Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan 2021-yil 16-24-noyabr kunlari "Til bilimdonlari" tanlovi 2-mavsumi tashkil etildi!

Tanlov 3 bosqichda tashkil etildi. Tanlovning 1-bosqichida 40000 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. 2-bosqichga referal orqali 216 ishtirokchi va 21-noyabr kungi test natijasiga ko'ra 30 ta testdan 28 ta va undan ko'p to'g'ri javob topgan 143 ishtirokchi yo'llanmaga ega bo'lishdi. Jami 359 nafar ishtirokchi.

Tanlovning 2-3-bosqichlarida 60 tadan test berildi. Final bosqichida 50 nafar ishtirokchi qatnashdi va eng qisqa vaqt ichida eng ko'p savolga javob bergan ishtirokchilar tanlov g'olibi bo'ldi.
Tanlov g'oliblari ro'yxati

Tanlovning umumiy natijalari bo'yicha g'oliblar:
1) Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna
2) To'rayeva Gulhayo Shukrullayevna
3) To‘rayeva Iroda Shukrullo qizi

Talaba-yoshlar orasida tanlov g'oliblari Toshkent shahrida, dekabr oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan tantanali taqdirlash marosimiga taklif qilinadi va quyidagicha taqdirlanadi:
-o'rin: Junaydullayeva Mushtariy Avazbek qizi, ToshDO'TAU talabasi — I darajali diplom hamda 2 million so'm pul mukofoti;
-o'rin: Abdusharipova Mahliyo Xusnuddin qizi, ToshDO'TAU talabasi — II darajali diplom hamda 1,5 million so'm pul mukofoti;
-o'rin: Raimov Akbar Rashid o'g'li, JizDPI talabasi — III darajali diplom hamda 1 million so'm pul mukofoti.

Tanlovning final bosqichida ishtirok etgan qatnashchilar "Faol ishtirok etganligi uchun" hamda 50 tadan ortiq referal yig'ganlar "Faol targ'ibotchi" nominatsiyasi g'olibligi uchun tashkilotchilar tomonidan QR kodli elektron sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Sertifikatlarni yuklab olish

Tanlov tashkilotchilari:
1) Munojat Saydullayeva (savollar muallifi);
2) Maxliyo Xolmirzayeva (savollar muallifi);
3) Mirafzal Ozodov (media mutaxassis);
4) Izzatxo'ja Asomiddinov (g'oya muallifi, bosh tashkilotchi).

Kanalimizni kuzatishda davom eting, nasib qilsa hali oldinda ko'plab tanlovlar, loyihalar tashkil qilishni reja qilganmiz.

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!