Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari O
Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari
Kanal manzili: @tilbilimdonlari
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.48K
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: barchani o'zbek tilida xatosiz yozishga undash.
👨‍💻 Kanal asoschisi va loyiha muallifi: @Izzatkhoja
Umumiy natijalarni koʻrish: https://bilimdonlar.technify.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2021-10-15 20:31:02 Xayrli kech hurmatli ishtirokchilar!

Mana tanlovimiz ham oxirlab bormoqda. Ertaga tanlovning so'nggi kuni. Xudodan qo'rqmasdan, shuncha gap-so'zlarimizga qaramay haligacha halol ishtirok etmayotgan ishtirokchilar uchrab turibdi va ularni chetlatmoqdamiz. Alloh qodir qilganicha tanlovni adolatli o'tkazishga harakat qilmoqdamiz!

Ertaga tanlovning so'nggi kuni va shartlarda biroz o'zgartirish qilinadi:
6 ta savol 13:00 da beriladi va 13:30 da o'chiriladi;
so'nggi 6 ta savol 19:00 da beriladi va 19:30 da o'chiriladi;
20:00 da tanlovdagi barcha 300 ta savollar kanaldan o'chirib yuboriladi.

Siz yuqoridagi vaqt ichida savollarga javob berishga ulgurishingiz kerak.
18-oktabr kuni tanlovdagi barcha savollar javoblari bilan e'lon qilinadi.

Yana bir yangilik! Tanlovni 2-mavsumi ham sizni uzoq kuttirmaydi, yangi formatda, yangi nizomda prezidentlik saylovi o'tgach 2-mavsumga ham start beramiz. Tanlovning 2-mavsum nizomini sizlar bilan birgalikda boshlashdan oldin muhokama qilamiz.

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!
17.2K viewsedited  17:31
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:46 252-savol
Quyidagilar soʻzlardan nechtasi imlo qoidalariga muvofiq holda yozilgan emas?
avgorlik, adashganamo, bosar-tutar, boy oʻgʻli, boybichcha, buterburod, boʻlar-boʻlmas, dilga yoqar

@tilbilimdonlari
7.9K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:43 251-savol
Quyida berilgan matnda imlo qoidalariga amal qilinmagan holda yozilgan so'zlar soni nechta?

Hafta ortasida havo harorati asta sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyinig o‘rtalari uchun bo‘lgan meyoriy qiymatlarga yetadi. Kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlar 20-23 daraja issiq atrofida, janubda 25 daraja issiqgacha boladi.

@tilbilimdonlari
7.7K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:41 250-savol
Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan soʼz uchraydi?
A) O‘zbekistondagi ommabop va yetakchi sayt o‘zining 10 yilligi oldidan barcha tadbirkorlarni yanada faollikka chorlaydi.
B) Bu yil 74 yoshni qarshilagan ota shu yoshda ham otni 18 yoshli yigitlardan kam minmaydi.
C) Ishchilarni patent olish va emlanish xarajatlari qurilish kompaniyalari tomonidan qoplanadi.
D) Bugungi koʻrik-tanlovda qatnashish uchun litseydan uchta oʻquvchi tavsiya etilgan.

@tilbilimdonlari
4.0K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:38 249-savol
Qaysi javobdagi barcha soʻzlar imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan?

@tilbilimdonlari
3.4K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:35 248-savol
Noto'g'ri fikr berilgan qatorni aniqlang.
1. Ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko'chirilmaydi.
2. Ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko'chiriladi.
3. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko'chiriladi.
4. Ko'p bo'g'inli so'zning oldingi satrga sig'may qolgan qismi keyingi satrga bo'g'inlab ko'chiriladi.

@tilbilimdonlari
3.1K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:32 247-savol
Noto'g'ri fikr berilgan qatorni aniqlang.
1. Undosh bilan tugagan barcha fe'llarga -uv qo'shiladi.
2. Undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe'lga -uq qo'shilmaydi.
3. Takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo'shib yoziladi.
4. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo'shma otlar qo'shib yoziladi
.

@tilbilimdonlari
3.1K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:30 246-savol
Quyidagi juftliklarning qaysi birida xatolik mavjud?

@tilbilimdonlari
3.2K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:27 245-savol
Belgining ortiq darajasini bildiruvchi so'zlar qaysi qatorda imlo qoidalariga muvofiq holda to'g'ri yozilgan?

@tilbilimdonlari
3.3K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2021-10-12 13:24:25 244-savol
O‘zbekiston yo‘llarida fojeali yo‘l-transport hodisalari oshib bormoqda. Haydovchilarni xudbinligi va beparvoligi ortidan minglab insonlar xalok bo‘lmoqda, yana minglab odamlar butun umrga majruh bo‘lib qolmoqda.

Keltirilgan gapda imlo qoidalariga nomuvofiq yozilgan so'zlar qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?

@tilbilimdonlari
3.6K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash