Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Arsenal' 'Vest Hem'ni | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Arsenal" "Vest Hem"ni mag'lub etib turnir jadvalida kuchli to'rtlikka qaytdi

Arteta: "Vest Hem"ga qarshi bahsda to'liq ustunlikka erishish qiyin. Shuning uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak edi"

Luis Suares: "Men bir tadbirda edim va u yerda bizga yana "Bavariya" tushganini aytishdi (birinchi qur'a). Men esa shunday dedim: "Bavariya"? Yanami ?"

"Liverpul" "Portu" futbolchisi Dias transferini tezlashtirmoqchi [TMW]

"Man.Siti" Agueroga: "Qirol Kun, yillar davomida klubning rivojiga qo'shgan hissang uchun tashakkur"

Aguero: "Shifokorlar boshqa o'ynay olmasligimni aytishdi. Men faoliyatim bilan faxrlanaman va minnatdorman"

Modrich va Marseloda koronavirus aniqlandi

La liga rahbari: "Agar "Real" istasa, Mbappeni ham Hollandni ham sotib olishi mumkin. Faqat aql bilan ish tutilishi kerak"

Omikron shtammi tez rivojlanayotgani tufayli Afrika Kuboki o'tkazilmasligi mumkin [RMC Sport]

"Barsa" qishda "Arsenal"dan Obameyangni sotib olishi mumkin [Diario Sport]

"Barselona" ham Holland uchun kurashga qo'shilishi mumkin. Ammo "PSJ"ning bu raqobatga qo'shilishidan havotirda [Diario Sport]

"Real" Agueroga: "Dunyodagi eng yaxshilardan biri. Senga qarshi o'ynash biz uchun sharaf"

Pedri va Fati 2-yanvarda "Malyorka"ga qarshi bahsda "Barsa"ga yordam bera olishadi [Mundo Deportivo]

Gvardiola: "Maradona Italiyani zabt etdi. Messi Ispaniyani. Aguero esa Angliyani"

Italiya va Argentina terma jamoalari 1-iyun kuni Londonda xalqaro turnirda o'zaro o'yin o'tkazishlari mumkin

Levandovski joriy mavsum yana bitta gol ursa Ronalduning 2013-yilda o'rnatgan rekordiga (69 gol) yetib olishi mumkin

"Inter" Eriksen bilan xayrlashishga qaror qildi [Nikolo Skira]

Gvardiola APLda o'zi to'qnash kelgan raqiblarining 29tasidan 28tasini mag'lub etgan. Faqat "Midlsbro" klubi Pep jamoasiga yengilmagan

Frenki De Yong otasi: "Yevropaning top5 jamoalaridan Frenkiga qiziqish bo'lmoqda"

Xavi: "Alves evaziga biz so'nggi uzatmalarimizni yaxshilashimiz mumkin"

"Atletiko" Marsialga qiziqish bildirmoqda [Eurosport]

Ferran Torres "Barsa"ning asosiy maqsadi. Ammo "Man.Siti" bu kelishuvga rozi bo'lmasa Sanches bilan shartnoma imzolanishi ham mumkin [As]

"Barsa" Lyuk de Yongni Aleksis Sanchesga almashtirishi mumkin. Bu uchun Xavining roziligi kerak [Diario Sport]

"Bavariya" De Ligtni sotib olishi mumkin [TMW]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan