Get Mystery Box with random crypto!

O‘zimiznikilarda nima gap? Ahmadaliyev—Inoue jangi 2024-yilda | UFCBOXUZ

O‘zimiznikilarda nima gap?

Ahmadaliyev—Inoue jangi 2024-yildayoq yuz berishi mumkin

Mutlaq chempion Naoya Inoue joriy yilda 2 ta emas, balki 3 ta jangda qatnashishni reja qilgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Inoue—Ahmadaliyev jangi mezbonligiga Saudiya Arabistoni qiziqish bildirmoqda. Agar hammasi rejadagidek kechsa, jang sentabr oyida tashkil etiladi.

Madrimov chempionlik uchun jang qiladi
Isroil Madrimov super yarimo‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun Magomed Qurbonovga qarshi jang qiladi. Tomonlar kelishuvga erishgan.

Qahramonov jang qiladi, faqat yana karateda
UFC’dan ketib, yana qaytishga umid bog‘lagan Saidyoqub Qahramonov 26-yanvar kuni Karate Combat turnirida qatnashadi. U buning mazkur musobaqadagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Hozircha raqib noma’lum.

Ergashev ham jang qilmoqchi yana
IBF kamari uchun chempionlik jangida faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni nokaut bilan qabul qilgan Shohjahon Ergashevning aytishicha, 28-martda ringga qaytadi. Salita Promotions unga majburiy da’vogarlik maqomidagi jang tashkil etib berishni va’da qilibdi.

Meliqo‘ziyev ham martda ringga qaytishi kutilmoqda
Bektemir Meliqo‘ziyev AQSHga yo‘l oladi yana. Aytishlaricha, marta oyida promouterlar unga ham eliminator maqomidagi jang tashkil qilib berishi mumkin.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC