Get Mystery Box with random crypto!

TOMCHI

Telegram kanalining logotibi tomchikanali — TOMCHI T
Telegram kanalining logotibi tomchikanali — TOMCHI
Kanal manzili: @tomchikanali
Toifalar: Hayvonlar , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.87K
Kanalning ta’rifi

TOMCHI - Сув тежашда ёрдамчи.
Савол ва таклифлар бўйича мутахассислар билан алоқа: @tomchiguruhi
“TOMCHI” мобил иловасини ўрнатиб олиш: https://nwrmp.uz/link.html

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-30 07:59:58
670 views04:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:01:53 Topinambur – “yer noki”

“Topinambur” nomi braziliyalik hindularning “tupinamba” deb nomlangan qabilasi nomlanishi bilan bog‘liq. O‘simlikning vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, u yerda yovvoyi tarzda o‘sadi.

Bu murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik ildizmevali o‘simlik.
Mamlakatimiz hududida XX asrning o‘rtalarida topinambur yovvoyi hayvonlarni boqish uchun ov xo‘jaliklarida, shahar bog‘lari va dam olish joylarida esa manzarali o‘simlik sifatida ekila boshlandi. Yaqin vaqtgacha bu o‘simlik deyarli har bir uy tomorqasida ekilardi. Sovuqqa chidamli va parvarishlash oddiy bo‘lgan chiroyli sariq gullari bor. Lekin uning nafaqat mazali, balki foydali bo‘lgan tugunaklari qimmatbaho sanaladi.

O‘simlik shiraliligi uchun “yer noki” deb ham yuritiladi. O‘zbekiston bozorlarida o‘simlikning ildiz mevalari kuzda paydo bo‘ladi. Topinambur vitaminlar, kletchatka, inulin, pektin va fruktoza, shuningdek, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, fosfor, sink va kremniyning mineral tuzlariga boy.

Tugunakida mavjud bo‘lgan inulin qonda shakar miqdorini me’yorlashtiradi, oshqozon osti beziga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Jigarni himoya qiladi va safro chiqishini kuchaytiradi. Jigar va o‘t pufagida tosh va qum hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.
Ozishga yordam beradi. Buning sababi, ildiz mevalari uglevod va yog’ almashinuvini normallashtirishga, qonda xolesterin darajasini pasaytirishga olib keladi.

Davomi ertaga

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali

–Саволлар: @tomchiguruhi

– "TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html
766 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 14:01:53
665 views11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:59:59 Лавлагининг фомоз касаллиги

Замбуруғ уруғбарг, барг, поя ва уруғлар доғланиши, илдиз ва илдизмевалар чиришини қўзғатади. Баргларда сарғиш-қўнғир ёки оч-қўнғир, диаметри 0,2 см дан 2,5 см гача келадиган, концентрик доиралар шаклидаги некротик доғлар, уларнинг устида, доғларнинг тўқимаси ичида, оддий кўзга кўринадиган қора нуқталар – замбуруғнинг пикнидалари пайдо бўлади, барг қурийди, айниқса, иссиқ об-ҳавода, тезлашади.

Касаллик омборхоналарда катта хавф туғдиради; сақланаётган илдизмеваларда олдин қўнғир, сўнгра қораядиган доғлар пайдо бўлади; улар чирийди, чириган тўқималар қуруқ ва қаттиқ бўлиб, сўнгра иккиламчи микроорганизмлар (жумладан юмшоқ чириш бактериялари) билан зарарлана ди ва тўқималар илвираб кетади.

Профилактика: омборхоналарга қўйиш учун кечки_экин ҳосилини саралаш ва соғлом лавлагиларни танлаб олиш; йиғилган ҳосилни далада уюмларда узоқ сақламасдан, иложи борича тез совитиш ва омборхонага жойлаш, ҳосили узоқ муддат давомида сақлашга мўлжалланган экин даласида ҳосилни йиғиб олишдан 2-3 ҳафта
олдин суғоришни тўхтатиш. Лавлагини сақлашга қўйишдан 15-20 кун олдин омборхона деворлари ва шифтини (10 л сувга 1,5-2 кг оҳак ва 100 г мис сульфат эритмаси билан) оқлаш, хоналарини олдинги маҳсулот қолдиқлари ва бошқа чиқиндилардан тозалаш, хлорли оҳак (10 л сувга 400 г “хлорка”) ёки бошқа бирор фунгицид билан дезинфекциялаш ва яхши қуритиш; сабзини кўмиш учун фақат тоза, зарарланмаган қум ишлатиш; омборхоналарда тавсия қилинган ҳарорат ва нисбий намликни (0-2oC ва 80-95%) таъминлаш лозим.


Каналга уланиш: @tomchikanali

–Саволлар: @tomchiguruhi


– "TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html
730 views08:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 11:59:59
687 views08:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:59:46 O‘ZBEKISTONDA LIMON: Yetishtirish uchun sharoitlar

O‘zbekistonning iqlim sharoitida limonni faqat issiqxonalarda yetishtirish, unga sun’iy qulay muhit yaratish mumkin. Limon oktyabrda, ba’zi turlari esa dekabr-yanvarda meva bera boshlaydi. Limonning sovuqqa chidamliligi past, ya’ni 2-2,5 °C. Uning mevalari -3-4 °C da muzlab qoladi, daraxtning barglari va yosh shoxlari -6-7 °C haroratda muzlaydi va o‘simlik -8-9 °C haroratda boshdan oyoq muzlashi mumkin.

Mevalarning o‘sishi va shakllanishida tuproqning holati katta ahamiyatga ega. Loyqa, strukturasi soz va juda sho‘rlangan tuproqlar limonga mos kelmaydi. U o‘rtacha qumli tuproqqa, muntazam sug‘orishga va yaxshi havo o‘tkazuvchanligiga muhtoj, bu esa tuproqni ozuqa moddalari bilan boyitishga xizmat qiladi. Issiqxonada limonni parvarishlash qimmat bo‘lishiga qaramay, sun’iy muhitda hosil yuqori bo‘ladi.

Shunday qilib, xandaqlarda o‘stirganda, bir butadan 200-250 ta meva olinadi, issiqxonada esa 400-500 tagacha limon terib olish mumkin. Barqaror hosil olish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biri o‘sish sharoitlarini muayyan bir nav talablariga moslashtirishdir. Nav sinovlari va ishlab chiqarish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, “Meyer”, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” va “Villi Frank” limon navlari urug‘likdan issiqxonalarda yetishtirishga yaroqli. O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmida, shimoliy hududlarda esa aprel oyining birinchi yarmida sitrus ko‘chatlarini ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Limon ko‘chatlarini issiqxona tuprog‘iga ko‘chirib o‘tkazish uchun uni yaxshilab tekislash va 50-60 sm chuqurlikda qazish kerak, har bir gektar yerga 60-80 tonna chirigan go‘ng, 600 kg superfosfor va 150 kg kaliyli o‘g‘itlar qo‘llaniladi.

Sitrus ko‘chatlari sog‘lom va yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Tuproqqa ko‘chirishdan 10-12 kun oldin, issiqxona to‘liq namlanmaguncha sug‘orilishi kerak. Kuzda ekish uchun limon ko‘chati ildizga yopishgan tuproq bilan birga ko‘chirilishi kerak, aks holda ko‘chatning bir qismi qurib qolishi mumkin. Ko‘chirib o‘tkazish paytida butani va shikastlangan ildizlarni qalinlashtiradigan ortiqcha novdalarni kesib tashlash kerak. Ko‘chatlar birinchi yilda bir-biridan 1 m oraliqda ketma-ket ekilishi va bir yildan keyin barcha ortiqcha ko‘chatlar qazib olinishi zarur. Limon terisi sarg‘aygan yoki meva diametri taxminan 5-6 sm bo‘lgan paytdan kechiktirmay yig‘ib olinishi kerak. Quruq kunlarda meva terishning hojati yo‘q. Issiq kunlarda terilgan mevalar tezda chirishi mumkin. Limonlarni qutida tashishda mevalar o‘z shaklini yo‘qotmasligi uchun kuchli silkitmaslik darkor.

Manba:

Каналга уланиш: @tomchikanali
714 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 09:59:46
677 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:05:17 Экинларни СПРИНКЛЕР тизимида суғориш хақида агромаслахатлар.

Манба:

Каналга уланиш: @tomchikanali

Саволлар: @tomchiguruhi

"TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html
296 views05:05
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:59:59 Лавлагининг қўнғир чириш касаллиги

Илдизмева дум томонидан чирийди. Чириган тўқималар устида қўнғир, қалин, жунга ўхшаш моғор қатлами ривожланади. Барг бандлари ҳам чириши мумкин. Касаллик ўчоқлари даланинг паст жойларида, экин ортиқча суғорилганда ва айниқса, лавлаги кўп экиладиган далаларда пайдо бўлади.

Профилактикаси: лавлаги уруғларини экишдан 20-25 кун олдин 2,5% Максим-4 мл/кг, 31,2% Селес Топ-6 мл/кг, 50% дорилаб экиш тавсия этилади

Лавлагининг омборхоналарда чириш касаллиги илдизмеваларни сақлаш давридаги энг хавфли касаллиги энг кўп учрайдиганлари Botrytis cinerea (илдизмеваларда кулранг моғор қатлами пайдо қилади), Fusarium spp. (пуштироқ-оқ моғор), Rhizopus spp. (оч-кулранг моғор), камроқ учрайдиганлари – Phoma betae, сапротроф моғорлар Penicillium spp., Aspergillus spp. ва бошқалар ҳисобланади.

Илдизмевалар чириши далада, машиналарида ташиш пайтида ва омборхоналарда ривожланади. Уларнинг тўқималари юмшайди, чирийди (қуруқ ва ҳўл чириш кузатилади), ҳар хил тусли мицелий билан қопланади.
Кучли зарарланган илдизмевалар овқатга ёки қандолатга ишлатишга яроқсиз бўлади.

Қўзғатувчиларнинг кўпчилиги омборхоналарга илдизмевалар устидаги тупроқ заррачалари, ўсимлик қолдиқлари ва ҳоказолар билан киради.

Каналга уланиш: @tomchikanali

–Саволлар: @tomchiguruhi


– "TOMCHI" - ни ўрнатиш: https://nwrmp.uz/link.html
807 views10:59
Ochish/sharhlash
2022-08-28 13:59:59
661 views10:59
Ochish/sharhlash