Get Mystery Box with random crypto!

Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal H
Telegram kanalining logotibi turdialiyev_hasan — Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @turdialiyev_hasan
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.67K
Kanalning ta’rifi

Sharhlovchi Hasan Turdialiyevning rasmiy kanali:
Reklama bo'yicha savollarga 👉 @Sport_Rek
Instagram: https://instagram.com/hasan_turdialiyev

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 119

2022-01-31 08:11:18 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Afrika Millatlar kubogi yarim finalchilari ma'lum bo'ldi: Senegal - Burkina-Faso; Kamerun - Misr

"Nyukasl" 42+8 mln yevro evaziga "Lion" futbolchisi Bruno Gimaraesni sotib oldi. Shartnoma 4 yarim yilga tuzildi

"Man.Yunayted" Van de Bekni mavsum oxiriga qadar "Everton"ga ijaraga berdi

"MYU" futbolchisi Grinvudning sevgilisi Xarriet Robson instagram sahifasiga futbolchini kuch ishlatgani haqidagi sur'atlarni va Meysonning kuch ishlatishga uringani bilan bog'liq audio yozuvni joyladi. Tarqalgan bu xabarlardan so'ng u hibsga olindi

"MYU" Meyson Grinvudni mashg'ulotlardan chetlatdi

"Zenit" Azmun bilan xayrlashdi. Yozda "Bayer"ga o'tishi kerak bo'lgan futbolchi qishdayoq Germaniyaga yo'l oladigan bo'ldi. Transfer 4 mln yevroga baholanmoqda

"Zenit" 24 mln yevro evaziga braziliyalik hujumchi Yuri Albertoni sotib oldi

Neymar Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi bahsga qadar safga qaytishiga ishonmoqda [Adrien Grenye]

Lempard "Everton" bilan 2 yarim yillik shartnomaga imzo qo'ydi [Sky Sports]

Ramos: "2014-yil Lissabondagi finalda kiritgan golim ? Bu mening hayotimdagi eng muhim gol. Men uni umrbod unutmayman!"

Ramos mushaklaridan jarohat oldi

"Tottenhem"ga o'tayotgan Kulusevski: "Umid qilamanki, qachondir "Yuventus"ga qaytaman"

"Al-Nasr" klubi Obameyangga "Arsenal"da olayotgan maoshini to'lashga ham rozi ekanini maum qildi. Biroq futbolchi Yevropa klublaridan taklif kutmoqda [Jeyma Beng]

"Barselona" Obameyang bilan kelishuvga erishdi. Ammo gabonlik hujumchi kataloniyaliklar safiga o'tishi uchun Dembele klubni tark etishi kerak [Jerar Romero]

"Milan" Teo Ernandes bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirdi

"Nyukasl" 15 mln yevro evaziga "Brayton" himoyachisi Den Byornni sotib oldi [Fabritisio Romano]

Brian Xil "Tottenhem"dan "Valensiya"ga ko'chib o'tmoqda. U mavsum oxiriga qadar Ispaniyada o'ynaydi [Fabritsio Romano]

"Tottenhem" 19+5 mln yevro evaziga Bentankurni sotib olishga yaqin [Di Martsio]

"Yuventus" "Tottenhem"ga o'tishi kutilayotgan Bentankur o'rniga Denis Zakariyani sotib oldi. Transfer 5 mln yevroga bahonlanmoqda [Fabritsio Romano]

"Yuve" muxlislari "Fiorentina" muxlislariga javob qaytarishdi: "Badjodan Vlaxovichgacha. Filialimizga rahmat va keyingi transferlarda ko'rishguncha"

"Liverpul" Luis Dias transferini e'lon qildi. Transfer qiymati 67 mln yevroni tashkil etdi. Shartnoma 5 yil muddatga tuzildi

Klopp: "Dias - ajoyib futbolchi. Unda "Liverpul"ga moslashib ketishi uchun barchasi bor"

Dembele qishki transferlar yakuniga qadar "PSJ"ga ko'chib o'tishi mumkin. "Barselona" parijliklar bilan bu borada muzokara olib bormoqda [Diario Sport]

Traore: "Shuncha yil o'tib Barselonaga qaytganimdan xursandman. Men shu yerda katta bo'lganman. Endi esa oilam do'stlarim yoniga qaytmoqdaman"

Emiliano Martines maydonga tushgan o'yinlarda Argentina terma jamoasi 15 o'yindan birortasida mag'lub bo'lmadi

Holand: "Men Vardining himoyachilardan o'zib ketishini ko'p kuzatganman. Balki, u bu yo'nalishda dunyodagi eng yaxshidir"

Luis Suares "Atletiko"da yana bir mavsum o'ynash niyatida. Ammo klub unga ishonmayapti [Diario Sport]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.9K views05:11
Ochish/sharhlash
2022-01-30 17:18:12
Balans buzildi!!!

Nadal "katta dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarda 21-marta g'olibga aylandi.

Sal kam 5 yarim soat davom etgan murosasiz bahsda Rafael Nadal setlar bo'yicha 0:2 hisobida ortda qolaturib o'zidan 10 yoshga kichik bo'lgan Daniil Medvedevdan ustun keldi.

"Grand Slam"ning 20 karra g'oliblari Federer va Jokovich uchun bu motivatsiya bo'lib xizmat qilishi aniq

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
65.1K viewsedited  14:18
Ochish/sharhlash
2022-01-29 12:23:05 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Yuventus" Dushan Vlahovichni o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi. Transfer 75 mln yevroni tashkil etdi. Futbolchi yiliga 7 mln yevro maosh oladi. U 7-raqamda o'ynaydi

Peres 2025-yilga qadar "Real"ning narxini 6-8 mlrdgacha chiqarmoqchi. Hozirda jamoa Forbes tomonidan 4,75 mlrdga baholanmoqda [Vozpopuli]

"Monako" Tchuameni narxini 60 mln yevro etib belgiladi. Futbolchi "Real"ning qiziqishiga sabab bo'lmoqda [Andreas Onrubiya]

Ernesto Valverde: "Biz ikki marta La Ligani qo'lga kiritdik, ammo ayrimlar uchun bu kamlik qildi. Biz chempionlar ligasida ham guruhda doim peshqadam bo'lardik. Hozir esa..."

"Valensiya" Moriba transferini e'lon qildi

"PSJ" Reshfordni Mbappega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda va uni transferi bo'yicha ichki muhokama boshlangan [Adrien Grenye]

"Jenoa" Shevchenko bilan shartnomani bekor qilmagan va uning maoshini sekin-asta berib bormoqda [Tribuna]

"Barsa" va "Yuventus" Obameyang transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashdi [The Athletic]

Jarohatlarga moyilligi tufayli "PSJ" Dembelega jiddiy qiziqish bildirmayapti [Adrien Grenye]

Uoker va Karrasko Chempionlar ligasining 3 o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi [The Independent]

"Barsa" Sterling transferidan voz kechdi. Jamoa uni boshqalardan ajralib qolishidan xavfsiramoqda [Diario Sport]

Benzema Valbuena ishi bo'yicha 230 ming yevro jarima to'laydi [L'Equipe]

Runi: "Everton" yordam so'rab murojat qildi va agentim bilan suhbatlashdi. Ammo men ularga rad javobini berdim. Meni "Derbi"da muhim ishlarim bor"

Lempard "Everton" bosh murabbiyiga aylanadi [Fabritsio Romano]

Azar, Beyl, Isko, Marselo, Mariano va Valyexo qishda jamoani tark etishdan bosh tortishdi. Eden asosiy tarkibga kira olishiga ishonmoqda [Marca]

Mertens "Napoli"da qolish uchun maoshi kamayishiga ham rozi [Nikolo Skira]

Vlahovich: "Hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri. Klub men bilan faxrlanishini istayman"

