Get Mystery Box with random crypto!

UFCBOXUZ

Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ U
Telegram kanalining logotibi ufcboxuz — UFCBOXUZ
Kanal manzili: @ufcboxuz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.17K
Kanalning ta’rifi

Zo‘ri bo‘lishga emas, sifatlisi bo‘lishga harakat qilamiz. 👉 @Murojaat12_bot
©Shaxsiy blog

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-01-16 09:04:52
UFC 297: Striklend vs Dyu Plessi

21-yanvar tongida UFC 2024-yildagi ilk katta raqamli turnirini o‘tkazadi.

Musobaqa 04:00 da, asosiy kard janglari esa 08:00 da start oladi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
18.7K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-01-16 07:23:37 Habib Zlatanning postiga izoh yozdi:

“UFC 300 ham mensiz o‘tadi, xuddi UFC 400 kabi”.

Xullas, tarqalamiz, o‘rtoqlar

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
21.5K views04:23
Ochish/sharhlash
2024-01-15 23:44:20
Bahodir Jalolov 17-fevral kuni Saudiyada Usik—Fyuri jang oqshomida jang qiladi

Biroq hozircha Jalolovning raqibi kim bo‘lishi ma’lum emas.

Hozircha juftliklar shunday ko‘rinish olgan:

• Oleksandr Usik vs Tayson Fyuri
• Jay Opetaya vs Mayris Briedis
• Joe Kordina vs Entoni Kakeys
• Sergey Kovalyov vs Robin Sirvan
• Isak Lov vs Hasibullah Ahmadi
• Moses Itauma vs
Bahodir Jalolov vs
• David Nika vs
• Moses Itauma vs

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
27.0K views20:44
Ochish/sharhlash
2024-01-15 23:32:41
Lomachenko Kambososga qarshi kamar uchun jang qiladi

Prof boksning yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan IBF chempionlik kamari uchun 12-mayda Avstraliyada Vasiliy Lomachenko (17-3, 11 KO) va Jorj Kambosos (21-2, 10 KO) jang qiladigan bo‘ldi.

2020-yilda Lomachenko o‘z kamarlarini aynan IBF chempioni Teofimo Lopesga boy bergandi. Lopes esa ilk himoya jangida barcha kamarlarini Kambososga yutqazgandi.

Kambososdan kamarlarni esa Devin Heyni tortib olgandi. O‘tgan yili Kambosos Maksi Hyuzni yutib, IBF kamari uchun majburiy da’vogar aylangandi. Lomachenko esa o‘tgan yilda Devin Heyniga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga yutqazgandi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
25.2K views20:32
Ochish/sharhlash
2024-01-15 22:16:46
Zlatan Ibrahimovich ushbu suratni Instagram sahifasiga joylab, UFC 300 deb yozib Habib Nurmagomedovni belgilab qo‘ydi

Habib rostdan ham qaytib qolsa-ya?) Kim bilan jang qilarkin: Leon Edvards bilanmi yoki Zlatan bilan urishib qo‘yarmikan-a?

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
24.0K views19:16
Ochish/sharhlash
2024-01-15 22:14:35
Ikki afsona

Habib futbolni yaxshi ko‘rishini hech qachon yashirmagan. Zlatan esa karatedan chiqqanligini ko‘pchilik bilsa kerak. Ular “Milan” stadioni “San-Siro”da ko‘rishdi.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
25.0K views19:14
Ochish/sharhlash
2024-01-15 21:59:25
Joshua vs Ngannu

Ilk rasmiy nigohlar to‘qnashuvi ham o‘tkazildi. Endi martni kutamiz.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
25.4K views18:59
Ochish/sharhlash
2024-01-15 13:52:41
UFC’dagi o‘zbekistonlik jangchilarning navbatdagi jangi sanasi va raqiblari ma’lum

UFC FN 235: 4-fevral
Mahmud Murodov (26-8) rossiyalik Aliasxab Hizriyev (14-0) bilan jang qiladi.

UFC FN 236: 11-fevral
Bogdan Guskov (14-3) amerikalik Zak Pauga bilan jang qiladi.

UFC FN 241: 31-mart
Nursulton Ro‘ziboyev (35-8-2) amerikalik Sedrik Dyuma (9-1) bilan jang qiladi.

Demak, nasib qilsa, birgalikda ko‘ramiz!

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
30.6K views10:52
Ochish/sharhlash
2024-01-15 07:14:42
Rasman: Nursulton Ro‘ziboyevning UFC’dagi 2-jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyev (35-8-2) 30-mart sanasida AQSHdagi UFC Fight Night turnirida Sedrik Dyumaga (9-1) qarshi jang qiladi.

Dyuma UFC’dagi 3 ta jangda qatnashib, 2 ta g‘alabaga erishgan. Bitasidan mag‘lub bo‘lgan.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
32.2K views04:14
Ochish/sharhlash
2024-01-14 09:09:50
Artur Beterbiyev Kallum Smitni 7-raundda nokaut qildi va kamarlarini himoya qildi

Endi yozda uzoq kutilgan Bivol-Beterbiyev jangini koʻramiz.

@UFCBOXUZ — Boks|MMA|UFC
33.2K views06:09
Ochish/sharhlash