Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 75

2022-10-03 07:13:40
#TerDU #tabrik

Tug‘ilgan kuningiz bilan!

Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti dekani Absamatov Anvar Ergashevichni tavallud topgan kuni bilan tabriklaymiz!

Hurmatli Anvar Ergashevich!

Sizga muvaffaqiyatli va samarali ish, kuch va sog'liq, baxt va farovonlik tilaymiz! Oilangiz, eng aziz va eng yaqin insonlaringiz baxtiga omon bo‘ling!

Faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.3K views04:13
Ochish/sharhlash
2022-10-02 15:18:53
Махсус репортаж | Ўқитувчи ва мураббийларга эҳтиром
#2oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
2.9K views12:18
Ochish/sharhlash
2022-10-01 19:19:03
#ustozga_ehtirom

Aziz ustozlar bayramingiz muborak boʻlsin !

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.5K views16:19
Ochish/sharhlash
2022-10-01 17:06:53 USTOZ

Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk degan buyuk qoida
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.

Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

https://t.me/terdu340
5.2K views14:06
Ochish/sharhlash
2022-10-01 16:49:18 FAOL VA IQTIDORLI TALABA YOSHLAR UCHUN HOKIM STIPENDIYASI UCHUN TANLOVINING 2-MAVSUM 2-BOSQICHI BOSHLANDI!

Hurmatli talabalar!

2022-yilning 2-mavsum 2-bosqich oʻquv yili uchun viloyat hokimi stipendiyasiga  talabgor talabalar uchun tanlovga quyidagi hujjatlarni oliy taʼlim muassasangizdagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlarga taqdim qilishingiz soʻraladi. 

Maʼlumot uchun: aʼlo baholarga oʻqigan; ilmiy ishlarini mavjudligi (maqola, tezis, darslik, monografiya); MDH mamlakatlari davlat tillaridan tashqari biror chet tilini bilishi.

Quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

1.  Maʼlumotnoma (obyektivka) ;
2.  Pasport nusxasi;
3.  Reyting daftarchasi nusxasi tasdiqlangan variant;
4.  Tavsiyanoma (fakultet va kafedra);
5.  Ilmiy rahbar xulosa;
6.  Ilmiy ishlar roʻyxati;
7.  Maqolalar, tezislar nusxasi va annotatsiyasi bilan;
8.  Erishgan yutuqlar guvohnomalari;
9.  IELTS yoki CEFR guvohnomalari nusxasi, oʻquv-markazda qancha yoshni tayyorlashi (mavjud boʻlsa); foto albomlari
10.  Shaxsiy varaqa;
11.Tarjimaiy hol;
12. 8 ta 3,5x4,5 va 2 ta 10x15 rasm.

Barcha hujjatlar fayl papkaga joylangan holda taqdim etiladi.
Muqovada viloyat hokimi stipendiyasiga talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi,  fakulteti, kursi hamda guruhi koʻrsatiladi.

Hujjatlarni taqdim etish muddati: 3-oktabrdan 8-oktabrgacha

https://t.me/terdu340
6.1K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2022-10-01 10:32:38

4.8K views07:32
Ochish/sharhlash
2022-10-01 07:24:36
DIQQAT EʼLON!

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti 2-3-kurs sirtqi taʼlim shakli Jismoniy madaniyat taʼlim yoʻnalishining talabalari diqqatiga!

2022 yilning 3-oktabr sanasi soat 16:00 dan 2-kurs Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi, 121 - 221 - 321 - 421 – 521 - guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq 4 haftalik dars mashgʻulotlari va 1 hafta oraliq, joriy hamda yakuniy nazoratlar boshlanadi.

2022 yilning 3-oktabr sanasi soat 16:00 dan 2-kurs Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi, 120 - 220 - 320 - 420 - 520 - 620 - 720 - 820 - 920 -1020 - guruhlariga oʻquv rejaga muvofiq 4 haftalik dars mashgʻulotlari va 1 hafta oraliq, joriy hamda yakuniy nazoratlar boshlanadi.

Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.1K views04:24
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:24:15
DIQQAT, EʼLON!

Ijtimoiy fanlar fakultetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari diqqatiga!

4-kurs – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish sirtqi   
(Qo’shni davlat) ta’lim yo’nalishi 119-219-319-419-519-619- 719-819-919-1019-1119-1219-1319-1419-1519-guruh talabalariga 2022/2023 o'quv yilining kuzgi semestri 2022-yil 3-oktabrdan 29-oktabrgacha dars mashg'ulotlari an'anaviy shaklda bo’lib o’tishini  ma'lum qilamiz.

Barcha talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtirok etishlari soʻraladi!

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.0K views03:24
Ochish/sharhlash
2022-09-30 18:05:31
Yoshlarni katta hayotga tayyorlash ularga oila muqaddasligini, shuningdek, talaba qizlar o‘rtasida odob-axloq kabi masallarini tushuntirish maqsadida TerDU Axborot texnologiyalar fakultetida davra suhbati tashkil etildi.

Unda TerDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi D.Hamzayeva, Surxondaryo viloyati “Buvijonim maktabi” raisi R.To‘lakova, Surxondaryo viloyat “Oila va xotin qizlar” boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari D. Normurodova, Surxondaryo viloyati Dinniy ishlar bo‘yicha Xotin qizlar masalalari o‘rinbosari H.Qosimova, "Huraydo" jurnali bosh muharriri, shoir, publitsist N.Ergashev shuningdek, buvijonim maktabi aʼzolari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida bugungi kunda xotin-qizlarni jamiyatda tutayotgan o‘rni, ularni oilada, taʼlim muassasalarida o‘zini tutishi, xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar hamda imkoniyatlar haqida aytib o‘tildi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5.3K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-09-30 15:27:52
Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz.

1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” shu munosabati bilan Termiz davlat universitetida oliygoh ishchi xodimlari uchun osh tayyorlanib, tarqatildi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.9K views12:27
Ochish/sharhlash