Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-27 18:46:09


"Mnemonika - eslab qolish sanʼati" mavzusida seminar-trening tashkil etiladi

Seminar-trening 28-aprel 13:30 da ChDPU Pedagogika fakulteti binosi 322-xonada boshlanadi...

@tvchdpi2017
3.5K viewsedited  15:46
Ochish/sharhlash
2023-04-27 16:32:40
#oav_biz_haqimizda

Studya 24 | Feruza Qodirova — Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori

Batafsil

Telegram | Instagram | Facebook
3.2K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:38:54
Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Boris Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

Telegram | Instagram | Facebook
3.1K views12:38
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:41:01
#pedagogikaDiplomatiyasi

Rektor Ural Federal universiteti delegatsiyasini qabul qildi

Bugun, 26-aprel kuni Boris Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘ldi.
Tashrif avvalida, delegatsiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Odiljon Ziyadullayev hamrohligida o‘quv jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida Ural Federal universiteti rektori Viktor Koksharov Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muhamedov qabulida bo‘ldi.
Rektorlar muloqotida Viktor Koksharov yurtimizga tashrifi sababini tushuntirib, mamlakatimizda oliy ta’lim, jumladan pedagogik kadrlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan qiziqdi. Akademik mobillik, magistratura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, hammualliflikda nashrlar tayyorlash va chop etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi va anglashuv Memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida: Ural federal universiteti 1920-yil tashkil topgan. Universitet QS jahon universitetlari reytingida 335-o‘rinni egallaydi hamda Rossiya Federatsiyasining yetakchi ta’lim va ilmiy maskanlaridan biri hisoblanadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
1.5K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:25:41
ChDPU tayanch doktoranti Qudratbek Mahmudov yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta'lim sohasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma'lumot berdi

@tvchdpi2017
2.1K views14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-25 19:30:16
#pedagogikaDiplomatiyasi

ChDPU delegatsiyasi Finlyandiyaga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Ilxom Xaydarov boshchiligidagi ChDPU delegatsiyasi Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.

Tashrifning dastlabki kunida ChDPU vakillari Yuvyaskyulya universitetida o‘tkazilgan xalqaro trening va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Ushbu fin universiteti faoliyati misolida oliy ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari, kredit modul tizimi va mustaqil ta’lim, raqamlashtirish jarayonlari, o‘qitish metodikasi va interaktiv metodlarni qo‘llash kabi dolzarb mavzular o‘rganildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.0K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2023-04-25 14:10:06
• O‘zgarishlar yaxshilikka!

• Изменения – к лучшему!

@tvchdpi2017
3.0K views11:10
Ochish/sharhlash
2023-04-24 15:00:36
#innovatika

Talabalarimiz global ekologik muammolar muhokamasida qatnashdi

Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi "Yer kuni"ga bag’ishlangan ilmiy-amaliy tadbirda ishtirok etdi. Tadbir Xalqaro malekuyar allergalogiya markazi tomonidan tashkil etildi.
Tabiatga ozor bermaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, ifloslantirmaslik, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish kabi masalalarda yangicha yondashish yechimi izlandi.
Muhokamada faol ishtirok etgan universitetimiz yosh biologlariga sertifikatlar topshirildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-24 12:37:31
#oav_biz_haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi referendumi 2023 | Tarmiza Xuralieva - Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.2K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-04-24 10:00:23
#bizning_ustozlar

Gʻafforov Yarash Xolliyevich — tarix fanlari nomzodi, professor

— 1988-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan;

— 1995-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan;

— 2022-yilda Oʻzbekiston tarixi boʻyicha professor ilmiy unvoni berilgan;

— Ilmiy rahbarligida 30 dab ortiq magistrlik dissertatsiyalariga va 100 ga yaqin bakalavrlik malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilgan, hozirgi kunda 4 ta yosh-tadqiqotchilarning ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda;

— 4 ta darslik, 10 ta qoʻllanma, 4 ta monografiya, 200 ta ilmiy maqolalar muallifi;

— Renessans: ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan 2022-yilda "Renessans davri: Ilmiy tadqiqotchilar yetakchisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan;

— "Oʻzbekistonda taʼlim" jurnali tahririyati qarori bilan "Taʼlim fidokori" esdalik nishoni bilan taqdirlangan;

— Ilmiy tadqiqotlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan " Tashabbuskor islohotchi – 2022" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan;

— " Journal of Ethics and Diversity in Internatsional Communication" xalqaro ilmiy jurnali tahrir hayʼati aʼzosi;

— CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti Oʻquv-uslubiy kengashi raisi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.3K views07:00
Ochish/sharhlash