Get Mystery Box with random crypto!

#diqqat_tanlov Vatanim madhiyasini kuylayman! Respublika M | Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

#diqqat_tanlov
Vatanim madhiyasini kuylayman!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati « toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilinganining 29-yilligi munosabati bilan «Vatanim madhiyasini kuylayman!» shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh»;
«Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi».

Tanlovda ishtirok etishi uchun internetdagi ochiq manbalarda eʼlon qilingan tegishli videolavhalarning linklari va ishtirokchi jamoa haqidagi maʼlumotlarni 2021-yil 8-dekabrgacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining oyina.uz portali murojaatlar boʻlimiga yuborish talab etiladi. Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 boʻlishi kerak. Talabga javob bermaydigan ishlar hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.

Har bir nominatsiya boʻyicha 1, 2, 3-oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
-oʻrin – televizor;
-oʻrin – noutbuk;
-oʻrin – planshet.
Hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan qoʻshimcha ragʻbatlantirish mukofotlari belgilanishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari shu yil 9-dekabr kuni Markazning oyina.uz portali orqali rasman eʼlon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi «Xalqlar doʻstligi» maydonida oʻtkaziladigan tadbir jarayonida, hududlarda yashovchi gʻoliblarni taqdirlash esa Markazning tegishli boʻlim yoki boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz!