Get Mystery Box with random crypto!

TerDU rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali T
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi terdu340 — TerDU rasmiy kanali
Kanaldagi mavzular:
Статистика
Qabul
Abituriyent
Kanal manzili: @terdu340
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.86K
Kanalning ta’rifi

🌍 http://www.tersu.uz/
✅ https://t.me/terdu340
✅ http://facebook.com/tersu340
✅https://www.instagram.com/terdu_rasmiy
✅https://youtube.com/@Termizdavlatuniversitet
Murojaat uchun: @TerDU_rektor_bot
©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 18

2023-03-28 18:20:43
Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi tavsilotlari

Xabaringiz bor, 27-28-mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi bo'lib o'tdi.

Unda universitetlarning iqtisodiy oʻsishga qaratilgan innovatsiyalar va texnologiya sohalaridagi tashabbuslar, shuningdek, ilgʻor muhandislik maktablarini rivojlantirish, ishlab chiqarish va taʼlim hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalarda Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov moderator sifati ishtirok etdi

Shuningdek, ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuv masalalari ham muhokama qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.2K views15:20
Ochish/sharhlash
2023-03-28 16:27:27
#EduForum_2023

Oʻzbekiston - Koreya rektorlari forumining seksiya yigʻilishlari va hujjatlar almashinuv marosimidan videorolik

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.6K views13:27
Ochish/sharhlash
2023-03-28 16:22:15
#referendum_2023

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA LOYIHASI MUHOKAMADA

Xabaringiz bor, joriy yilning 30-aprel sanasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi.

Shu munosabat bilan, Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetida “Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi muhokamada” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizda turli sohada faoliyat yuritgan nuroniylar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlatimiz va xalqimiz hayotida Konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi orqali amalga oshirilishi bilan bog‘liq katta siyosiy voqea bo‘lib o‘tishi, referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda referendum o‘tkazish tartiblari haqida tushunchalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.8K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-03-28 14:00:11
“Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam”

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ko‘plab joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoda. Jumladan Termiz davlat universitetida Tabiiy fanlar fakultetida soha mutaxassislari tomonidan “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu mening Konstitutsyam” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahriri haqida batafsil tushunchalar berildi.

Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.5K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-03-27 21:09:48
Ta’lim-fan jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida tashkil etilgan ushbu kengashning birinchi yig‘ilishida oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim hamda ilm-fanga oid islohotlarga befarq bo‘lmagan tashabbuskor fuqarolardan tarkib topgan kengash a’zolari, kengash tomonidan tashkil etilishi kutilayotgan ishchi guruhlari hamda vazirlik Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi. Unda, shuningdek hududlardan qatnashish istagida bo‘lganlarga hududiy boshqarmalardagi studiyalardan ZOOM platformasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5222

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.3K views18:09
Ochish/sharhlash
2023-03-27 15:03:31
#referendum_2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi muhokamada

Termiz davlat universitetida yangilanayotgan asosiy qonunimiz loyihasiga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, mahalla va boshqa ijtimoiy soha xodimlari, ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati Kengashi deputati B.G’afforov, universitet yuristi M.Po’latov va boshqalar tomonidan Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqida keng tushunchalar berildi.

So‘zga chiqqanlar Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimiz tinchligi, obodligi yo‘lida olib borilayotgan bunday ulug‘vor ishlarni izchil davom ettirishning hamda xalqimiz hayotidan rozi bo‘lib yashashi uchun uning huquqiy asoslarini mustahkamlayotgani to‘g‘risida fikr yuritilib, barchani Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumda faol qatnashishga chorladi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.9K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-03-27 14:09:52
#EduForum_2022

Ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasida hamkorlik va almashinuvni rivojlantirish

Ikkinchi seksiyada ilm-fan, taʼlim va innovatsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuv dasturlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari, Samarqand davlat, Qoraqalpoq davlat, Qarshi davlat, Urganch davlat, Termiz davlat universitetlari, Koreyaning ham qator oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirok etmoqda.



Развитие сотрудничества и обмена в сфере высшего образования между двумя странами

Во второй секции планируется обсудить договоренности об ускорении программ обмена студентами и преподавателями в рамках перспективного сотрудничества в сферах науки, образования и инноваций.

В обсуждениях участвуют руководства Национального, Узбекского государственного мировых языков, Самаркандского государственного, Каракалпакского государственного, Каршинского государственного, Ургенчского государственного, Термезского государственного университетов, ряда высших учебных заведений Кореи.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.9K views11:09
Ochish/sharhlash
2023-03-26 09:02:15
#Universiada

Buxoro “Humo” sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Universiada” sport musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida qizg‘in kechgan bahslar yakunida:

Buxoro viloyati umumjamoasi
Toshkent shahri umumjamoasi
Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti umumjamoasi egalladi.

O'g'il bolalar o'rtasida:
1-o'rin To'raboyev Otabek 100 kg vaznda hamda To'raboyev O'tkir 100kgda, Yo'ldoshev Jamshid 81 kg vazn toifasida va Shodiyev Alpomish 73 kg vazn toifasida 3-o'rinni egalladi;

Qizlar o'rtasida esa:
1-o'rin Abduvohidova Xurshida 57 kg vazn toifasida;
2-o'rin To'raboyeva Jamila 87 kg vazn toifasida;
3-o'rin Xurramova Lobar 48 kg vazn toifasida va Amirova Shoxista 70 kg vazn toifasida egallashdi.

Chempionlarimizni ushbu yutug‘i bilan, eng avvalo o‘zlarini va oila aʼzolari hamda ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
2.4K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-03-26 08:01:10

2.8K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-03-25 21:40:56
#uzbekistan24 | #axborot24

TerDUda referendum targ‘ibotiga bag‘ishlab tashkil etilgan ommaviy tadbir OAV nigohida.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3.3K views18:40
Ochish/sharhlash