Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbek tili | Til bilimdonlari

Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari O
Telegram kanalining logotibi tilbilimdonlari — Oʻzbek tili | Til bilimdonlari
Kanal manzili: @tilbilimdonlari
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.48K
Kanalning ta’rifi

Maqsadimiz: barchani o'zbek tilida xatosiz yozishga undash.
👨‍💻 Kanal asoschisi va loyiha muallifi: @Izzatkhoja
Umumiy natijalarni koʻrish: https://bilimdonlar.technify.uz

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-01-16 12:28:05
O‘tgan kunlarda mehmonga:
- Har doim siz uchun eshigimiz ochiq, qachon xohlasangiz tashrif buyuring, marhabo! -, derdik.
Bu kunlarda esa:
- Kelishingizdan oldin ogohlantirib qo‘ysangiz bo‘lmasmidi! -, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Hovli olma, qo‘shni ol! -, derdik.
Bu kunlarda esa:
- Sen menga tegma, men senga tegmayman!-, demoqdamiz…

O‘tgan kunlarda qarindoshlarni:
- Yelkadoshlar! -, deyilardi…
Bu kunlarda esa:
- Qarindoshlar qorindosh -, deyilmoqda…

O‘tgan kunlarda kun - kunora yig‘ilishimiz bo‘lar, oramizda yo‘qlarni so‘rab-surishtirardik…
Bu kunlarda ta’ziyalardagina ko‘rishmoqdamiz…

O‘tgan kunlarda:
- Men bugun nima yaxshilik qildim?! -, deb o‘zimizni taftish qilardik…
Bu kunlarda esa:
- Hech kim yaxshilik qilmayapti?! - deya o‘zgalarni titkilamoqdamiz

O‘tgan kunlarda dushman kimligini yaxshi bilardik...
Bu kunlarda esa do‘st kim ekanini ham bilmay qoldik...

Dunyo o‘zgargani yo‘q, aslida…
Balki qalblar o‘zgarib ketdi…
Manba

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!
3.3K views09:28
Ochish/sharhlash
2022-01-15 18:21:19 #Dunyo_statistikasi
2020-yil oktabr oyi holatiga ko'ra, eng ko'p so'zlashuvchilarga ega bo'lgan tillar reytingi:

1. Xitoy tili - 1,6 mlrd so'zlashuvchi;
2. Ingliz tili - 560 mln so'zlashuvchi;
3. Hind tili - 500 mln so'zlashuvchi;
4. Ispan tili - 490 mln so'zlashuvchi;
5. Arab tili - 280 mln so'zlashuvchi;
6. Rus tili - 280 mln so'zlashuvchi;
7. Portugal tili - 135 mln so'zlashuvchi;
8. Yapon tili - 120 mln so'zlashuvchi;
9. Nemis tili - 100 mln so'zlashuvchi;
10. Fransuz tili - 70 mln so'zlashuvchi.
...
O'zbek tili - 50 millionga yaqin so'zlashuvchi

@tilbilimdonlari — O'zbek tilida xatosiz yozamiz!
2.6K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-01-15 17:00:52
IELTSga online tayyorgarlik koʻrish mumkinmi?

- Ha, agar toʻgʻri material va qattiq intizom boʻlsa.
- Ularni qayerdan topish mumkin?
- @ProductiveEdu online kurslaridan!

Bu platformada IELTSdan 8 va 7,5 olgan ustozlardan taʼlim olishingiz mumkin!

-Qaysi darajadan kirsam boʻladi?
-Oʻzingizga mos istalgan darajadan. Yaʼni

IELTS
Pre IELTS
Foundation


darajalari uchun online kurslarga yozilishingiz mumkin!

-Bu kurslar qachon boshlanadi?
Kelayotgan yakshanbadan, yaʼni 16-yanvardan.
2.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-01-13 20:35:27
Bilim | qisqa metrajli film

Bizning kichik yutuqlarimiz ota-onamiz uchun qanday baxt! Ota - onangizning sizni katta qilguncha shuncha qilgan mehnatlari, siznining kichik bir yutuq (deylik maqtov yorligʻi) bilan yuvilib ketadi.

Ilohim katta katta yutuqlarga erishib, ularning roziligini topish barchamizga nasib qilsin.

Izzatxoʻja Asomiddinov
1.4K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-01-10 17:38:00
Kitobxon talaba-yoshlar uchun tashkil etgan loyihalarimiz davom etmoqda!

Telegramdagi @kitob_muhokamasi guruhida tashkil etilgan onlayn kitobxonlik loyihalarida dekabr oyi bo'yicha faol ishtirok etgan va g'olib bo'lgan ishtirokchilarni va'da berganimizdek kitoblar bilan taqdirlaymiz. Qo'shimchasiga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan diplom va sertifikatlar ham taqdim etamiz. Viloyatdagi ishtirokchilar g'olib bo'lsa, ularga sovg'alarni Fargo orqali viloyatlariga yetkazib beramiz.

Buning uchun esa guruhimizga qo'shilib, birgalikda kitob o'qib, tanlovlarimizda faol ishtirok etib, g'olib bo'lishingiz kerak!
G'oya muallifi: Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun 20:00da yanvar oyidagi 2-tanlangan kitob Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asari bo'yicha test va muhokama bo'lib o'tadi.

Kitobxonlar guruhiga qo'shiling:
https://t.me/+r5XHRNIQoxZhMGUy
2.0K views14:38
Ochish/sharhlash
2022-01-09 18:01:01
Kitob o’qishning eng qiziqarli faktlari:

Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o’qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz. F.Voltaire
Madaniyat – o’qigan kitoblarning soni emas, balki tushunganlarning sonidir. Fazil Iskander
Kitob o’qigan odamlar doimo televizorni tomosha qilganlarni nazorat qiladilar. F.Janlis
Qancha ko’p o’qisangiz, shuncha kamroq taqlid qilasiz. Jules Renard
Odamlar ikki toifaga bo’linadi: kitob o’qigan va o’qiganlarni tinglaydiganlar. Werber Bernard
Tomchilar yig’ilib ko’l bo’lgani kabi, o’qish orqali bilim daryosi hosil bo’ladi. V. Dahl
Tana uchun mashq kerak bo’lgandek, ong uchun o’qish kerak. Jozef Addison
O’tgan 90 kun davomida kitoblarga tegmaslikdan ko’ra, faqat bitta yomon narsa bor; oxirgi 90 kun o’qishga teginmaslik va hech narsa sodir bo’lmagan deb o’ylash. Jim Rohn

Shu kunlarda qaysi kitobni o'qiyapsiz?

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
2.8K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-01-09 17:00:22
IELTSga online tayyorgarlik koʻrish mumkinmi?

- Ha, agar toʻgʻri material va qattiq intizom boʻlsa.
- Ularni qayerdan topish mumkin?
- @ProductiveEdu online kurslaridan!

Bu platformada IELTSdan 8 va 7,5 olgan ustozlardan taʼlim olishingiz mumkin!

-Qaysi darajadan kirsam boʻladi?
-Oʻzingizga mos istalgan darajadan. Yaʼni

IELTS
Pre IELTS
Foundation


darajalari uchun online kurslarga yozilishingiz mumkin!

-Bu kurslar qachon boshlanadi?
Kelayotgan seshanbadan, yaʼni 11-yanvardan.
2.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-01-09 13:43:24 Tezkor xabar: Oʻzbekistonda Omicron shtammi aniqlandi

Maʼlum boʻlishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

Shu sababli yurtimizda ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
4.4K views10:43
Ochish/sharhlash
2022-01-09 08:00:26 Maktablarda qishki ta’til 24-yanvargacha uzaytirildi

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qishki ta’til kunlarini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirdi.

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
6.2K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2022-01-08 20:16:28
#diqqat_tanlov
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi Respublika OTM talabalari uchun ilmiy-ommabop maqolalar tanlovini e’lon qilamiz!

Tanlovda quyidagi yo’nalishlarda ishtirok etishingiz mumkin:
1-yo'nalish: Yuksak ma'naviyatli avlod -Uchinchi Renessans bunyodkorlari;
2-yo'nalish: Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik o'zbek xalqining yuksak qadriyatidir;
3-yo'nalish: Yangi O'zbekiston ma'rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o'rni;
4-yo'nalish: Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari.

Tanlov g'oliblari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplom va sertifikatlar hamda quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o'rin — 8.000.000 so'm
2-o'rin — 5.000.000 so'm
3-o'rin — 3.000.000 so'm

Tanlov uchun maqolangizni @manaviyat_edu_tanlov
manziliga yuboring.
Tanlov nizomi | Batafsil

@tilbilimdonlari – Oʻzbek tilida xatosiz yozamiz
5.4K viewsedited  17:16
Ochish/sharhlash