Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari O
Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari
Kanal manzili: @tilbilimdonlari
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.48K
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: barchani o'zbek tilida xatosiz yozishga undash.
👨‍💻 Kanal asoschisi va loyiha muallifi: @Izzatkhoja
Umumiy natijalarni koʻrish: https://bilimdonlar.technify.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-01-06 19:08:34
Qadrli talaba birodar va birodarkalar, prosta miyani ishlatib iPhone 13 Pro telefonini qoʻlga kiritish mumkin!

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi Abdulaziz Nazirov talaba-yoshlar uchun onlayn olimpiadalar haftaligini eʼlon qildi. 7 kun davom etadigan bu olimpiadalarda barcha ishtirok etishi, faqat yutuqni talaba-yoshlargina qoʻlga kiritishi mumkin.

7 kun davom etadigan onlayn olimpiada quyidagi yoʻnalishlarda boʻladi va har bir kun gʻolibi ayfon bilan mukofotlanadi.

7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika)
8-yanvar – oʻzbek tili va adabiyoti
9-yanvar – Oʻzbekiston va jahon tarixi
10-yanvar – ingliz tili
11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya
12-yanvar – IT bilimdoni
13-yanvar – dunyo xaritasi

Olimpiada @jonlitestbot botida boʻlib oʻtadi, ishtirok etish tekin. Faqat hozir roʻyxatdan oʻtib qoʻyish kerak. Batafsil maʼlumot manetta: https://t.me/AANazirov/176

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
2.6K views16:08
Ochish/sharhlash
2022-01-06 11:34:59 #rasman #tezkor
Qishki taʼtil 24-yanvarga qadar davom etadi!

Oliy taʼlim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu sababli 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmi oliy
va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishqi taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

Qishki taʼtil davrini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi.

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
4.6K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-01-06 07:53:16 Bilamizki, hozirgi kunda so'zlashuvimizda ko'p ruscha so'zlar ishlatiladi. Bu ruscha yoki boshqa tillardan kirib kelgan so'zlar ona tilimizga shu qadar singib ketyapti-ki, undan voz kechishimiz qiyin bo'lib qolgan.

Masalan, 99 foiz odam do'konga kirsa, biror narsa sotib olsa, qaytim pulingizni oling demaydi, zdachi deb gapiradilar. Bir e'tibor qiling, bunaqa holatlar hayotda rosa ko'p uchraydi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
4.1K views04:53
Ochish/sharhlash
2022-01-02 19:51:03 #diqqat_tanlov Kitob o'qing — kitob yuting! 2021-yilning eng bestselleri deya ustoz Akrom Malikning "Halqa" asarlari e'tirof etildi. Asarni yuklab olish Siz ushbu asarni mutolaa qildingizmi? Asar davomida o'zingizni qiziqtirgan savollar bormi? Bu…
2.0K viewsedited  16:51
Ochish/sharhlash
2022-01-01 12:08:31 #diqqat_tanlov
Kitob o'qing — kitob yuting!

2021-yilning eng bestselleri deya ustoz Akrom Malikning "Halqa" asarlari e'tirof etildi.
Asarni yuklab olish

Siz ushbu asarni mutolaa qildingizmi?
Asar davomida o'zingizni qiziqtirgan savollar bormi?
Bu savollarga muallifning o'zidan javob olmoqchimisiz?


Unda sizni 2022-yilning 2-yanvar kuni 20:00da "Halqa" asari muallifi Akrom Malik bilan kitobxonlar guruhidagi suhbatga taklif qilamiz!
Guruhga qoʻshilish: https://t.me/+r5XHRNIQoxZhMGUy

Mazkur guruhda bir kitob tanlanadi va birga oʻqib muhokama qilinadi. Eng faollar esa kitob bilan taqdirlanadi! Navbatdagi tanlangan asar, ya'ni Akrom Malikning "Halqa" asari boʻyicha test 2-yanvar kuni 19:00 da bo'lib o'tadi.
2.5K views09:08
Ochish/sharhlash
2021-12-28 18:09:03 Kitobxon talabalar guruhimizda "Kim topqir" loyihasi bo'lib o'tmoqda!

Ishtirok etish uchun guruhimizga qo'shiling:
https://t.me/+r5XHRNIQoxZhMGUy
2.5K views15:09
Ochish/sharhlash
2021-12-28 07:38:55
So'z erkinligi haqida ajoyib animatsion rolik

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
4.6K views04:38
Ochish/sharhlash
2021-12-24 18:35:46
“Til bilimdonlari” onlayn intellektual o‘yini tanlovi g'oliblari "Talabalar festivali – 2021" tantanali taqdirlash marosimida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravishda 2 million, 1,5 million va 1 million pul mukofotlari bilan taqdirlandilar:

Junaydullayeva Mushtariy, ToshDO‘TAU
Abdusharipova Mahliyo, ToshDO‘TAU
Raimov Akbar, JDPI

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
3.1K views15:35
Ochish/sharhlash
2021-12-24 15:41:33
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 24-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar festivali – 2021” taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Taqdirlash marosimida yil davomida Respublika miqyosida o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlov g‘oliblari tantanali taqdirlandi. Marosimga O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan talaba-yoshlar va ustozlar tashrif buyurishdi. G‘oliblar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
3.5K viewsedited  12:41
Ochish/sharhlash
2021-12-21 17:57:19 "Talabalar teatr studiyalari" festivalining o'tgan yilgi finalida o'zim boshlovchi bo'lgandim. Juda zo'r bo'ladi, kelishni tavsiya qilaman, o'zim ham boraman Xudo xohlasa, lekin bu safar tomoshabin sifatida!

Nima deb o'ylaysiz, bu yilgi g'oliblik kimga nasib etar ekan?
4.1K views14:57
Ochish/sharhlash