Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.25K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 82

2022-09-08 09:02:49
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 27-yanvardagi 03-51/511-sonli xatiga asosan TerDUning professor-o‘qituvchilari yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborildi.

TerDU Rus tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi U. Kamalov Yakuba Kolasa nomidagi tilshunoslik institutida, Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, dotsent Sh.Kasimov Milliy Fanlar Akademiyasining Organik va fizikaviy kimyo institutida, Zoologiya kafedrasi dotsenti Sh.Abdulazizova va 2-kurs tayanch doktoranti S.Allayarov Milliy Fanlar Akademiyasining Markaziy Botanika bog‘ida, Botanika kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Begmatov Milliy Fanlar Akademiyasining Markaziy Botanika bog‘ida stajirovka o‘tashmoqda.

Yosh olimlarimiz 2022 yilning 1-oktabr kuniga qadar ilmiy safarda bo‘lishadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
3.7K views06:02
Ochish/sharhlash
2022-09-08 08:24:26 To‘ldirish...

birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2—5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi, faqat abituriyent to‘plagan ball 1-ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balidan past bo‘lganda.

Misol uchun, abituriyent 143 ball to‘plagan. Bunda:

birinchi ta’lim yo‘nalishida to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish ball (kontraktning oxiri) 143 dan yuqori bo‘lsa, super kontrakt asosida o‘qishiga ruxsat beriladi;

lekin o‘tish bali (kontraktning oxiri) 143 yoki undan past bo‘lsa, super kontraktga ruxsat berilmaydi va u o‘zi tavsiya etilgan ta’lim yo‘nalishida o‘qishi mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
3.2K views05:24
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:52:40
Hurmatli obunachilar!

Yuqorida universitetimiz tomonidan Open budjet loyihasiga ilgari surilgan taklifga qay tartibda ovoz berilishini ko‘rsatib o‘tilgan.

Aziz talabalar! Ovozlar sonini ko‘paytiraylik. Bu taklifni tasdiqlanishi uchun ikkita bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdik. Navbatdagi bosqich faqat bizning ovozimizga bog‘liq. Ushbu avtobus barcha talabalarimizning qator loyiha va tadbirlariga xizmat qiladi!

Hurmatli talabalar ushbu tashabbusni qo’llab quvvatlashingizni hamda faol ishtirok etishingizni so’raymiz. Biz birlashib katta kuchmiz!

Ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin

https://openbudget.uz/boards/undefined/164258/

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
2.4K views14:52
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:45:19
TerDU rektori magistratura bosqichi talabalariga navbatdagi maʼruza mashgʻulotini oʻtdi

https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
2.7K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:01:12
Super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
2.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-07 15:42:27
#TerDU | #tanlov_gʻoliblari

Termiz davlat universitetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bagʻishlab "Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!" mavzusida onlayn insho, rasm, she’r va qo‘shiqlar (o‘z muallifligidagi audio formatda) tanlovi e’lon qilingan edi.

Mas’ul ishchi guruhning yakuniy xulosasiga koʻra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:

G‘oliblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishing.

Eslatib oʻtamiz tanlov g'oliblari Termiz davlat universiteti tomonidan I, II, III darajali diplom va har bir yo‘nalish bo‘yicha quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin uchun 1 000.000 soʻm;
2-oʻrin uchun 800.000 soʻm;
3-oʻrin uchun 600.000 soʻm.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
3.0K viewsedited  12:42
Ochish/sharhlash
2022-09-07 14:31:18 Talaba yoshlarni birlashtirgan loyiha



3.9K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-09-07 13:48:32
TerDU rektori magistratura bosqichi talabalariga navbatdagi maʼruza mashgʻulotini oʻtdi

Bugun Termiz davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Maraximov Avazjon Raximovich Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalari uchun “Mustaqillik darsi” hamda “Sunʼiy intellektning matematik asoslari” fanidan qiziqarli dars mashg‘ulotini olib bordi.

Universitetning 2-kurs magistr talabalari uchun "Sun’iy intellelktning asosiy tushunchalari va ta’riflari" mavzusida maʼruza qildi. Intellekt nima, intellektual masalalar, sun’iy intellekt tushunchasi, sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari yuzasidan fikrlar bildirilib, talabalarga tegishli vazifalar berildi.

https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
3.4K views10:48
Ochish/sharhlash
2022-09-07 13:22:08
#TerDU | #TTJ

TerDUda talabalarni yotoqxonaga joylashtirish ishlari davom etmoqda

Termiz davlat universiteti talabalarining TTJga joylashishi uchun yengillik va qulaylik yaratish maqsadida imtiyoz va imkoniyatlar yaratildi.

Oliygohda TTJga joylashish uchun maxsus http://ttj.tersu.uz/ platformasi orqali onlayn ariza topshirish yo‘lga qo‘yildi. TTJ uchun bir oylik to‘lov miqdori 135 ming so‘m etib belgilandi.

YouTube orqali ko'rish (HD FORMATDA)

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
3.2K views10:22
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:33:04
Yangi oʻquv yili boshlanishi bilan poytaxtimizda talabalarni turar-joy bilan taʼminlash dolzarbligi yanada ortadi. Shuni hisobga olib, Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi “Studentning boshpanasi” loyihasini boshladi. Bu xususda kengash raisi Furqat Mahmudxoʻjayev murojaat bilan chiqdi.

Mavzu boʻyicha taklif va tavsiyalaringizni havola orqali yuborishingiz mumkin.

#JamoatchilikKengashi

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
3.6K views08:33
Ochish/sharhlash