Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyatli insonlarning o‘ziga xos 20 ta xislati: 1. Bosh | TerDU rasmiy kanali

Muvaffaqiyatli insonlarning o‘ziga xos 20 ta xislati:

1. Boshqalar qila olmagan ishni, ular yo‘lini qidirishadi shunchaki qo‘l siltab ketishmaydi;
2. Boshqalar omadsizlik deb bilgan narsalarni, ular hayot saboqlari deb hisoblashadi;
3. Ular aniq o‘ylangan rejalarni qabul qilishadi;
4. Boshqalar omadni kutib o‘tirsa, ular omadni o‘zlari qidirishadi;
5. Boshqalar kabi ularda ham qo‘rquv bor. Lekin qo‘rquv ularni boshqarishiga yo‘l qo‘yishmaydi. Ular qo‘rquvni shunchaki xavotirlanish deb hisoblashadi;
6. Ular shunday savollar beradiki, javobi insonni chuqur o‘ylashga majbur qiladi;
7. Ular arz qilmaydi – arz qilish ortiqcha kuch sarflash deb hisoblashadi;
8. Ular boshqalarga ayb yuklashmaydi. Aksincha barcha qilgan harakatlari va ularning natijalari uchun to‘liq ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishadi;
9. Ularda g‘ayritabiy talant bo‘lmasligi mumkin, lekin ular har doim muommoni hal etish uchun maksimal yechim topa oladilar. Ular o‘zlaridan ko‘proq narsani talab etishadi;
10. Ular juda band, samarali va punktual insonlardir. Qayerda bo‘lmasin ular atrofdagilarning o‘zlarini xuddi ishlayotgandek tutib vaqt o‘tkazishayotganini muhokama qilmasdan, chin dildan berilib ishlashadi;
11. Ular o‘z maqsadlariga yetishishda atrofiga eng samarali ta’sir ko‘rsatadigan bir fikrli insonlarni yig‘ishadi;
12. Ular o‘zlariga "nega endi men emas" degan savolni berishadi. Bu esa oqim bo‘yicha suzmaslikga yordam beradi;
13. Boshqalar o‘z hayotini chetdan kuzatayotgan bir paytda, ular hayotlarini qanday bo‘lishini aniq tasavvur qila oladilar va shunday bo‘lishiga harakat qiladilar;
14. Ular taqlid qilmaydilar, balki o‘z yo‘llarini kashf qiladilar;
15. Ular o‘z ishlarini ortga surmaydilar, bundan ko‘rinadiki, ular hayotda biror narsani kutib yashashmaydi;
16. Ular butun umr o‘rganishda charchamaydilar. Har qanday hayotiy tajriba ular uchun darsdir;
17. Ular optimist odamlar, shu sababli har narsani foydali tomonini ko‘ra olishadi;
18. Ular o‘zlarini qanday his qilishlaridan qat’i nazar, qilishlari kerak bo‘lgan ishni qiladilar;
19. Ular moliyaviy, hissiy, kasbiy va ruhiy tomonlardan tavakkal qilishdan qo‘rqishmaydi;
20. Ular muammolardan qochishmaydi, aksincha ularga tik qarashadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt