Get Mystery Box with random crypto!

CHDPU | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal C
Telegram kanalining logotibi tvchdpi2017 — CHDPU | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @tvchdpi2017
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.91K
Kanalning ta’rifi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.
http://fb.com/tvchdpi2017
http://instagram.com/tvchdpu
Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-09 17:15:10 #tezkor_elon

Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlar!

CHDPU Pedagogika fakulteti tomonidan 2023 yil 10 aprel kuni 13:30 da "O‘zbekiston uchun Konstitusiyaviy islohotlar nega kerak?" mavzusida huquqshunos mutaxassislar, ekspertlar va Yuridik universiteti talabalari ishtirokida video muloqot o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Mazkur video muloqot ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tadi.

Onlayn muloqotda quyidagi masalalar muhokama qilinadi
:
Konstitusiyaviy islohot nimaga kerak, uning asl, tub g‘oyasi nimadan iborat? Konstitusiyaviy novellalarning (yangiliklarning) zaruriyati;
Konstitusiyaviy islohotlar: dunyodagi zamonaviy tendensiyalar;
Konstitusiyaviy islohotlarda yoshlar huquqi.

Universitet jamoasidan konstitusiyaviy islohotlarga doir savollarni Pedagogika fakultetining https://t.me/referendum_savol_bot telegram-boti orqali kutib qolamiz.

Konferensiyaga ulanish:
https://us06web.zoom.us/j/86077704212?pwd=SHAzL1kwTmcyYm1PdkdzNVNLNUZ6dz09
Konferensiya identifikatori:860 7770 4212
Kod:1


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.3K viewsedited  14:15
Ochish/sharhlash
2023-04-08 18:38:03
#ChDPUnishonlaymiz

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi

9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari buyuk bobokalonimiz va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga oldi.

Jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan hisoblangan Alisher Navoiyning ijodi, Lutfiy va Husayn Boyqaro she’riyati, Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi asarlari, Kamoliddin Behzodning durdona miniatyura rasmlari, Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho "Boburnoma"si, go‘zal she’riyati, ilmiy asarlari, muarrixlar G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Muiniddin Natanziy, Hafizi Abro‘, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamirning solnomalari – barcha-barchasi temuriylar davrining mahsuli ekanligi qayd etildi.

Harbiylar ishtirokida tashkillashtirilgan ochiq muloqot talaba-yoshlarga ko'taringki kayfiyat ulashdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.1K views15:38
Ochish/sharhlash
2023-04-08 17:25:15
#Referendum_kundaligi

“Targ‘ibot karvoni” talabalar shaharchasida tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, ChDPU yoshlari tomonidan “Men befarq emasman” shiori ostida “Targ‘ibot karvoni” loyihasi o‘tkazilmoqda. Loyihaning navbatdagi manzili Talabalar shaharchasida bo'ldi. Uchrashuv interfaol usulda o‘tkazilib, faol ishtirokchilarga badiiy va yuridik adabiyotlar taqdim etildi.

– Barcha tengdoshlarim qatori mening ham hayotimda yangilanayotgan Konstitutsiyaning o‘rni katta, – deydi 2-sonli talabalar turar joyi faoli Shahribonu Obidova. – Bilim olish, kasb-hunar o‘rganish, ishlash, dam olish va davolanish huquqlariga egaman. Yangi O‘zbekiston farzandi sifatida orzulariga yetishish yo‘lidagi barcha eshiklar men uchun ochiq ekanini bilaman va bundan g‘ururlanaman.

Qizg‘in munozalarga boy bo‘lgan uchrashuvda talaba-yoshlar bo‘lajak referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

Fotogalareya

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.9K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2023-04-08 15:05:19
#oav_biz_haqimizda

ChDPUning "Hurriyat" jamoasi “Ma’rifat maydoni” Respublika ko'rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida ishtirok etdi

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.6K viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2023-04-07 20:12:45
#xalqaro_hamkorlik

ChDPU delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi

Shu kunlarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Muxtor Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida mazkur xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi ilg‘or tajriba o‘rganilmoqda. Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universitetining O‘zbek tilshunosligi va Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, muhim kelishuvlar amalga oshirilmoqda.

Tashrif davom etmoqda.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.0K views17:12
Ochish/sharhlash
2023-04-07 19:00:08
#kafedra_tashabbusi

Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi

O'zbekiston tarixi kafedrasi tashabbusi bilan “Amir Temur — Ikkinchi Renessans homiysi” nomli ma’naviy –ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Temuriylar davri renessansida ta’lim tizimining tutgan ahamiyatini o‘rtoqlashish maqsadida tashkil etilgan ma’rifiy anjumanda ChDPU yoshlari va Chirchiq shahrining deyarli barcha harbiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari bilan bir qatorda 15-maktab o’quvchilari ham qatnashdi.

Amir Temurning adolatga yo‘g‘rilgan fikrlari, siyosiy qarashlari, yurtga mehri, elga sadoqati va ma’rifatni ulug‘lash g‘oyalari tadbir kompozitsiyasini tashkil qildi.

Sohibqironning sarkardalik mahorati va harbiy san’ati aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
2.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:05:57
#kafedra_tashabbusi
#talimDiplomatiyasi

ChDPU yoshlari uchun Dr. Edward ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi

Ingliz tili kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro va milliy sertifikatlarni ega bo‘lish ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan Texas universiteti professori Dr. Edward ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi.

Batafsil va FOTOlar...

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.0K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-04-07 12:00:17
#xalqaro_hamkorlik

ChDPU va Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati Muxtor Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti birinchi prorektori Kayrat Nurmanbetov rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda Chirchiq davlat pedagogika universitetining Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti bilan hamkorligi istiqbollari xususida fikr almashildi.

Batafsil va FOTOlar...


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-04-07 10:46:09
#Referendum_kundaligi

Maktabgacha ta’lim fakulteti yoshlaridan kreativ yondashuv

Chirchiq davlat pedagogika universiteti faollari va tajribali targ‘ibotchilar ishtirokida yoshlarning huquqiy savodxonligi, referendum borasidagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish maqsadida “Men befarq emasman” shiori ostida seminarlar, huquqiy targ‘ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Maktabgacha ta'lim fakulteti talaba-yoshlari aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirini tashkil etdi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda mahalla faollari, nuroniy otaxon-u onaxonlar, o‘quvchilar ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar, turli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

P.S.: Videorolik fakultet yoshlari tomonidan taqdim etildi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
3.2K views07:46
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:55:29
Qutbiddinov Ahror, ChDPU talabasi

Кутбиддинов Ахрор, студент ЧГПУ

#ozmaqsadlaringnibil


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
831 views08:55
Ochish/sharhlash