Get Mystery Box with random crypto!

“Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi” qon | TerDU rasmiy kanali

“Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi” qonun yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish hamda ularning isteʼdodini qo‘llab quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Ushbu qonunga asoslangan holda bolajonlarni ilmiy, intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida bugun Termiz davlat universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi hamkorligida mental arifmetika bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu chempionatda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ko‘rsatishdi.

Ochiq chempionatda ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda yuqori o‘rinlarni egallagan bolajonlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt