Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 2024-yilda Braziliya, | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

2024-yilda Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Urugvay, Chili va Peru UEFA Millatlar ligasining A ligasida ishtirok etishadi, Boliviya, Ekvador, Paragvay, Venesuela esa B ligada qatnashishadi

"Barsa" Bartrani ortga qaytarish haqida o'ylamoqda [Diario Sport]

Xavi Holland haqida: "Tebas uning kelishiga birinchi navbatda qiziqishi kerak. Bu La ligaga birinchi navbatda foyda"

Obameyang Afrika Millatlar kubogigacha "Arsenal" safida maydonga tushmaydi. Futbolchi guruhdan alohida shug'ullanmoqda [The Telegraph]

"Chelsi" Kundega bo'lgan qiziqishni yo'qotmagan. "Sevilya" narxni 50-60 mln yevrogacha kamaytirishga tayyor [ESPN]

APL klublari kovid bilan bog'liq masalani hal etish uchun dushanba kuni yig'ilish o'tkazishadi [BBC]

Ispaniya kubogining 1/16 finalida "Real" "Alkoyano" bilan "Barsa" esa "Linares" bilan o'ynaydi

Gvardiola koronavirusga test topshirdi va natijalar manfiy bo'lib chiqdi. Avvalroq Pepda koronavirus alomatlari kuzatilayotgani haqida xabar chiqqan edi

"Man.Yunayted" Marsial bo'yicha hech qanday taklif olmagan. Klub unga kimdir qiziqishiga ishonmayapti [ESPN]

Xavi: "Barsa" La liga uchun kurashdan chiqdi deya olmaymiz. Biz barcha sovrin uchun kurashishimiz kerak"

"Barsa" ter Shtegenni sotmoqchi emas. Xavi unga ishonmoqda [Diario Sport]

Tebas (La liga rahbari): "Barselona" Hollandni sotib ololmasa kerak"

Levandovski 2013-yil Ronalduning gollar soni bo'yicha (69) shaxsiy rekordini takrorladi. Robertga bu uchun 59 o'yin kerak bo'ldi

Levandovski bir yil ichida Bundesligada kiritilgan gollar soni bo'yicha Gerd Myuller rekordidan (42) o'zib ketdi

Asensio, Beyl, Lunin va Rodrigoda koronavirus aniqlandi

Tadich 2021-yilda 37-assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi va Messining 2011-yilda o'rnatgan rekordidan (36) o'zib ketdi

Simeone: "Joau Feliks "Atletiko"ga aynan kerak bo'lgan futbolchi. "Real" bilan bahsda ham u o'z iqtidorini namoyish etdi va shu yo'sinda davom etadi deb umid qilaman"

Salah APLda ketma-ket 15 o'yinda gollarda ishtirok etib kelmoqda va bu ko'rsatkich bo'yicha Vardi rekordiga yetib oldi

Konte: "Dastlab 3 kun mashg'ulot o'tkaza olmadik. Keyin 12 futbolchi bilan shug'ullandik. Bunday sharoitda mashg'ulot o'tkazish oson bo'lmadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan