Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi | UFCBOXUZ

Rasman: Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Prof boksning yarimo‘rta (-66,6 kg) vazn toifasida harakat qiladigan Shahram G‘iyosov (14-0, 9 KO) o‘zining 15-jangini meksikalik 34 yoshli Pablo Sezar Kanoga (35-8-1, 25 KO) qarshi o‘tkazishi rasman tasdiqlandi.

Jang avval xabar berilganidek, 13-yanvarda emas, balki 24-fevralga belgilandi. Jangga AQSHning Orlando shahri mezbonlik qiladi.

Jang g‘olibi WBA Regular chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi va Eimantas Stanionisga qarshi jang qilish imkoniga ega bo‘ladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC