Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-12-29 07:55:14
Maxachevning niyati
UFC’ning yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev qachon jang qilishi haqida gapirdi: “Mart oyida kimnidir bejab qo‘yishga tayyorman yoki Ramazondan keyin ko‘rishamiz”. Ko‘ramiz, unga kim raqib bo‘lar ekan…

Qachon qaytishi noma’lum Konor
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor bilan bugun gaplashganini aytdi. “Men hozir Abu-Dabida u esa Dubayda. Nimadir o‘ylab topamiz. Biz aloqada bo‘lib turibmiz”, — dedi Uayt.

Volkanovskining motivatsiyasi
“Meni hurmat qilmaydigan odamlar ko‘p bo‘lmasa-da bor. Biroq aynan ular meni motivatsiyaga to‘ldiradi. Meni uyg‘otadi. Meni o‘z vaznimning qiroli sifatida eslab qolishlarini xohlayman. Buning uchun esa sabablar bor. Siz hali o‘zingiz yaxshi bilgan Aleksni ko‘rasiz”, — deb yozdi Aleks.

Nafaqaga chiqqan jangchilar
2023-yilda qator mashhur jangchilar MMA’dagi sportchilik faoliyatiga nuqta qo‘ydi: Fyodor Yemelyanenko, Amanda Nunyes, Shogun Rua, Alistar Overim, Glover Teysheyra, Robbi Louler, Xorxe Masvidal, Koreyalik Zombi, Benson Henderson, Rafael Assunsao.

Trollingchi Bilol
Bilol Muhammad UFC chempionligi asosiy maqsadi ekanligini yashirayotgani yo‘q. U bu yo‘lda chempion Leon Edvards ustidan kulishda davom etmoqda: “Keyingi yilda — men va mening o‘g‘lim”, — deya yuqoridagi suratni joyladi Bilol.

Rekordchi hakam
UFC’ning 2023-yilgi turnirlarida eng ko‘p jang boshqargan hakam ma’lum bo‘ldi. Mark Smit naq 65 ta jangni boshqarib rekord qo‘ydi. Undan keyingi o‘rinlarni Herb Din (57), Mark Goddard (56), Jeyson Hersog (54), Kris Tognoni (53) egalladi.

Reaksiyalarni ayamay, biz uchun motivatsiya berishingizga ishonaman

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.1K viewsedited  04:55
Ochish/sharhlash
2023-12-29 04:14:20
B — Brutality

Josh Emmetning Brays Mitchell ayanchli holatga tushirgani montachilar nigohidan chetda qolmadi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.5K viewsedited  01:14
Ochish/sharhlash
2023-12-27 14:33:58
Murodjon Ahmadaliyev endi Naoya Inoue bilan jang qiladimi?

Yaqin orada ular jang qilmasligi aniq. Nega? Hozir tushuntiramiz:

Inoue endi ushbu vaznning mutlaq chempioni. Yo‘nalishlarda esa majburiy da’vogarlar tayyor turibdi:

WBC: Luis Neri
WBA: Murodjon Ahmadaliyev
IBF: Sem Gudman

Faqatgina WBO’da majburiy da’vogar hozircha yo‘q, xolos. Himoya jangi navbati hozirda WBC yo‘nalishida. Inoue jang qilsa, birinchi bo‘lib Luis Neridan WBC kamarini himoya qilishi kerak bo‘ladi. Keyin esa navbat Murodjon Ahmadaliyevga keladi.

Inoue so‘nggi 3 yil ichida 6 ta jang o‘tkazdi — har yili 2 tadan. Demak, agar hammasi yaxshi ketsa, ehtimol, 2024-yil so‘ngida biz Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jangni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.5K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-12-27 13:50:19
Fakt: Naoya Inoue 378 kunda ikki vazn toifasida mutlaq chempion bo‘ldi

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
29.1K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-12-26 15:03:01
Naoya Inoue 2022-yil 13-dekabrida o‘ta yengil vazn toifasida (-53,5 kg) Pol Batlerni yutib, ushbu vaznda ham mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi!

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
32.7K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-12-26 14:59:21
Naouya Inoue ikkinchi vaznda mutlaq jahon chempioni!

Prof boksning -55,34 kg vazn toifasida WBC va WBO kamarlariga egalik qiluvchi Naoya Inoue (26-0, 23 KO) hamda WBA va IBF chempioni Marlon Tapales (37-4, 19 KO) 26-dekabr kuni o‘zaro jang qildi.

Inoue jang avvalidan ustunlikni qo‘lga oldi. 4-raundda nokdaun qayd etildi. 5-raundda Tapales qarshilik ko‘rsatdi. Shundan keyin jang “ochilib ketdi”.

Himoyani tashlab qo‘ygan Tapales Inoue tomonidan ketma-ket o‘ta og‘ir zarbalarni qabul qilib oldi va 10-raundda nokaut qayd etildi.

Shu tariqa Naoya Inoue prof boksning ikkinchi yarimyengil vazn toifasida (-55,34 kg) mutlaqa chempionga aylandi — WBC, WBO, WBA, IBF.

ESPN+

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
33.3K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-12-26 14:48:50 10-raund! Nokaut! Monstr 4 ta chempionlik kamarini birlashtirdi!

Tapalesga esa chindan respect! 10 raund nafaqat turib berdi, balki jang ham qila oldi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.7K views11:48
Ochish/sharhlash
2023-12-26 14:29:26 Tapales uyg‘ondi!

4-raund so‘ngidagi nokdaundan so‘ng Marlon bejiz chempion emasligini 5-raund davomida biroz bo‘lsa-da isbotladi. Qator apperkotlarni o‘tkaza oldi. biroq umumiy fonda baribir Inouening zarbalari soni ko‘proq bo‘ldi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.9K views11:29
Ochish/sharhlash
2023-12-26 14:25:29 Tapalesni nokautdan bong saqlab qoldi

Monstrning zarbalari shunchaki dahshat! 4-raundda hal qiladi deb kutgandim. Deyarli hal ham bo‘lgandi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.8K viewsedited  11:25
Ochish/sharhlash
2023-12-26 13:58:59
Roman Kopilov 2023-yilda shunchaki yayrab jang qildi. 3 ta g‘alaba — 3 ta nokaut

Vaholanki, Roman UFC’dagi dastlabki 2 ta jangini mag‘lubiyat bilan o‘tkazgandi.

Shundan keyin esa 4 ta jangda g‘alaba qozondi (2022-yilda 1 ta jang va u ham nokautli g‘alaba bilan).

Mag‘lubiyatlardan so‘ng qayta olish ham san’at. Buni ayniqsa Toni Fergyuson yaxshi tushunadi...

UFC/Match Boets

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
28.9K views10:58
Ochish/sharhlash