"Aston Villa" Bentankur bo'yicha "Yuventus"ga ilk taklifini yubordi [Fabritsio Romano]

Ronaldu muxlislarga: "Siz mening oldinga qadam tashlashim uchun asosiy motivatsiyasiz. Sizlarsiz futbol qiziq emas"

Donni van de Bek yanvar oxiriga qadar "Kristal Pelas"ga o'tishga yaqin [Fabritsio Romano]

Pogba - "PSJ"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Leonardo Rayola bilan kelishuvga erishishgan [L'Equipe]

Holand o'ziga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachilar haqida: "Van Deyk, u rostan ham yaxshi. Bo'yi uzun, baquvvat va tezkor. Ramos ham juda aqlli va yaxshi. Shulardan biri"

Kulusevski "Tottenhem"da yil oxiriga qadar ijarada o'ynashi mumkin. "Yuve" sotib olish sharti bilan ijaraga berishni taklif qilmoqda [Fabritsio Romano]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
11.1K viewsedited  09:23
Ochish/sharhlash
2022-01-28 12:55:19
Netflixning Neymar haqida ishlagan serialidan parcha

Video Neymarning "Barsa"dagi debyuti haqida..

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
14.6K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2022-01-28 12:39:48 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Adama Traore 30 mln yevro evaziga sotib olish sharti bilan mavsum oxiriga qadar "Barselona"da ijarada o'ynaydi [Fabritsio Romano]

"Inter" "Atalanta" himoyachisi Gosensni 22 mln yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga oldi

Shota Arveladze "Xall Siti" klubi bosh murabbiyiga aylandi

"Arsenal" a'zosi Chembers "Aston Villa" bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi

"Atletiko" "Valensiya" himoyachisi Daniel Vassni 2,5 mln yevro evaziga sotib oldi. Shartnoma 2023-yilga qadar mo'ljallangan

"MYU" futbolchisi Amad Diallo mavsum oxiriga qadar "Reyndjers" klubida ijarada o'ynayndi [Fabritsio Romano]

"Atletiko" Moratani ijaraga bermoqchi emas va to'liq transfergagina rozi. "Barsa" esa biror futbolchisini sotmasa uni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi [Fabritsio Romano]

Eronda ikki yarim yildan buyon ilk bor ayollarni stadionga tushishiga ruxsat berildi

"Chelsi" klubining ayrim hujumkor futbolchilari Tuheldan norozi va yozda jamoani tark etmoqchi [The Athletic]

"Everton" va "Nyukasl" Tomas Myullerga qiziqishmoqda [Kristian Falk]

Pike Messi "Barsa"da qolishi uchun maoshi qisqarishiga rozi bo'lmagani va Leo klubni tark etgandan keyingina buni amalga oshirgani argentinalik futbolchi bilan Jerar orasidagi munosabat yomonlashishiga olib kelgan [Diario Sport]

33-yoshli Kaysedo mavsumni ijara asosida "Inter"da o'tkazadi [Di Martsio]

Aguero shifokorlar ko'rsatmasiga qaramay futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqchi bo'lgan. Faqat uning onasigina Serxioni bu fikrdan qaytara olgan [Sport]

"Liverpul" Minaminoni "Monako" va "Lids"ga sotishni istamadi [Sky Sports]

"Barsa" agar Moratani tarkibiga qo'shib ololmasa, Obameyangni ijaraga olishga urinib ko'radi [As]

"Arsenal" 7+3 mln yevro evaziga"Nyu-Inglend Revolyushn" darvozaboni Tyornerni sotib oldi. Posbon yozda Londonga ko'chib o'tadi [Fabritsio Romano]

"Milan"ga Kulusevskini sotib olish taklifi berildi [Sport Mediaset]

Moriba ijara asosida "Valensiya"ga ko'chib o'tadi [Nikolo Skira]

Marselo Ispaniya kubogining 3 o'yinini o'tkazib yuboradi. "Real" apellyatsiyasi qabul qilinmadi [As]

"Real Madrid" Amerikaning Legends sport tadbirlari kompaniyasi bilan 25 yillik shartnoma imzoladi. Bu Madrid klubiga har yili 440 mln yevrodan foyda olib keladi

"Real" "Monako" tayanch yarimhimoyachisi Tchuamenini Kazemiroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda [Marca]

Eron termasi muddatidan oldin mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi

"Milan" 4 mln yevro evaziga "Srvena Zvezda" klubidan 18 yoshli hujumchi Lazetichni sotib oldi

Gvardiola, Klopp, Laje va Smit APLda yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzod

De Xea, De Bruyne, Bouen va Moutinyu APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatoridan joy olishdi

Raysning transferi "MYU" uchun 100 mln funtga tushishi mumkin [MEN]

Benzemaning tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechmoqda. U "Atletik"ga qarshi bahsgacha safga qaytishi mumkin [El Golazo de Gol]

"Tottenhem" "Fiorentina" yarimhimoyachisi Ambrabatni 16 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Bu uchun klub Alli yoki Ndombeleni sotishi kerak [Fabritsio Romano]

Azmun: "Yana 3 oy davomida "Zenit" sharafini himoya qilaman. Kerak bo'lsa, ikkinchi jamoada ham o'ynashga tayyorman"

Dembele agar "Barsa" bilan kelisha olmasa "PSJ"ga yo'l olishi mumkin [Marca]

Holand "Borussiya"ning bosimi haqida: "Izoh berishim kerakligini tushindim. Hozir kelajak haqida bosh qotirmoqdamiz"

Myuller joriy mavsum 18 assist bilan Yevropa TOP5 chempionatlarida eng ko'p assistni amalga oshirgan futbolchi bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarda: Trent (10), Berardi (10), Mbappe (9)

"Liverpul" "Portu"ning kolumbiyalik vingeri Luis Diasni sotib oladi. Transfer 60 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchiga "Tottenhem" ham qiziqayotgan edi. Ammo futbolchi "Liverpul"ni tanladi [The Athletic]

Buffon Vlahovich transferi haqida: "Juda yaxshi transfer. U Mbappe, Holand bilan bir darajada. Juda kuchli 9lik"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
16.1K viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2022-01-27 20:30:37
APL olami. Raul Ximenes

"Qizil kod"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
18.0K viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash
2022-01-27 18:03:06
O‘rtoqlik o‘yini

O‘zbekiston — Janubiy Sudan 3:0
Gollar:
1:0 — 6 Shomurodov, 2:0 — 29 Shomurodov, 3:0 — 67 Masharipov

O‘zbekiston: 16.Valijon Rahimov, 9.Dilshod Saidov (3.Hojiakbar Alijonov, 81), 15.Umar Eshmurodov, 2.Islom Qobilov, 18.Sherzod Nasrullayev, 20.Akmal Mozgovoy (17.Sardor Sobirxo‘jayev, 57), 7.Otabek Shukurov, 22.Javohir Siddiqov (6.Aziz G‘aniyev, 46), 23.Hojimat Erkinov (21.Shahboz Umarov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov (8.Oybek Bozorov, 72), 14.Eldor Shomurodov (11.Sherzod Temirov, 72).

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
18.1K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2022-01-27 13:15:48 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Man.Yunayted" mavsum oxiriga qadar murabbiyni o'zgartirmaydi. Rangnik "MYU" rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan [The Sun]

"Barselona" 1-fevral kuni Bartaeo ishlarini xalqqa ma'lum qiladi. Klub bu masalada prokraturaga murojat qilgan

"Arsenal" va "Nyukasl" Osimxenga qiziqishmoqda. "Napoli" hujumchisidan ayrilmoqchi emas [Nikolo Skira]

Xavi maydonda ko'rishni istayotgan 3 sobiq futbolchilar haqidagi savolga javobi: "Bu qiyin savol. Faqat bir futbolchini aytaman, Zidan"

"Yuventus" "Kalyari" yarimhimoyachisi Nandesga qiziqmoqda. Turin klubi uni Bentankur va Arturga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda [Fabritsio Romano]

Holand ayni paytdagi eng yaxshi futbolchilar haqida: "Levandovski - birinchi, Messi va Benzema 2-3 o'rinlarda, ular juda yaxshi"

Endilikda klubdan 4 nafar futbolchida kovid aniqlansa APL o'yinni boshqa muddatga ko'chirilishiga ruxsat beradi

Pulishich "Chelsi" haqida: "Har doim ham o'zim xohlagan pozitsiyada o'ynamayman. Menga ham oson emas, ammo mehnat qilishdan to'xtamayman"

"Barselona"ning yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi - Holand. Shuningdek, Zyule, Kessie, Gaya va Aspilikueta ham rejada bor [CCMA]

Holand: "Men ko'p tomondan kuchli bo'lishim mumkin. Ammo jarohatlardan ehtiyot bo'lishim kerak"

"Vulverhempton" 16 mln yevro evaziga Xvan Xi Chan transfer huquqini "Leyspig"dan sotib oldi

Salah Afrika Kubogi haqida: "Bu mening qalbimga yanada yaqinroq bo'lgan sovrin"

"Bordo" klubi Mingesaga qiziqmoqda. "Barsa" himoyachisini ijaraga berishga tayyor [Marca]

Skaloni Messini termaga chaqirmagani haqida: "Lionel kovid unga salbiy ta'sir etganini aytdi"

Lingard "Nyukasl"ga qo'yib yubormayotganlari uchun "Man.Yunayted" rahbariyatidan g'azabda [ESPN]

Xavi Dembele agentiga: "Agar Usmon shartnomani uzaytirmasa va klubda qolishni istamasa u "Barsa"da boshqa o'ynamaydi"

Viera van de Bekni "Kristal Pelas"da ko'rishni istamoqda va uni ijarasini tezlashtirmoqchi [Fabritsio Romano]

"Nyukasl" 40 mln yevro evaziga "Lion"dan Gimaraesni sotib oladi [Fabritsio Romano]

Neymar: "Men "PSJ" tark etmoqchi edim. Chunki boshqa joyda o'zimni yaxshiroq his qilgandim"

Joriy mavsum eng ko'p to'p nazoratiga ega jamoalar ro'yxati: "Man.Siti" - 67,6; "Barselona" - 65,3; "PSJ" - 64,2; "Bavariya" - 63

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
17.8K viewsedited  10:15
Ochish/sharhlash
2022-01-26 16:14:11 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Man.Siti" "River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olmoqda. Futbolchi mavsum yozda 18 mln yevro + bonuslari bilan "shaharliklar" safiga kelib qo'shiladi

Marsial mavsum oxiriga qadar sotib olish shartisiz "Sevilya" safida faoliyat olib boradi. "MYU" bu transferdan 5 mln yevro ishlab oladi

Afrika Millatlar kubogida jami 13 futbolchi qizil kartochka oldi. Bu avvalgi 4 musobaqadagi barcha ko'rsatkichlardan ham ko'p

Skoulz: "MYU"da vaziyat yomon. Bu futbolchilarga ham tegishli. Qaysi ishchi va menejer bu yerga kelgisi keladi ?"

