Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 16

2023-04-01 07:56:24
Туризм салоҳиятини оширишга қаратилган янги лойиҳалар тақдимоти билан танишилди

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.9K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:03:02
Xorijlik professor TerDUda dars bermoqda!

Endilikda Termiz davlat universiteti bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli OTMlari bilan manfaatli hamkorliklarni yoʻlga qoʻymoqda. Undan koʻzlangan asosiy maqsad — malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish va jahon standartlariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislar yetishtirishga erishish imkoniyati kengaymoqda.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Kimyo fakulteti Organik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Lukashev Nikolay Vadimovich universitetimizning Kimyo fakulteti talabalariga “Organik kimyo” fanidan dars bermoqda. Mashgʻulotlar eng soʻnggi dars metodlari asosida oʻtilib, sohadagi yangiliklar, yutuq va oʻzgarishlar haqida talabalarga maʼlumotlar berilmoqda.

Eng muhimi talabalar nazariy bilim va tajribasini amaliyotda ham qoʻllashmoqda. Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmi, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadbiq qilish haqida batafsil tushunchalar bermoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.9K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:58:59
#Mirzo_Ulugbek_vorislari

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida TerDuning 24 nafar talabasi g‘olib bo‘ldi

Batafsil ushbu havolada

24 студента ТерГУ стали победителями Республиканского конкурса «Наследники Мирзо Улугбека»

Подробнее по этой ссылке

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.2K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:31:22
#ittifoq_fest

Talabalar oqshomi

Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan 2-TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun "TALABALAR OQSHOMI" konsert dasturi tashkillashtirildi.

Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgan ushbu kechada ajoyib kuy-qo‘shiqlar yangradi va barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.1K views07:31
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:40:55
#referendum_2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi muhokamada

Termiz davlat universiteti Milliy libos va sanʼat fakulteti Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi hamda Rangtasvir: dastgohli taʼlim yoʻnalishlari talabalari ham yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha targʻibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda. Tadbirda Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi kafedrasi oʻqituvchilari A.Bozorov, I.Mengnorov va yoʻnalish tyutorlari tomonidan talabalarga Yangi Oʻzbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi. Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqning chinakam erkin, farovon hayot tamoyillariga yoʻgʻrilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratib beruvchi huquqiy asosdir.

Tadbirda yoshlar faol ishtirok etib, “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” shiori ostida oʻtkazilayotgan bugungi muhim targʻibot jarayonlarini oʻzida aks etgan fotolavhalarini ishtirokchilar e'tiboriga havola etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.9K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-03-31 08:02:23
#referendum_2023

Konstitutsiya bu siz-u bizning hayotimiz. Unda barchamizning huquq va burchlarimiz, Vatanimiz ertasi mujassam.

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni yurtimizdagi siyosiy jarayon ya’ni xalqimiz takliflari asosida tayyorlangan Yangi Konstitutsiya referendum orqali qabul qilinadi.

Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlardan yana biri Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev, universitet yuristi M.Po'latov, fakultet dekani H.To'rayev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-03-30 20:40:48
Hurmatli yurtdoshlar!

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan, telegram kanallari orqali fuqarolarning plastik kartalaridagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish holatlari ko‘paymoqda.

Firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun fuqarolarimizga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining rasmiy telegram kanalini doimiy kuzatib borish tavsiya etiladi. Unda birinchi manba sifatida firibgarlik holatlari to‘g‘risidagi ogohlantirish axborotlari muntazam berib boriladi.

Kiberxavfsizlik markazining rasmiy telegram kanaliga ulanish:

https://t.me/cyber_102

Surxondaryo viloyati IIB Kiberxavfsizligi bo'limi:

https://t.me/surxon_cyberpolicebot
2.0K views17:40
Ochish/sharhlash
2023-03-30 20:04:35
Termiz davlat universitetida universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida tadbir o'tkazildi.

Tadbirda psixolog L.Karimova, Surxondaryo viloyati IIB HPB inspektori Sh.Ashurov, universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha Kengash raisasi D.Hamzayeva, universitet psixologi D.Murodullayeva, fakulteti tyutorlari hamda fakultet talaba qizlari ishtirok etdi.

Tadbirda gender tengligi, zo‘ravonlik, xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilayotgani, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad ayollar haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish ekanligi misollar yordamida tushuntirildi

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.6K views17:04
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:00:33
#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Jabborov Eshnazarni O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Jahon ma’rifatchilik adabiyoti: G‘arbiy Yevropa va o‘zbek adabiyotining qiyosiy tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Jabborov Eshnazarni ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimlarining safi kengayaversin!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
4.2K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:30:45
#qutlov

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Termiz davlat universiteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Haydarova Kamola Davranovnani O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.fil.01.10 raqamli Ilmiy kengashda 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek, rus va ingliz tillarida meva-sabzavot hamda poliz ekinlari nomlarining lingvokulturologik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Haydarova Kamola Davranovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz.

Universitet olimalarining safi kengayaversin!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views13:30
Ochish/sharhlash