Get Mystery Box with random crypto!

Biologiya fan olimpiadasi o‘tkazildi ChDPU professor-o‘q | CHDPU | Rasmiy kanal

Biologiya fan olimpiadasi o‘tkazildi

ChDPU professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirokida Toshkent viloyati umumta’lim maktab bitiruvchilari o'rtasida biologiya fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.
Olimpiada O`zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirining 2021-yi 8-sentabrdagi 383-sonli buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida tashkil etildi.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi hamda hakamlar hay’ati sifatida Tabiiy fanlar fakultetining Biologiya hamda Genetika va evolyutsion biologiya kafedralarining tajribali professor-o‘qituvchilari va magistrlari jalb etildi. Olimpiadaga Toshkent viloyatining barcha maktablaridan 1200 nafardan ortiq o‘quvchilar qatnashib, o‘zaro bilim saviyalarini sinovdan o’tkazdi.

Olimpiada jarayonlaridan foto lavhalar


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube