Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 80

2022-09-26 09:23:18
DIQQAT E'LON!

Termiz davlat universitetining 14 ta fakultet professor-o‘qituvchilari uchun voleybol sport turi bo‘yicha O‘qituvchi-murabbiylar kuniga bag‘ishlab erkaklar va ayollar o'rtasida “Rektor kubogi” birinchiligi musobaqalari o’tkaziladi.

Musobaqa joriy yilning 26 - 27 sentabr kunlari ayollar, 28-29 sentabr kunlari esa erkak professor-o‘qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tadi.

G’oliblar oliygoh kasaba uyushmasi tomonidan 1-2-3-darajali diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok eting va g’oliblar qatorida bo’ling!

Manzil: Termiz davlat universiteti 1-sport zali.

Vaqti: 14:00

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.0K views06:23
Ochish/sharhlash
2022-09-26 08:43:44
#TerDU
#navbatdagi_yutuq

Samarqand viloyatida yengil atletika sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda TerDU Sport faoliyati va boshqaruv fakultetining Soatov Muhammadqodir to‘siqlar osha yugurish turi bo‘yicha 3000 metr va Xolliyeva Xurshidabonu g‘ovlar osha yugurish turi bo‘yicha 100 metr masofani bosib o‘tib faxrli 1-o‘rinni, Allanazarov Aliakbar esa 800 metrga yugurib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Termiz davlat universiteti jamoasi talabamizning navbatdagi yutug‘i bilan muborakbod etadi hamda kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
944 views05:43
Ochish/sharhlash
2022-09-26 07:43:16
26 sentyabr - Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

Tinchlik-xotirjamlik, farovon va osuda hayotni ta’minlash har bir davrda, har bir davlat uchun eng muhim vazifa bo‘lib kelgan. O‘tmishda ham, bugungi kunda ham davlatning qudratli bo‘lishida, uning mustaqilligi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda maxsus xizmatlarning hissasi beqiyos bo‘lgan.

Haqiqat shuki – Vatan himoyasi oson yumush emas.

Zero, bu sharafli yo‘lda DXX xodimlari mustahkam qalqon bo‘lishga tayyordirlar!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.9K viewsedited  04:43
Ochish/sharhlash
2022-09-25 12:59:48 ​​#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2-bosqich magistratura talabalari tomonidan bu yilgi oʻquv jarayoni uchun amalga oshiriladigan toʻlov shartnoma pullari borasida tushunmovchiliklarga asoslangan xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi holatni quyidagicha izohlaydi.

Prezidentimizning 2021-yil 22-iyundagi PQ–5157-son va 2022-yil 15-iyundagi PQ–279-son qarorlarida davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinganlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanishi koʻrsatilgan.

Ularga koʻra, magistratura (klinik ordinatura)ga oʻtgan oʻquv yilida qoʻshimcha qabul qilingan talabalar belgilangan toʻlov-kontrakt summasini shartnomaga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida ham shu miqdorda toʻlashlari lozim.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda mazkur tartibdagi toʻlov miqdori notoʻgʻri, yaʼni oshirilgan yoki tabaqalashtirilgan (super) kontrakt sifatida undirilayotgani talqin qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu toʻlov miqdori oshirilgan yoki super kontrakt hisoblanmaydi.

Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan talabalar va ularning yaqinlaridan toʻlovlar borasida savol tugʻilganda rasmiy manbalarga tayanishlari, asossiz xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
960 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-09-25 06:36:27

3.5K views03:36
Ochish/sharhlash
2022-09-24 14:34:03
Diqqat, e’lon!

Sportning shaxmat turi bo’yicha o’zini sinab ko’rish istagida bo’lgan professor-o’qtuvchilar hamda ishchi-xodimlar diqqatiga!

1-oktabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan shaxmat musobaqasi o’tkazilishini e’lon qilamiz.

Musobaqa joriy yilning 26-27-sentabr kunlari viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida bo’lib o’tadi.

G’oliblar oliygoh kasaba uyushmasi tomonidan 1-2-3-darajali diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok eting va g’oliblar qatorida bo’ling!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K viewsedited  11:34
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:28:32
“Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi” qonun yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish hamda ularning isteʼdodini qo‘llab quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Ushbu qonunga asoslangan holda bolajonlarni ilmiy, intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida bugun Termiz davlat universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamkorligida mental arifmetika bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu chempionatda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ko‘rsatishdi.

Ochiq chempionatda ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda yuqori o‘rinlarni egallagan bolajonlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.4K views10:28
Ochish/sharhlash
2022-09-24 12:54:32 Muvaffaqiyatli insonlarning o‘ziga xos 20 ta xislati:

1. Boshqalar qila olmagan ishni, ular yo‘lini qidirishadi shunchaki qo‘l siltab ketishmaydi;
2. Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblashadi;
3. Ular aniq o‘ylangan rejalarni qabul qilishadi;
4. Boshqalar omadni kutib o‘tirsa, ular omadni o‘zlari qidirishadi;
5. Boshqalar kabi ularda ham qo‘rquv bor. Lekin qo‘rquv ularni boshqarishiga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular qo‘rquvni shunchaki xavotirlanish deb hisoblashadi;
6. Ular shunday savollar beradiki, javobi insonni chuqur o‘ylashga majbur qiladi;
7. Ular arz qilmaydi – arz qilish ortiqcha kuch sarflash deb hisoblashadi;
8. Ular boshqalarga ayb yuklashmaydi. Aksincha barcha qilgan harakatlari va ularning natijalari uchun to‘liq ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishadi;
9. Ularda g‘ayritabiy talant bo‘lmasligi mumkin, lekin ular har doim muommoni hal etish uchun maksimal yechim topa oladilar. Ular o‘zlaridan ko‘proq narsani talab etishadi;
10. Ular juda band, samarali va punktual insonlardir. Qayerda bo‘lmasin ular atrofdagilarning o‘zlarini xuddi ishlayotgandek tutib vaqt o‘tkazishayotganini muhokama qilmasdan, chin dildan berilib ishlashadi;
11. Ular o‘z maqsadlariga yetishishda atrofiga eng samarali ta’sir ko‘rsatadigan bir fikrli insonlarni yig‘ishadi;
12. Ular o‘zlariga "nega endi men emas" degan savolni berishadi. Bu esa oqim bo‘yicha suzmaslikga yordam beradi;
13. Boshqalar o‘z hayotini chetdan kuzatayotgan bir paytda, ular hayotlarini qanday bo‘lishini aniq tasavvur qila oladilar va shunday bo‘lishiga harakat qiladilar;
14. Ular taqlid qilmaydilar, balki o‘z yo‘llarini kashf qiladilar;
15. Ular o‘z ishlarini ortga surmaydilar, bundan ko‘rinadiki, ular hayotda biror narsani kutib yashashmaydi;
16. Ular butun umr o‘rganishda charchamaydilar. Har qanday hayotiy tajriba ular uchun darsdir;
17. Ular optimist odamlar, shu sababli har narsani foydali tomonini ko‘ra olishadi;
18. Ular o‘zlarini qanday his qilishlaridan qat’i nazar, qilishlari kerak bo‘lgan ishni qiladilar;
19. Ular moliyaviy, hissiy, kasbiy va ruhiy tomonlardan tavakkal qilishdan qo‘rqishmaydi;
20. Ular muammolardan qochishmaydi, aksincha ularga tik qarashadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.3K viewsedited  09:54
Ochish/sharhlash
2022-09-24 09:19:40
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida nogironligi bo'lgan talabalari o'rtasida "Eng yaxshi talaba" tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan, nogironligi bo‘lgan (1-va 2-guruh) talabalari ishtirok etishi mumkin. Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratiladi.

Tanlov nizomi bilan tanishing.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.8K views06:19
Ochish/sharhlash
2022-09-24 08:20:53
Сурхондарёда 46 нафар ҳоким ёрдамчиси талабаликка қабул қилинди

Термиз давлат университетида олий маълумотга эга бўлмаган маҳаллада тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича туман, шаҳар ҳокими ёрдамчилари суҳбат шаклида сиртдан давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинди.

https://uza.uz/posts/410469

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
963 views05:20
Ochish/sharhlash