuborgan.

2020—2023-yillarda Toni Fergyuson UFC’da ketma-ket 7 ta jangda yutqazdi. U bu janglarda raqiblarining ta’sir kuchiga ega 578 ta zarbasini o‘tkazdi.

Hammasi Jastin Getji bilan 2020-yil 9-martdagi jangdan boshlangandi. Toni qaytishga harakat qildi, biroq qayta olmadi. Afsus…

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
16.5K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2023-12-25 19:32:30
@AKTUAL— ВАҚТИНИ ҚАДРЛАЙДИГАНЛАР УЧУН

Фақатгина энг актуал янгиликлар;
Ишонаверинг, рекламалар умуман безовта қилмайди;
Вақтингиз тежалади, битта хабарни нима ҳақидалигини билиш учун "кааааттаа" матнларни ўқимайсиз, қисқа ва лўнда ёзамиз;
Озгина-ю созгина, лекин муҳим янгиликлар ва фойдали маълумотлардан энг биринчилардан бўлиб хабар топасиз.

Ҳозироқ обуна бўлинг кейин топа олмай қолишингиз мумкин

LINK @aktual
16.7K views16:32
Ochish/sharhlash
2023-12-25 19:00:59
Faqat aniq: So‘nggi kunlarda UFC tomonidan 2024-yilda bo‘lishi rasman e’lon qilingan janglar

UFC 297 (21-yanvar)
Arnold Allen vs Movsar Yevloyev

UFC 298 (17-fevral)
Robert Uittaker vs Paulo Kosta

UFC Fight Night (24-fevral)
Yair Rodriges vs Brayan Ortega

UFC 299 da (10-mart)
Shon O’Melli vs Marlon Vera
Pyotr Yan vs Song Yadong
Gilbert Byorns vs Della Maddalena
Jeff Nil vs Ien Gerri

UFC 300 (13-aprel)
Aljemeyn Sterling vs Kelvin Kattar
Irji Proxazka vs Aleksandr Rakich
Bo Nikal vs Kodi Brendeyj

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
18.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-12-25 15:24:33
Jervonta Devis islom dinini qabul qildi

Prof boksning yengil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (29-0, 27 KO) islom dinini qabul qildi. Bu haqda uchta vaznda sobiq jahon chempioni Badu Jek ma’lum qildi.

“Islomga xush kelibsan, ukaginam Jervonta. Alhamdulliloh”, — deb yozdi va mazkur videoni e’lon qildi Jek.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
25.8K views12:24
Ochish/sharhlash
2023-12-25 15:04:22
Getji va Hollouey UFC 300 da jang qilishi mumkin

Jastin va Maks o‘rtasidagi jang borasida ayni damda muzokaralar ketmoqda. Ular BMF kamari uchun jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UFC 300 2024-yilning 13-aprelida Las Vegasdagi T-Mobile arenada o‘tkaziladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
24.6K views12:04
Ochish/sharhlash
2023-12-25 15:01:35
Янги уйларни қидиряпсизми?

2023 - 2024 йилда қуриладиган янги уйлар нархлари ва рўйхати

Уйларни кўриш
24.4K views12:01
Ochish/sharhlash
2023-12-24 20:57:05
MMA’ning futboldan zo‘rligini isbotlashga harakat qilayotgan odam

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
32.0K views17:57
Ochish/sharhlash
2023-12-24 05:49:11
Joshua Vallinni nokaut bilan yutdi

Saudiyadagi boks oqshomining asosiy jangi Entoni Joshua (27-3, 24 KO) va Otto Vallin (26-2, 14 KO) o‘rtasida kechdi.

5-raundda Joshua Vallinni butun raund davomida “kaltakladi” va 6-raundga chiqishiga sabab qoldirmadi.

Shu tariqa Joshua prof boksdagi 27-g‘alabasini nishonladi.

DAZN


@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
36.3K views02:49
Ochish/sharhlash