Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-04-12 19:06:09
#ChDPUnishonlaymiz

Insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashabbusi bilan barchaga keng ma’lum yozuvchi, o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ma’rifiy tadbirda "Abdulla Qodiriy ijodining ma’naviy hayotimiz rivojidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.

G‘oliblar fotogalereyasi

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.4K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-04-12 17:51:25
Bu mening tanlovim - mening Konstitutsiyam!

12-aprel kuni Chirchiq shahrida O‘zLiDeP faollari ishtirokida “Bu mening tanlovim - mening Konstitutsiyam!” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat vakillari, ishbilarmonlar, shahar faollari va talabalar ishtirok etdi. Tadbirda universitet rektori, professor G‘ofurjon Muhamedov qatnashdi va so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.

Telegram | Instagram | Facebook
2.2K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-04-12 16:05:57
Biologiya fan olimpiadasi o‘tkazildi

ChDPU professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirokida Toshkent viloyati umumta’lim maktab bitiruvchilari o'rtasida biologiya fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiada O`zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirining 2021-yi 8-sentabrdagi 383-sonli buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida tashkil etildi.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi hamda hakamlar hay’ati sifatida Tabiiy fanlar fakultetining Biologiya hamda Genetika va evolyutsion biologiya kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari va magistrlari jalb etildi. Olimpiadaga Toshkent viloyatining barcha maktablaridan 1200 nafardan ortiq o‘quvchilar qatnashib, o‘zaro bilim saviyalarini sinovdan o’tkazdi.

Olimpiada jarayonlaridan foto lavhalar


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.5K views13:05
Ochish/sharhlash
2023-04-12 14:57:44
12.04.2023 yil

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti, O‘zNNTMA, Barqaror rivojlanish markazi, SamDU hamda CHDPU hamkorligida “Konstitutiyaviy islohotlar: ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida xalqaro doirada davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Onlayn davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d.,prof. – Murodjon Turg‘unov, O‘zR FA Davlat va huquq instituti Nazariy – tarixiy, davlat – huquqiy konstitusiyaviy – huquqiy fanlar bo‘limi bosh ilmiy xodimi, yu.f.d. prof. - Nig‘monjon Azizov, G.V. Plexanov nomidagi PRUE Toshkent filiali dosenti Ravshan Nazarov, O‘zNNTMA, Barqaror rivojlanish markazidan soha mutasaddilari, Shuningdek CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti jamoasi ishtirok etdilar.

Tadbir yangilanayotgan Konstitusiya mazmuni va ahamiyati haqidagi ma’ruzalar, hamda talabalarning savollari va mutaxassislar javoblari bilan yanada qizg‘in bo‘ldi.

FOTOGALEREYA

@GumanitarYoshlari
2.4K views11:57
Ochish/sharhlash
2023-04-11 19:00:30
#Referendum_kundaligi

ARMda nikoh munosabatlari xususida fikr yuritildi

ChDPU kutubxonasida o‘tkazilgan davra suhbatida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 76-moddasi xususida fikr almashildi.

– Zamonaviy o‘zgaruvchan dunyoda oilaviy qadriyatlarni saqlash davlatlarning asosiy vazifalaridan biriga aylandi, - dedi ARM rahbari Muqaddam Xamidova. – Shu sababli, ushbu o‘zgartirishlar zamon talabi deb baholayman.

Suhbat davomida Konstitutsiyada oila qadriyatlarining kiritilishi kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchiliklarning oldini olishiga va erkinlik niqobi ostida xalqimizga begona an’analar kirib kelishiga to‘siq ekanligi ta’kidlandi. Konstitutsiya orqali xalqimiz bir jinsli nikoh masalasiga nisbatan qat’iy pozitsiyasini aks ettirishi qayd etildi.

– Biz uchun muqaddas bo‘lgan an’anaviy oilaviy qadriyatlarini himoya qilish maqsadida Konstitutsiyada nikoh O‘zbekiston xalqning an’anaviy oilaviy qadriyatlariga asoslanadi, deb belgilanmoqda, - dedi kutubxona xodimasi Nasiba Qodirova.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.4K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-11 17:46:20
#pedagogikaDiplomatiyasi

Rus adabiyoti va ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Aleksandra Ekabsons rahbarligidagi delegatsiyasi Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetiga tashrif buyurdi.

Universitet ma’muriyati mehmonlar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi.

Tomonlar, shuningdek, rus tilini o‘qitish sifatini oshirish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.5K viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash
2023-04-11 08:30:26
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash yigʻilishi boʻlib oʻtadi

batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-04-10 20:15:08
#Referendum_kundaligi

ChDPU yoshlari konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emas

Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan “O‘zbekiston uchun Konstitutsiyaviy islohotlar nega kerak?” universitetlararo video muloqot bo‘lib o‘tdi. Oflayn va onlayn formatlarda o‘tkazilgan mazkur muloqotda 2 mingdan ortiq talabalar, professor-o‘qituvchilar, huquqshunos mutaxassislar va ekspertlar qatnashdi.

Matematika va informatika fakultetida o‘tkazgan targ‘ibot tadbiriga O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti Tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi professori Aziz Varisov, kafedra boshlig‘i Xusniddin Mamatov taklif etildi.

San’atshunoslik fakultetida ham "Kelajak konstitutsiyasi - xalq konstitutsiyasi" targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Konstitutsiyaga kiritilyotgan o‘zgarishlar interaktiv o‘yinlar ko‘magida talabalarga tushuntirildi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Kaxramon Ibodullaev Quyi Chirchik tumani maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachi-pedagoglari bilan uchrashdi. Uchrashuv ishtirokchilari konstitutsiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida fikrlashdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.0K views17:15
Ochish/sharhlash
2023-04-10 15:22:28
#xushxabar

G‘alaba muborak!!!

ChDPUning "Hurriyat" jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko'rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida ishtirok etdi va “Ma’rifat maydoni”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. "Hurriyat" g‘alaba muborak!

Jamoa a’zolari
:
Jovlieva Yulduz Abdurashid qizi - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Karomatov Akbar - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Jumanazarova Umidaxon Rustambekovna - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Ne’matov Mirshod Dilshod o‘g‘li - Tarix yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
Yorbulova Dildora Shokir qizi - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Muratov Aliyor Esonali o‘g‘li - O‘zbek tili va adabiyoti 3-bosqich talabasi;
Asrolova Arofatxon Erkin qizi - O‘zga tilliy guruhlarda rus tili 3-bosqich talabasi;
Abduraxmonova Durdona Komiljonovna - Musiqa ta’limi 3-bosqich talabasi;
Qo‘ldoshev Oybek Abdulxay o‘g‘li - Musiqa ta’limi 4-bosqich talabasi:
Toshpulatov Jasur Baxrom o‘g‘li - Musiqa ta’limi 2-bosqich talabasi.

Jamoani tayyorlash bo‘yicha mas’ullar:
Mahkamova Shoxida Raxmatullayevna - Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri;
Shermatova Umida Sapayevna - O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi;
Achilova Emina Sa’dullayevna - O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi;
Komilova Gulmira Temirovna - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.

Axborot ko‘makchisi:
Baltayeva Munira Shakir qizi - Maktab menejmenti 3-bosqich talabasi, Axborot xizmati xodimi.

Jamoa rahbari:
Auezov Asiljan Abdurashid uli - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi.

G‘oliblari haqida foto lavhalar


HD formatda ko'ring

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.3K viewsedited  12:22
Ochish/sharhlash
2023-04-10 08:06:19
#Talaba_portfoliosi
#Ilmiy_faoliyat

"Talaba portfoliosi" nima?

Turli xil tanlov hamda mukofotlar uchun hujjat topshirish koʻnikmangiz yoʻqmi?

Unda ushbu seminar-trening aynan Siz uchun

"Talabalar akademiyasi"ning "Tadqiqotchi talabalar" uchun "Ilmiy maqolaga mavzu tanlash tamoyillari. Talaba portfoliosi" mavzusida oʻtkazilayotgan seminar-treningga sizni ham chorlab qolamiz

Ushbu seminar-treningimiz orqali

Davlat stipendiyalari, "Yil talabasi" koʻrik-tanlovi, "Ilhom" davlat mukofoti, "Hokim stipendiyasi" va boshqa turli xil tanlov hamda mukofotlar uchun hujjat topshirish texnikasi haqida maʼlumotga ega boʻlasiz.

Hujjatlar bilan ishlash metodikasi amaliy tarzda misollar bilan oʻrgatiladi.

10.04.2023
14:00


Manzil: Pedagogika fakulteti, 3-qavat

Murojaat: @CHDPU_iqtidorli_talabalar

Akademiyaning rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram
2.0K views05:06
Ochish/sharhlash