Get Mystery Box with random crypto!

Xorijlik professor TerDUda dars bermoqda! Endilikda Termiz da | TerDU rasmiy kanali

Xorijlik professor TerDUda dars bermoqda!

Endilikda Termiz davlat universiteti bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli OTMlari bilan manfaatli hamkorliklarni yoʻlga qoʻymoqda. Undan koʻzlangan asosiy maqsad — malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir. Bu orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish va jahon standartlariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislar yetishtirishga erishish imkoniyati kengaymoqda.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Kimyo fakulteti Organik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori Lukashev Nikolay Vadimovich universitetimizning Kimyo fakulteti talabalariga “Organik kimyo” fanidan dars bermoqda. Mashgʻulotlar eng soʻnggi dars metodlari asosida oʻtilib, sohadagi yangiliklar, yutuq va oʻzgarishlar haqida talabalarga maʼlumotlar berilmoqda.

Eng muhimi talabalar nazariy bilim va tajribasini amaliyotda ham qoʻllashmoqda. Dars mashgʻulotida oʻz sohasining yetuk professori organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmi, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadbiq qilish haqida batafsil tushunchalar bermoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt