Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 12

2024-01-03 10:12:20
Jangdan ko‘ra trollingni yaxshi ko‘radigan Kosta
Paulo Kosta Maykl Chendlerning o‘rniga Konor Makgregor bilan jang qilishga tayyorligini aytib, hammani o‘ziga qaratishga harakat qilmoqda.

Aytadiyam, qaytadiyam
MMA’dagi faoliyatini 2023-yilda yakunlaganini aytgan Xorxe Masvidal faoliyatini tiklashini, jang qilishini ma’lum qildi.

Aspinell tayyor
Tom Aspinell UFC’ning vaqtinchalik chempionlik kamarini Kyortis Bleyds—Jailton Almeyda jangi g‘olibidan himoya qilishga tayyorligini aytdi.

Konor agar…
Makgregor agarda UFC’ning o‘rta vazn toifasida jang qiladigan bo‘lsa, UFC’da 4 ta vazn toifasida jang qilgan 3-jangchi bo‘ladi. Undan oldin 4 ta vaznda Diego Sanches, Kenni Florian jang qilgandi.

Faqat gapi katta Kolbi
Gap desa Samarqanddan top deyishadi-ku. Shu gap Kovingtonga to‘g‘ri keladi. “UFC menga Masvidal bilan jangni bermaydi. Chunki u havaskor, u mening darajamda emas”, — dedi bu safar birorta ham titul jangini yutolmagan Kolbi.

Ankalayev umidi
Magomed: “2024-yilda nasib qilsa, chempion bo‘laman. Kelasi haftada o‘zgacharoq narsa qilishga hozirlik ko‘ryapman”, — dedi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
31.2K views07:12
Ochish/sharhlash
2024-01-01 14:03:42
Olivye tugagan bo‘lsa, endi yangiliklarga o‘tamiz, o‘rtoqlar

Ikkinchi qism
Leon Edvards va Bilol Muhammad o‘rtasidagi jang 14-aprelda UFC 300 doirasida o‘tkazilishi mumkin. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

Konor raqibini bugun e’lon qilishi kerak
Makgregorga ishonilsa, u 1-yanvar kuni jangi sanasi va raqibini e’lon qiladi. Hozircha e’lon qilmadi. Biroq bu Konor ekanligini ham unutmaslik kerak.

Umarga farqi yo‘q
Umar Nurmagomedov UFC’dagi navbatdagi jangini istalgan raqibga qarshi o‘tkazishga tayyor. U Deyvison Figeredo yoki Jonatan Martines variantiga “istalgan vaqtda” deya javob qaytardi.

UFC 297 jangi bekor bo‘ldi
Dominik Reyes va Karlos Ulberg o‘rtasida 21-yanvar kuniga belgilangan jang bekor qilindi. Ulberg jarohat olgan.

Kim Konorga raqib bo‘ladi?
Insayderlar va turli nashrlar Makgregor uchun Dastin Porye, Maykl Chendler va Neyt Dias raqib bo‘lish imkoniyatiga egaligi haqida allaqachon xabar tartatgan.

2015—2023-yillarda eng ko‘p doping testidan o‘tkazilgan (USADA tomonidan) UFC jangchilari
Paulo Kosta (135), Jon Jons (111), Kamaru Usmon (97), T.J.Dillashou (92), Amanda Nunyes (90), Irji Proxazka (89.

Vazn ko‘tarishga tayyor Chendler
Maykl Chendler Konor Makgregor bilan jangdan umidini uzgani yo‘q. U bu yo‘lda Konor bilan o‘rta vazn toifasida jang qilishga tayyorligini ham bildiryapti.

Yangi yildan umidi katta Kamaru
“Bugun yangi yil sahifasini ochyapmiz. 2023-yilda ko‘tarilish va pasayishlar bo‘ldi. Hammasi uchun yaratganga shukr. 2024-yilda biz yana parvoz qilamiz”, — deya yozdi Usmon.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
26.5K viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash
2023-12-31 09:38:48
UFC 300 shunday bo‘lsa ko‘rib berardim lekin aniq

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
17.0K views06:38
Ochish/sharhlash
2023-12-29 21:43:45
G — go‘zallik!

Vasiliy Lomachenko yengilmas bokschi emas, biroq uning mana bunday harakatlari istalgan mag‘lubiyatini unutish uchun yetarli

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.5K views18:43
Ochish/sharhlash
2023-12-29 21:36:39
Kamtargina kanal/blogimizning 2023-yildagi natijalari

Bu yil ham kontent borasida qarashlarim o‘zgarmadi — maksimum sifatli, saralangan, tasdiqlangan xabarlar bilan sizlarni ta’minlashga harakat qildim.

Kanal yil davomida hech qayerda va biror marta ham reklama qilinmadi. Shunday bo‘lsa-da, uning aktivi tushmadi. Siz aziz o‘quvchilar doim biz bilan birga bo‘ldingiz.

Birga ekanlingizdan cheksiz xursandman!

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
27.5K viewsedited  18:36
Ochish/sharhlash
2023-12-29 21:26:45
Boks jozibasi

Ha, boks ayovsiz sport turi. Biroq unda ham joziba bor. Buning uchun Roy Jonsning janglarini ko‘rish kifoya.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
26.8K viewsedited  18:26
Ochish/sharhlash
2023-12-29 18:12:58
Menni Pakyaodan master klass

45 yoshli Pakyao 2024-yilning 20-aprelida Tailandda 41 yoshli muaytay afsonasi Buakava Banchamekka qarshi koʻrgazmali jangda qatnashadi.

Jang 3 daqiqadan 6 raundlik etib belgilangan.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.1K views15:12
Ochish/sharhlash
2023-12-29 12:45:21 Biz Murodovning Hizriyevga qarshi jangi haqida 14-noyabrda xabar bergandik. Endi bu jang rasman tasdiqlandi

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
27.2K views09:45
Ochish/sharhlash
2023-12-29 12:42:19
Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini yengilmas sportchiga qarshi o‘tkazadi

O‘zbekistonlik sportchi 4-fevral kuni UFC Fight Night turniri doirasida Las Vegasda Aliasxab Hizriyevga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Hizriyev MMA’dagi faoliyatida 14 ta jangning barchasida g‘alaba qozondi. 5 ta jangda nokaut bilan, 5 ta jangda esa sabmishen orqali raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan. 4 ta jangida ochkolar evaziga g‘alaba qozongan.

Hizriyev UFC’da 2022-yilning martida debyut qilib, o‘shanda Denis Tiuliulinni sabmishen bilan mag‘lub etgandi. Murodovga qarshi jang uning uchun UFC’dagi ikkinchisi bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
29.0K viewsedited  09:42
Ochish/sharhlash
2023-12-29 08:31:28
Islomni qabul qilgan Jervonta Devisga Abdulvohid deb musulmon ismi berilibdi

#Mashallah

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
33.2K views05:31
Ochish/sharhlash