Get Mystery Box with random crypto!

Sizga ta'zim aziz ustozlar! O‘qituvchi – mash’ala. U o‘zi yo | TerDU rasmiy kanali

Sizga ta'zim aziz ustozlar!

O‘qituvchi – mash’ala. U o‘zi yonib, o‘zgalar yo‘lini yoritishga umrini bag‘ishlagan fidoyi insondir. Muallim – sabr-matonat, mehr-muhabbat va ezgulik ramzidir.

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at va O’zbek filologiyasi fakultetida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Unda fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar hamda talabalari ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida oliygoh talabalari tomonidan go’zal she’r va kuy-qo’shiqlar, qizqarli sahna ko’rinishlari ijro etildi.

Bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt