Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-04-18 09:43:30
#pedagogikaDiplomatiyasi

Rektor Milliy pedagogika fanlari akademiyasi vakilini qabul qildi

Ayni damda Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi Pedagogika instituti katta ilmiy xodimi Vera Chudakova xalqaro stajirokalar tashkil etish, Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bitiruvchilariga ilmiy masalahat berish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib turibdi.
Ukrainalik olimani universitet rektori G‘ofurjon Muhamedov qabul qildi. Uchrashuvda ukrainalik olima Vera Chudakovaning tashrif rejasi muhokama qilindi.
Iqtidorli talabalar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovka tashkil etish, Psixologiya kafedrasi bilan hamkorlikda zamonaviy psixologik tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
1.1K views06:43
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:12:44
#Referendum_kundaligi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya-qadru qimmatim!” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya-qadru qimmatim!” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” forumi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz fuqarolarining xohish-istaklari hamda keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unda keltirib o‘tilgan fuqarolarning taʼlim olish va sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Targ‘ibot tadbirida universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida badiiy chiqishlar va shou-biznes vakillari ishtirokida gala-konsert tashkil etildi.

Universitet sport maydonida o‘rnatilgan sahnada so‘z olganlar ming nafardan ortiq yoshlarni referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.1K views14:12
Ochish/sharhlash
2023-04-17 12:06:30
#tezkor_xabarlar

Bugun 2023 yil 17-aprel kuni soat 16:00 da CHDPU da ''Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, Konstitutsiya o'zimizniki'' shiori ostida ''Referendum va yoshlar'' forumi bo'lib o'tadi.
Mazkur tadbirda barchangizni kutib qolamiz!
4.1K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-04-16 11:42:09
#Inson_qadri_uchun

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari: Chirchiq davlat pedagogika universiteti misolida

Telegram | Instagram | Facebook
3.0K views08:42
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:26:16 #eʼlon

Bugun soat 10:30 va 22:20 da "Oʻzbekiston 24" telekanalida Chirchiq davlat pedagogika universiteti haqidagi hujjatli filmni tomosha qiling.
6.0K viewsedited  05:26
Ochish/sharhlash
2023-04-15 20:02:16
#ChDPUnishonlaymiz

15-aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni

Bu hayotda madaniyat va sanʼat sohasi daxldor boʻlmagan hech bir kasb yoki mutaxassislikni topish qiyin. Oʻqituvchi madaniyatli boʻlsa, oʻz ishini sanʼatkorona bajaradi. Ustoz komillikka erishgan boʻlsa, shogirdlarini maʼnaviyatning yuksak choʻqqilariga boshlaydi. Ijodkor talabalar millatning maʼnaviy-axloqiy qiyofasini belgilaydi.

Bayram barchamizga, sanʼat yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarimizga muborak boʻlsin!


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.9K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-04-15 19:00:13
CHDPU da sport mavsumi!

Shu haftada CHDPU futbol chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻyin yorqin oʻtdi va biz gʻolib fakultetlarni tabriklaymiz.

1-oʻrin — Gumanitar fakulteti
2-oʻrin — Fizika va kimyo fakulteti
3-oʻrin — Pedagogika fakulteti

CHDPU yoshlari bilan faxrlanamiz!

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.6K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-15 15:45:26
#befarqemasman

Bekimbetova Intizor — Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.3K views12:45
Ochish/sharhlash
2023-04-14 19:12:18
#ChDPU_maktabda: Maktab oʻquvchilari uchun tanlovlar va tadbirlar

Maktab menejmenti kafedrasi professor-oʻqituvchilari va maktab menejmenti yoʻnalishi talabalari xalqaro menejerlar kuni munosabati bilan Chirchiq shahridagi umumtaʼlim maktab oʻquvchilari uchun qabul uyushtirdi.
XXI asr maktab taʼlimi taraqqiyotida menejerlarning oʻrni zamonaviy taʼlim misolida tushuntirib berildi.
Maktab oʻquvchilari talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
P.S.: Maktab menejmenti yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni professional bayrami bilan tabriklaymiz!

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTub
3.8K views16:12
Ochish/sharhlash
2023-04-12 20:46:24
#oav_biz_haqimizda

MY5 TV | "Obyektiv" ko'rsatuvi nishonida bugun oliy ta'lim mavzusida gaplashamiz.

Ko‘rsatuvda ChDPU Talabalar akademiyasi Prezidenti Ozoda Abdullayeva ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri Shoira Jumaeva mavzu yuzasidan munosabat bildirgan.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
1.8K views17:46
Ochish/sharhlash