Get Mystery Box with random crypto!

#referendum_2023 Konstitutsiya bu siz-u bizning hayotimiz. Un | TerDU rasmiy kanali

#referendum_2023

Konstitutsiya bu siz-u bizning hayotimiz. Unda barchamizning huquq va burchlarimiz, Vatanimiz ertasi mujassam.

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni yurtimizdagi siyosiy jarayon ya’ni xalqimiz takliflari asosida tayyorlangan Yangi Konstitutsiya referendum orqali qabul qilinadi.

Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlardan yana biri Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori O.Shofiyev, universitet yuristi M.Po'latov, fakultet dekani H.To'rayev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt