Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum_kundaligi ARMda nikoh munosabatlari xususida fikr | CHDPU | Rasmiy kanal

#Referendum_kundaligi

ARMda nikoh munosabatlari xususida fikr yuritildi

ChDPU kutubxonasida o‘tkazilgan davra suhbatida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 76-moddasi xususida fikr almashildi.

– Zamonaviy o‘zgaruvchan dunyoda oilaviy qadriyatlarni saqlash davlatlarning asosiy vazifalaridan biriga aylandi, - dedi ARM rahbari Muqaddam Xamidova. – Shu sababli, ushbu o‘zgartirishlar zamon talabi deb baholayman.

Suhbat davomida Konstitutsiyada oila qadriyatlarining kiritilishi kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan turli tushunmovchiliklarning oldini olishiga va erkinlik niqobi ostida xalqimizga begona an’analar kirib kelishiga to‘siq ekanligi ta’kidlandi. Konstitutsiya orqali xalqimiz bir jinsli nikoh masalasiga nisbatan qat’iy pozitsiyasini aks ettirishi qayd etildi.

– Biz uchun muqaddas bo‘lgan an’anaviy oilaviy qadriyatlarini himoya qilish maqsadida Konstitutsiyada nikoh O‘zbekiston xalqning an’anaviy oilaviy qadriyatlariga asoslanadi, deb belgilanmoqda, - dedi kutubxona xodimasi Nasiba Qodirova.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube