Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum_kundaligi Chirchiq davlat pedagogika universiteti | CHDPU | Rasmiy kanal

#Referendum_kundaligi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya-qadru qimmatim!” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” forumi bo‘lib o‘tdi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Konstitutsiya-qadru qimmatim!” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” forumi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz fuqarolarining xohish-istaklari hamda keng jamoatchilik vakillarining takliflari asosida yangilanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va unda keltirib o‘tilgan fuqarolarning taʼlim olish va sohaga doir boshqa muhim o‘zgartirishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Targ‘ibot tadbirida universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida badiiy chiqishlar va shou-biznes vakillari ishtirokida gala-konsert tashkil etildi.

Universitet sport maydonida o‘rnatilgan sahnada so‘z olganlar ming nafardan ortiq yoshlarni referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.


Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube