Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT E'LON! Termiz davlat universitetining 14 ta fakultet | TerDU rasmiy kanali

DIQQAT E'LON!

Termiz davlat universitetining 14 ta fakultet professor-o‘qituvchilari uchun voleybol sport turi bo‘yicha O‘qituvchi-murabbiylar kuniga bag‘ishlab erkaklar va ayollar o'rtasida “Rektor kubogi” birinchiligi musobaqalari o’tkaziladi.

Musobaqa joriy yilning 26 - 27 sentabr kunlari ayollar, 28-29 sentabr kunlari esa erkak professor-o‘qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tadi.

G’oliblar oliygoh kasaba uyushmasi tomonidan 1-2-3-darajali diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok eting va g’oliblar qatorida bo’ling!

Manzil: Termiz davlat universiteti 1-sport zali.

Vaqti: 14:00

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt