Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Real' yozda Hollandni | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Real" yozda Hollandni sotib olishga urinib ko'radi, ammo yanvarda imkon tug'ilsa buni amalga oshirishga ham tayyor [As]

Anchelotti: "Hozirda "Barselona" "Real"ning to'g'ridan to'g'ri raqibi emas"

Ibrahimovich: "Mbappe menga Ronaldoni eslatib yubormoqda. Hollandning esa gollarga ehtirosi yuqori darajada"

Nagelsmann peshqadamlik haqida: "Birinchi davra natijalaridan juda ham mamnunman"

Levandovski: "Myuller rekordini buza olganim bilan faxrlanaman. 2021-yilda men yangi darajaga chiqa oldim"

Inzagi ketma-ket 5 quruq o'yindan so'ng: "Qog'ozda bu oson ko'rinishi mumkin, ammo aslida unday emas"

Leonardo Mbappe haqida: "Muhim, noyob va mo'jizaviy. "PSJ" nima xohlayotganini yaxshi bilasiz... Buyog'ini vaqt ko'rsatadi"

Alfonso Devis: "Levandovski ayni paytda eng yaxshi hujumchi"

"Barselona" Lyuk de Yongni "Fenerbaxche"ga ijaraga berishi mumkin [Mundo Deportivo]

"Barselona" yozda Frenki de Yong ham sotishi mumkin [Marca]

Diyego Kosta qishda Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin [Goal]

"Inter" 2021-yil A Seriyada 100ta gol urdi. Bu klub rekordi hisoblanadi

"Barselona" 1978-yildan beri ilk bor "Elche"dan gol o'tkazib yubordi

Aguero kelajakda "Man.Siti"ning elchisiga aylanishi va TVda mutaxassis sifatida ishlashi ham mumkin [Ole]

"Arsenal" "Lids"ga qarshi bahsning 1-taymda 11ta aniq zarba yo'lladi. Bu mazkur statistika yuritila boshlanganidan beri qayd etilgan APL rekordiga aylandi

Arteta: "Bir haftada uchta o'yin o'tkazdik. Bu jismonan juda qiyin o'yinlar edi. Ammo yigitlardan ko'nglim to'ldi"

"Barselona" 4 o'yinli g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi

"Arsenal" Angliyaning eng yuqori divizionida 7000ta gol urgan uchinchi jamoaga aylandi. Avvalroq bu natijaga "Liverpul" va "Everton" erishgan edi

Reshford "Man.Yunayted"da hujumchilar ko'payib ketayotgani uchun boshqa jamoaga o'tishi mumkin. "Barselona" ham variantlar ichida mavjud [Efe]

Ronaldo futbolchilik faoliyatini boshlagan "Kruzeyro" jamoasining egasiga aylandi. U 70 mln dollarga klubni 90 foiz aksiyasini sotib oldi

Lopetegi: "Bizga taxminan 9-10 nafar futbolchi yetishmayapti"

Rakitich 56ta gol bilan La ligada eng ko'p gol urgan xorvatiyalik futbolchilar orasida 2-o'ringa ko'tarildi. U faqat Shukerdan (114) ortda qolmoqda

"Barselona" rahbarlari Dembeledan jahli chiqmoqda. U Agueroning xayrlashuv marosimiga tashrif buyurmadi [Diario Sport]

Simeone: "Biz hozir qiyin vaziyatdamiz. Natijalarimiz yomon. O'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarishimiz kerak"

"Atletiko" 2011-yildan beri ilk bor La ligada ketma-ket 3 o'yinda mag'lub bo'ldi

Luis Suares La Ligada ketma-ket 7 o'yindan beri gol ura olmadi. Bu uning Ispaniyadagi shaxsiy antirekordiga aylandi

Shevchenko "Jenoa"da A Seriyaning ketma-ket 6 o'yinida yuta olmadi va bu borada klub murabbiylari orasida antirekord o'rnatdi

Ronaldu Fergyuson haqida: "Doimo aytganman, u mening futboldagi otamdek inson"

Xavi 1987-yildan beri "Barselona"da eng yomon debyutni amalga oshirgan murabbiyga aylandi

Gavi La ligada gol urgan 2000-yildan keyin tug'ilgan "Barselona"ning to'rtinchi futbolchisiga aylandi

Xavi: "Biz avvalgi etalon o'yinimizga qaytishimiz kerak va to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishimiz zarur"

Kavani "Barselona"ga o'tish uchun "Man.Yunayted" bilan shartnomani buzishga ham tayyor [ESPN]

De Ligt: "Inter" bilan o'yinda ochko yo'qotish boshqa masala, ammo kuchsiz jamoalarga qarshi bahsda bu holat kuzatilishi meni jahlimni chiqarmoqda"

Mourinyo: "Men doim "Roma" top klublarni 19 oydan beri yuta olmaydi degan so'zlarni eshitaverardim. Endi esa siz ularni 20 daqiqadan beri yuta olmayapsiz deyishingiz mumkin"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan