Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 76

2022-09-30 15:14:57
#TerDU
#english_master_class

Til bilish bugungi kuning eng muhim talablaridan biri.

Chet tillariga qiziquvchi yoshlar uchun Termiz davlat universitetida ilk bor ingliz tilida mahoratli, tajribali expertlar tomonidan "English Master-Class" tashkil etildi.

Master klassda ko‘p yillik tajribaga ega expert, ELITES akademiyasi rahbari D.Ismatov hamda Prezident davlat stipendiyasi sohibi A.Esanov talaba-yoshlar bilan "Qanday qilib grant yutib, chet elda o'qish sirlari" haqida suhbatlashib IELTS haqidagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo’lishdi.

Tadbir so‘ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda tashkilotchilar va spikerlar maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida, rektor buyrug'iga asosida bu kabi ingliz tilidagi master klass darslari har oy oliygohda o’tkazilishi belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.9K views12:14
Ochish/sharhlash
2022-09-30 10:53:21
#ustozga_ehtirom

Aziz ustozlarimiz uchun maxsus tabrik!

YouTube orqali ko'rish (HD FORMATDA)

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1.5K views07:53
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:33:46

2.5K views06:33
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:26:20
TerDU: Universitet Kengashining navbatdagi yig'ilishi tafsiloti

Batafsil ushbu havola orqali o‘qing.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:33:52
#ustozga_ehtirom

Aziz ustozlarimiz uchun maxsus tabrik!

YouTube orqali ko'rish (HD FORMATDA)

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:31:11 DIQQAT!

2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI rasman tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.2K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-30 08:31:00 Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2022-2023-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2022-yil 3-8-oktabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smenada 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.1K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-09-30 07:19:54
#Rektor_tabrigi

Bayramingiz muborak hurmatli hamkasblar, aziz ustozlar!

https://t.me/TerDU_Rektori_A_Maraximov
3.0K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:59:40
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2.4K views03:59
Ochish/sharhlash
2022-09-30 06:34:32
DIQQAT, EʼLON!

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetining Informatika o'qitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi sirtqi ta’lim shakli 4-kurs (qo'shni davlat) talabalari diqqatiga!

4-kurs (qo'shni davlat) S-IO'M-119, S-IO'M-219, S-IO'M-319, S-IO'M-419, S-IO'M-519, S-IO'M-619, S-IO'M-719, S-IO'M-819, S-IO'M-919, S-IO'M-1019, S-IO'M-1119 va S-IO'M-1219 - guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq oʻquv jarayoni, hamda oraliq va yakuniy nazoratlar (3.10.2022 y. – 29.10.2022 y.) muddatda universitetda an’anaviy shaklda amalga oshiriladi.

Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.7K views03:34
Ochish/sharhlash