Get Mystery Box with random crypto!

O‘quv adabiyoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi Termiz davlat univer | TerDU rasmiy kanali

O‘quv adabiyoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Axborot resurs markazi filial kutubxonasida Fizika-matematika fakulteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ismoil Allakovning hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti professori A.X.Nishonovning o‘quv adabiyotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Taqdimotda ustozlar adabiyotlari, undan o’rin olgan mavzularning mazmuni hamda faoliyat yo’llari haqida talaba-yoshlarga so’zlab berishdi.

So’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt