Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 77

2022-09-29 21:06:20
#TerDU
#ustozga_ehtirom

Termiz davlat universitetining professor-o’qituvchilari uchun tashkil etilgan bayram dasturidan fotolavhalar

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.9K views18:06
Ochish/sharhlash
2022-09-29 14:57:31
Sizga ta'zim aziz ustozlar!

O‘qituvchi – mash’ala. U o‘zi yonib, o‘zgalar yo‘lini yoritishga umrini bag‘ishlagan fidoyi insondir. Muallim – sabr-matonat, mehr-muhabbat va ezgulik ramzidir.

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at va O’zbek filologiyasi fakultetida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida oliygoh talabalari tomonidan go’zal she’r va kuy-qo’shiqlar, qizqarli sahna ko’rinishlari ijro etildi.

Bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.3K views11:57
Ochish/sharhlash
2022-09-29 14:45:05
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 27-yanvardagi 03-51/511-sonli xatiga asosan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish” maqsadida bir guruh professor-o’qituvchilari Belorussiya Milliy Fanlar Akademiyasi ilmiy kadrlar tayyorlash institutiga ilmiy safarga yuborilgan edi.

Batafsil ushbu havola orqali o‘qing.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.7K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-09-29 14:40:43
DIQQAT, E'LON!

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti SIRTQI ta’lim shakli talabalari diqqatiga!

2022/2023-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun kredit ta'lim tizimiga kirish va o‘qish jarayonlari
2022 yilning 3-oktabr kunidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

2022-yil oktabr oyida 1-kurs sirtqi Iqtisodiyot, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Buxgalteriya hisobi va audit, Turizm ta'lim yo'nalishi talabalari tahsil olishadi.

Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.8K views11:40
Ochish/sharhlash
2022-09-29 11:21:14
O‘quv adabiyoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot resurs markazi filial kutubxonasida Fizika-matematika fakulteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ismoil Allakovning hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti professori A.X.Nishonovning o‘quv adabiyotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Taqdimotda ustozlar adabiyotlari, undan o’rin olgan mavzularning mazmuni hamda faoliyat yo’llari haqida talaba-yoshlarga so’zlab berishdi.

So’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.8K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:08:09
PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

TerDU Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi katta o’qituvchisi Qurbonaliyeva Maxfirat Sa’dullayevnani Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashning Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asari va uning adabiy ahamiyati” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli himoya qilinganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Maxfirat Sa’dullayevnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
663 views06:08
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:04:11
PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

TerDU Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi katta o’qituvchisi Mukumova Dilafruz Ziyodullayevnani Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 raqamli Ilmiy kengashning Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va adabiyoti) ixtisosligi bo‘yicha “Kamol Xujandiyning XV-XVI asrlar Movarounnahr g‘azalnavis shoirlariga ta’siri” (Samarqand va Buxoro muhiti misolida) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli himoya qilinganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Dilafruz Ziyodullayevnani ushbu yutug’i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo’lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
874 views06:04
Ochish/sharhlash
2022-09-29 07:30:26 #qutlov

TerDU o'qituvchisi yuksak unvon bilan taqdirlandi.

Har yili an’anaviy tarzda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanadi. Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tomonidan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Termiz davlat universitetining O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Annayev Tuxtash Jurayevich “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-29 06:43:16 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetiga 46 nafar hokim yordamchilarining sirtqi ta’lim shakliga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan Termiz davlat universiteti quyidagilarni ma’lum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–31-son qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilarini davlat oliy taʼlim muassasalarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga koʻra davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish amaliyotini joriy etish belgilangan.

Qarorga muvofiq ishlab chiqilib tasdiqlangan Davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi bo‘yicha muvaqqat nizom talablari asosida 17 nafar universitet mas’ullaridan iborat suhbat komissiyasi tuzildi.

Komissiya tomonidan belgilangan talablar asosida Surxondaryo viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirib, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida samarali mehnat qilayotgan hokim yordamchilaridan imtihon (suhbat) o‘tkazildi.

Suhbat jarayoni to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib o‘tdi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati, belgilangan bakavariat ta’lim yo‘nalishini tanlashdan asosiy maqsad, ta’lim yo‘nalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari, ta’lim yo‘nalishi sohasida bilim va kasbiy ko‘niklamalarining mavjudligi bo‘yicha 100 ballik tizimda baholandi.

Suhbat jarayonlaridan muvofaqqiyatli o‘tgan 46 nafar hokim yordamchilari Iqtisodiyot va turizm fakultetiga davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views03:43
Ochish/sharhlash
2022-09-28 22:07:49
Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони


https://uza.uz/uz/posts/411530

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
831 views19:07
Ochish/sharhlash