Get Mystery Box with random crypto!

#pedagogikaDiplomatiyasi Rektor Milliy pedagogika fanlari aka | CHDPU | Rasmiy kanal

#pedagogikaDiplomatiyasi

Rektor Milliy pedagogika fanlari akademiyasi vakilini qabul qildi

Ayni damda Ukraina Milliy pedagogika fanlari akademiyasi Pedagogika instituti katta ilmiy xodimi Vera Chudakova xalqaro stajirokalar tashkil etish, Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi bitiruvchilariga ilmiy masalahat berish maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib turibdi.
Ukrainalik olimani universitet rektori G‘ofurjon Muhamedov qabul qildi. Uchrashuvda ukrainalik olima Vera Chudakovaning tashrif rejasi muhokama qilindi.
Iqtidorli talabalar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovka tashkil etish, Psixologiya kafedrasi bilan hamkorlikda zamonaviy psixologik tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish masalalariga ham e’tibor qaratildi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube