Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari O
Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari
Kanal manzili: @tilbilimdonlari
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.48K
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: barchani o'zbek tilida xatosiz yozishga undash.
👨‍💻 Kanal asoschisi va loyiha muallifi: @Izzatkhoja
Umumiy natijalarni koʻrish: https://bilimdonlar.technify.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2021-12-04 10:51:34 #diqqat_tanlov
Vatanim madhiyasini kuylayman!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati « toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinganining 29-yilligi munosabati bilan «Vatanim madhiyasini kuylayman!» shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

Tanlovda ishtirok etishi uchun internetdagi ochiq manbalarda eʼlon qilingan tegishli videolavhalarning linklari va ishtirokchi jamoa haqidagi maʼlumotlarni 2021-yil 8-dekabrgacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining oyina.uz portali murojaatlar boʻlimiga yuborish talab etiladi. Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 boʻlishi kerak. Talabga javob bermaydigan ishlar hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Har bir nominatsiya boʻyicha 1, 2, 3-oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
-oʻrin – televizor;
-oʻrin – noutbuk;
-oʻrin – planshet.
Hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan qoʻshimcha ragʻbatlantirish mukofotlari belgilanishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari shu yil 9-dekabr kuni Markazning oyina.uz portali orqali rasman eʼlon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar doʻstligi» maydonida oʻtkaziladigan tadbir jarayonida, hududlarda yashovchi gʻoliblarni taqdirlash esa Markazning tegishli boʻlim yoki boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!
15.3K viewsedited  07:51
Ochish/sharhlash
2021-12-02 16:42:42 Respublikamizning barcha talaba-yoshlari diqqatiga!

Dekabr oyining 18-19-kunlari, Xorazm viloyati Xiva shahrida "Lider yoshlar forumi" bo'lib o'tadi.

Forum ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:
Top spikerlardan master-klass, treninglar;
Xiva shahri bo'ylab, ochiq osmon ostidagi sayohat;
"Leader youth party" shou;
3 yulduzli mehmonxonadan 2 kunlik joy;
Beyjik, ruchka, sumka, bloknot;
Breyn-ring intellektual bellashuvlari "iLEADER" kubogi;
Kofe-break;
Barcha ishtirokchilarga QR kodli sertifikat.

Forum quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:
Liderlik qonuniyatlari va self-menejment – 20 nafar;
Oratorlik va auditoriya bilan ishlash – 20 nafar;
Suni'iy intellekt – 20 nafar;
Boshqaruv san'ati va team building – 20 nafar;
Lider psixologiyasi – 20 nafar

Asosiy tashkilotchi "Lider yoshlar" oilasi:
O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi;
"Media and project management group" loyihalar boshqaruv markazi;
O'zbekiston "Yoshlar ittifoqi" Xorazm viloyat kengashi;
Zakovat intellektual klubi Xorazm viloyati filiali.

Ro'yxatdan o'tish 10-dekabrgacha davom etadi. Forumga 100 kishi qabul qilinadi. Joylar to'lib qolmasidan o'z o'rningizni band qilishga ulguring. Ro'yxatdan o'tish uchun @leaderyouthforum profiliga "ILEADER" so'zini yuboring!
Ma'lumot uchun: +998907269697; +998997563939

P. S.: Forumga men ham boraman, birgalikda Xiva shahriga sayohat qilamiz. Bu forumdan ko'p narsa olasiz, siz uchun yaxshigina tajriba bo'ladi. Men bilan boradiganlar bormi?
Izzatxo'ja Asomiddinov
10.5K views13:42
Ochish/sharhlash
2021-12-01 16:15:49 Sinonimlar (ma'nodosh so'zlar) lug'ati

O'zini juda yuqori tutadigan inson maʼnosini ifodalovchi sinonim so'zlar (birikmalar) lug'ati:
takabbur, kibrli, kibr-havoli, dimog'dor, dimog'i baland, kalondimog', mag'rur, manman, kekkaygan, gerdaygan.

Butun tafsiloti bilan, har jihatini hisobga olib degan ma'nolarni anglatuvchi sinonim so'zlar lug'ati:
batafsil, atroflicha, har tomonlama, har taraflama, to'la, to'liq, to'laqonli, to'la-to'kis, mufassal, mukammal.
...

Hurmatli bilimdonlar, sinonim so'zlar lug'atini davom ettiring!

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!
11.5K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2021-11-30 20:22:10 Keling, xotirani birga rivojlantiramiz!

O'zbek tilida ko'p yangi so'zlar qo'shimcha qo'shish yordamida yasaladi. Masalan: ish–ishchan, tez–tezkor.

Bugun -dosh qo'shimchasi yordamida yasalgan so'zlarga misollarni birgalikda topamiz.

qarindosh;
emikdosh;
millatdosh;
qondosh;
kasbdosh
sinfdosh;
...


Hurmatli bilimdonlar, ro'yxatni Siz davom ettiring!

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!
12.9K views17:22
Ochish/sharhlash
2021-11-26 17:15:54 Alloh nasib qilsa, tez kunlarda xalqimiz uchun manfaatli loyihalar, ko'rsatuvlar boshlash arafasidamiz va bu maqsad yo'lida sizlarni jamoamizga taklif qilamiz.
Batafsil ma'lumotni eshitish

Izzatxo'ja Asomiddinov
17.2K views14:15
Ochish/sharhlash
2021-11-26 14:14:29 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 2021-yil 16-24-noyabr kunlari "Til bilimdonlari" tanlovi 2-mavsumi tashkil etildi!

Tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Tanlovning 1-bosqichida 40000 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. 2-bosqichga referal orqali 216 ishtirokchi va 21-noyabr kungi test natijasiga ko'ra 30 ta testdan 28 ta va undan ko'p to'g'ri javob topgan 143 ishtirokchi yo'llanmaga ega bo'lishdi. Jami 359 nafar ishtirokchi.

Tanlovning 2-3-bosqichlarida 60 tadan test berildi. Final bosqichida 50 nafar ishtirokchi qatnashdi va eng qisqa vaqt ichida eng ko'p savolga javob bergan ishtirokchilar tanlov g'olibi bo'ldi.
Tanlov g'oliblari ro'yxati

Tanlovning umumiy natijalari bo'yicha g'oliblar:
1) Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna
2) To'rayeva Gulhayo Shukrullayevna
3) To‘rayeva Iroda Shukrullo qizi

Talaba-yoshlar orasida tanlov g'oliblari Toshkent shahrida, dekabr oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan tantanali taqdirlash marosimiga taklif qilinadi va quyidagicha taqdirlanadi:
-o'rin: Junaydullayeva Mushtariy Avazbek qizi, ToshDO'TAU talabasi — I darajali diplom hamda 2 million so'm pul mukofoti;
-o'rin: Abdusharipova Mahliyo Xusnuddin qizi, ToshDO'TAU talabasi — II darajali diplom hamda 1,5 million so'm pul mukofoti;
-o'rin: Raimov Akbar Rashid o'g'li, JizDPI talabasi — III darajali diplom hamda 1 million so'm pul mukofoti.

Tanlovning final bosqichida ishtirok etgan qatnashchilar "Faol ishtirok etganligi uchun" hamda 50 tadan ortiq referal yig'ganlar "Faol targ'ibotchi" nominatsiyasi g'olibligi uchun tashkilotchilar tomonidan QR kodli elektron sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Sertifikatlarni yuklab olish

Tanlov tashkilotchilari:
1) Munojat Saydullayeva (savollar muallifi);
2) Maxliyo Xolmirzayeva (savollar muallifi);
3) Mirafzal Ozodov (media mutaxassis);
4) Izzatxo'ja Asomiddinov (g'oya muallifi, bosh tashkilotchi).

Kanalimizni kuzatishda davom eting, nasib qilsa hali oldinda ko'plab tanlovlar, loyihalar tashkil qilishni reja qilganmiz.

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!
22.1K viewsedited  11:14
Ochish/sharhlash
2021-11-24 20:03:00
Final bosqichi testini ishlab bilimingizni sinab ko'ring!

Bugun "Til bilimdonlari" tanlovi final bosqichi o'z yakuniga yetdi. Sizlar ham final bosqichidagi savollarga javob berib, o'z bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin! Testda yozilgan vaqtlarni e'tiborga olmaysiz.
2-bosqich ishtirokchilari

Tanlov g'oliblari ertaga e'lon qilinadi. Finalchilar va 50 tadan ortiq referal yig'gan ishtirokchilarga sertifikatlar juma kuni elektron tarzda yuboriladi.
15.4K views17:03
Ochish/sharhlash
2021-11-24 10:07:02
Pashshami yo chivinmi yoxud shevamni bilamanmi o'zi?

Bilasizmi, shevalar tilda xilma-xillik, tushunarsizlik paydo bo‘lishiga ham ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shadi. Bir joyda bir ma’noni anglatgan so‘z o‘zga bir hudud shevasida tamoman boshqa ma’noni bildirishi mumkin. Bir so‘zning shevalarda boshqa ma’noda ishlatilishi odamlarning adabiy tildan foydalanishiga ham ta’sir etishi mumkin.

Pashsha va chivin: farqi nimada?
Pashsha
yozda juda ko‘payib ketadigan, turli suyuq organik moddalar bilan oziqlanadigan qo‘sh parda qanotli hasharot.
Chivin ikki qanotli, uzun mo‘ylovli qon so‘ruvchi mayda hasharot.

Kommentlarda yana shunga o'xshash tushunmovchilikka sabab bo'ladigan va shevaga oid o'ziga xos so'zlarni yozib qoldiring.

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!
15.1K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2021-11-24 09:45:16
Telegram asoschisi Pavel Durov aka harajatlarni qoplash maqsadida Telegramda homiylik reklamalarni joriy qilgan edi. Kanalimizda ham Telegramning rasmiy reklamasi chiqib qolayotgan ekan (rasmda "sponsored" deb yozilgan). Bunga bizning umuman aloqamiz yo'q va bu reklamalardan bizga bir tiyin ham berilmaydi!

Bizning kanalga reklama joylash masalalarida @hamkoradmin bilan bog'lanishingiz mumkin.

Bizning kanalimizda o'quv markazlari; video va audio kurslar; repetitorlik xizmati; kitoblar va qo'llanmalar; konsalting xizmatlari va shu kabi talabalarga oid reklamalar joylanishi mumkin.
12.6K viewsedited  06:45
Ochish/sharhlash
2021-11-22 21:04:09
2-bosqich testini ishlab bilimingizni sinab ko'ring!

Bugun 21:15 da "Til bilimdonlari" 2-mavsum 2-bosqichi bo'lib o'tdi. Testda jami 250 ishtirokchi qatnashdi va 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldi.
2-bosqich ishtirokchilari natijalari

Siz ham "Testni yechish" tugmachasini bosib, o'z bilimingizni sinab ko'ring. Testda yozilgan vaqtlarni e'tiborga olmaysiz.
17.3K viewsedited  18:04
Ochish/sharhlash