"Barsa" Kessie bilan kelishuvga erishishga yaqin. Futbolchining "Milan" bilan shartnomasi yozda o'z yakuniga yetadi [CCMA]

Venger har ikki yilda o'tkaziladigan mundial haqida: "Hozirgi zamonda insonlarga har kuni yangi ozuqa kerak. Yosh avlodning talabi o'zgacha"

Roy Xojson "Uotford" bosh murabbiyiga aylandi. Bu jamoaning joriy mavsumdagi uchinchi murabbiyi

"Inter" "Atalanta"dan sotib olish huquqi bilan 30 mln yevro evaziga Gozensni ijaraga olmoqda [La Gazzetta dello Sport]

Fati jarohat sababli 2,5 oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Ammo "Barsa" uning tiklanishini tezlashtirmaydi [Xavi Migel]

Roten Messini qo'llab-quvvatlagan Benzema haqida: "Karim bunday degani sabab u "PSJ" o'yinlarini ko'rmayapti. Bizga biz bilgan Messi kelgani yo'q. Tanqidlarda asos bor"

Marsial Monchi bilan suhbatdan so'ng faqat "Sevilya"ga borishni istagan [Fabritsio Romano]

"Real" Benzema va Mariano jarohati bois Yovichni qishda sotmaydi. Serbiyalikka "Arsenal" qiziqish bildirmoqda [Marca]

Adebayor Obameyang haqida: "U bizning afrikalik og'aynimiz. "Arsenal" kechirimni bilmaydi"

FIFA Kamerun-Komorlar bahsidan oldingi bosimda halok bo'lgan 8 nafar muxlis xotirasiga hamdardlik bildirdi [FIFA]

"Arsenal" "Espanyol" hujumchisi Raul de Tomasga qiziqmoqda. Futbolchining tovon puli 70 mln yevro [As]

"Atletiko" "Elche" hujumchisi Boyega qiziqmoqda. Madrid klubi uni Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda [As]

"Vest Hem" qanday yo'l bilan bo'lsa ham Lingardni ijaraga olmoqchi [Alex Crook]

Lingard "MYU" rahbariyatidan g'azabda. Jamoa uni tezroq ijaraga berishini kutmoqda [The Telegraph]

"Kristal Pelas" van de Bek uchun "Man.Yunayted"ga taklif yubordi va futbolchini tarkibida ko'rishni istamoqda [Fabritsio Romano]

"Barselona" Talyafikoni sotib olish huquqi bilan 4 mln yevro evaziga ijaraga olmoqchi. Transferga Balde ham qo'shiladi [Jerar Romero]

Himoyachi Matias Ginter yozda "Bavariya"ga ko'chib o'tishi mumkin [Nikolo Skira]

Mbappe: "Hakimi - dunyodagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi"

Formasini yo'qotmaslik uchun Eriksen "Ayaks" jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda

"Bavariya" rahbari Oliver Kan himoyachi Zyule yozda "Bavariya"ni tark etishini tasdiqladi

"Fiorentina" Kabral uchun "Bazel"ga 16 mln yevro taklif qildi [Fabritsio Romano]

Mxitaryan yozda "Roma"ni tark etadi. Rimliklar uning maoshini juda katta deb hisoblashmoqda [La Republica]

Dembele "Barselona"dagi vaziyatini yaxshilash uchun Laporta bilan uchrashishni istamoqda [Diario Sport]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
9.7K viewsedited  13:14
Ochish/sharhlash
2022-01-25 20:49:23 Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Angliyada futbolchilar uyida tez-tez o'g'rilik sodir bo'layotgani tufayli APL yulduzlari o'yin kunlari sobiq harbiylarni qorovullikka yollay boshlashdi [Daily Mail]

Marsial 5-6 mln yevro evaziga "Sevilya"ga ijaraga beriladi. Andalusiyaliklar futbolchining maoshini ham to'liq to'laydi [BBC]

"Nyukasl" Lingard uchun "MYU"ga 10 mln funt taklif qilganini rad etdi [BBC]

"Yuve" va Vlahovich shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Transfer narxi 68 mln + bonuslar [Sportitalia]

"Yuventus" va "Fiorentina" Vlahovich transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer qiymati 75 mln yevro deb baholanmoqda [Fabritsio Romano]

"Uotford" Ranyerini iste'foga chiqardi

"Atalanta" "Sassuolo"dan 22 mln yevro evaziga Jeremi Bogani sotib oldi

Inzagida kovid aniqlandi. U Milan derbisini o'tkazib yuborishi mumkin

"Sevilya" Karlos uchun "Nyukasl"dan 37,9 mln funt so'ramoqda. APL klubi 30 mln taklif qildi [Sky Sports]

Vlahovich bilan kelishgan "Yuventus" Morata bilan xayrlashishga tayyor [Agresti]

"Fiorentina" muxlislari Vlahovichning "Yuve" bilan shartnoma imzolayotgani haqidagi xabarlardan so'ng uni sotqinga chiqarishdi va Florensiyada turli xil bannerlar paydo bo'ldi

"Bavariya" yozda Kristensenni erkin agent sifatida safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Myunxenliklar uni jamoani tark etayotgan Zyule o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda [Goal]

Mbappe kelajagi borasidagi yakuniy qarorni Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan so'ng ma'lum qiladi [GFFN]

Agarda "Man.Yunayted" Chempionlar ligasiga chiqa olmasa Ronalduning maoshi 25 foizga qisqaradi [The Athletic]

"Barselona" Dembelega so'nggi marta shartnomani uzaytirishni taklif qiladi. Futbolchi va uning agenti yangi shartnomaga rozi ekani aytilmoqda [Diario Sport]

Aspilikueta yozda erkin agent sifatida "Barselona" safiga kelib qo'shiladi va 3+1 ko'rinishida shartnoma imzolaydi [El Chiringuito]

Arauxo "Barsa" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Futbolchiga "MYU" va "Chelsi" qiziqmoqda [Marca]

Agarda Ndombele "PSJ"ga o'tsa "Tottenhem" uning o'rniga Sofyan Ambrabatni tarkibiga qo'shib olishi mumkin [Fabritsio Romano]

"Yuventus" Makkenini "Tottenhem"ga sotishni istamadi. Allegri transferga qarshi ekanini ma'lum qilgan [Romeo Agresti]

Fati shifokorlar maslahatiga quloq solmadi va operatsiyadan bosh tortdi. U 6-8 hafta ichida safga qaytishi aytilmoqda. Agar operatsiya amalga oshganda Ansuning maydonga qaytishi 4-6 oyga cho'zilishi mumkin edi

"Kristal Pelas" van de Bekni ijaraga olish borasida "MYU"ga taklif yubordi [Fabritsio Romano]

"Tottenhem" Adama Traoreni 20 mln funt evaziga sotib oladi [Sky Sports]

"Nyukasl" Alli, Leno, Aydara, Remzi va Milenkovichga qiziqmoqda [Daily Mail]

"Fiorentina" Vlahovich o'rniga "Bazel" to'purari Kabralni sotib oladi [Fabritsio Romano]

"Inter" yanvarda "Atalanta" himoyachisi Gozensni sotib olishga urinib ko'radi. Bergamoliklar himoyachisini qishda sotmoqchi emas va bu borada "Nyukasl" taklifiga ham rad javobini berdi [Fabritsio Romano]

Joriy mavsum Abrahamning "Roma" safidagi gollari soni 17taga yetdi. Lukaku gollari 8tani tashkil etmoqda

Navas Donnaruma bilan raqobati haqida: "Raqobat - yaxshi, ammo u hammaga ham yoqavermaydi. Ikkimiz ham doim maydonda bo'lishni istaymiz"

"Liverpul" va "Man.Siti" PSV to'purari Gakpo bilan muzokara o'tkazmoqda [Voetbal International]

Yaya Ture, Drogba, Salah, Obameyang, Adebayor BBC talqiniga ko'ra APL tarixidagi eng yaxshi afrikalik futbolchi sovrini uchun da'vogarlar ro'yxatidan joy olishdi [BBC]

Benzema jarohati bois "Atletik" bilan bo'ladigan bahsni o'tkazib yuborishi mumkin [Aranch Rodriges]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan
6.6K views17:49
Ochish/sharhlash