Get Mystery Box with random crypto!

Temurbek Adhamov

Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov T
Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov
Kanal manzili: @temurbek_adhamov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.54K
Kanalning ta’rifi

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-04-29 20:52:18
#Saxovat

Bugun do'stim Temurbek Adhamovning sahifasida bir inson grant asosida yaxshi o'qigan o'quvchilarga sovg'a qilsin uchun Macbook sovg'a qilganini ko'rib, juda xursand bo'lgandim. Chin ko'ngildan havas qilib sevindim.

Bir soatlar o'tar-o'tmas direktorimiz Xurshid aka qo'ng'iroq qilib qoldilar:
-Ustoz, bir tadbirkor akamiz maktabimizga Elektron doska hadya qilib olib kelibdilar, – deb.
Havasimiz xolis ekan.

Power Dream korxonasi rahbari Ravshan akamizdan maktabimiz uchun juda ham kerakli sovgʻa boʻldi.
Taʼlim uchun homiylik qiladigan saxiy tadbirkor doʻstlarimiz bor boʻlsin.

P.S. Bir nechta moliyaviy imkoniyati cheklangan, lekin iqtidorli oʻquvchilarimiz saxovatli insonlarning yordami va homiyligi bilan oʻqishayotganini ham eʼtirof qilib, ularga alohida minnatdorchilik izhor qilmoqchiman.

ALLOHim dunyoi oxiratda barchangizni aziz qilsin.

@Muhammadali_Eshonqulov
4.2K views17:52
Ochish/sharhlash
2023-04-29 12:40:20
- Sizlarda onlayn SMM kursi bormi?
-
Hozircha yo'q Endi bor

SMM sohasini o'rganishni istaydigan, lekin markazimizga kelib o'qish imkoniyati bo'lmayotgan insonlar uchun ajoyib yangilik tayyorlab qo'ydik.

Siz uchun markazimiz SMM Pro ustozi Abduvosiq Abdumalikov bilan birgalikda SMM kursini tayyorlamoqdamiz. Kurs haqida ko'proq ma'lumot olishni istaysizmi?

2-may, soat 21:00 da Temurbek Adhamov va Abduvosiq Abdumalikovlar ishtirokida bo'lib o'tadigan onlayn SMM kursi taqdimotiga taklif qilamiz.

Taqdimot YouTube sahifamizda jonli tarzda bo'lib o'tadi. Taqdimotni o'tkazib yubormaslik uchun quyidagi havola orqali o'tib eslatma belgisini bosib qo'ying.

https://youtube.com/live/fPWTI20KGng

Taqdimotda turli bonus va sovg'alar ham sizni kutmoqda)
5.5K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-04-28 22:03:26
Yaxshilar doim bor bo’lsin!

Ramazon oyida Najot Ta’lim va Cambridge o’quv markazlari kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan 100 nafar yigit va qizlar uchun grant e’lon qilgan edi. Shunga ko’ra 89 nafar yoshlar saralab olindi, nasib qilsa ular bilan bugun uchrashamiz.

Bir haftacha avval bir qadrdon akamiz yozib qolishdi, xayriya sifatida bir nafar o’quvchiga Macbook sovg’a qilmoqchi ekanliklarini aytishdi. Bu grantdan xabarlari bormi yo’qmi bilmayman, lekin juda vaqtida bo’ldi shu ish.

Bugun endi shu Macbookni loyiq bo’lgan bir singlimizga sovg’a sifatida topshiramiz. Sovg’ani bergan inson sir qolishini istadi. (aslida yaxshigina mashhur inson) Ochig’i juda xursand bo’ldim. Alloh taolo bu xayrli ishni ziyodasi bilan qaytarsin, barcha yaxshi niyatlariga yetkazsin. Shu xabarni o’qiganlar sohibi ehsonning haqqiga duo qilib qo’yishlarini so’rab qolaman )
6.2K views19:03
Ochish/sharhlash
2023-04-28 18:45:19 9 yil grantda o'qib, Yaponiyaning eng ilg'or universitetidan PhD daraja olgan olim bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining bu galgi mehmoni ko‘plab xalqaro ta'lim grantlari g‘olibi, Tokyo universitetidan Ommaviy siyosat bo'yicha fan doktori, Jorj Vashington va Vestminister universitetlarida mustaqil tadqiqotchi hamda Yaponiya raqamli universiteti (JDU) prorektori Dr. Bekzod Zakirov bo‘ldilar.

Ushbu sonda Yaponiya va O'zbekistonda ta’lim tizimi, iqtisodiyot, talaba yoshlarga tavsiyalar, professor o‘qituvchilarimizda uchrayotgan muammolar hamda universitetlar haqida kerakli ma’lumotlarni olasiz, degan umiddamiz.

Premyerani hoziroq tomosha qiling!



14.0K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-04-28 08:00:49 “Najot Ta’lim”ning audit bo’limida amaliyot o’tash imkoniyati

Siz «Najot Ta'lim»ni yanada rivojlantirish ustida ishlaydigan Audit bo’limida amaliyot o’tashingiz mumkin. Ish jarayonlarni ichkaridan kuzatishni istagan, ta'lim tizimi rivoji uchun o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan yoshlarni ushbu lavozimga taklif qilamiz.

Buning uchun siz:
- to’liq hajmda ishlay oladigan;
- o'sishga intiluvchan;
- tahliliy va tanqidiy fikrlay oladigan;
- kompyuterdan yaxshi foydalana oluvchi;
- ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan; (kamida intermediate)
- 20-28 yosh orasida bo'lishingiz kerak.

Funksional vazifalar:
-
Kamera kuzatuvi, Cilick UP, CRM tizimlari. ishlarni avtamotlashtiruvchi dasturlarni nazorat qilish;
- Ma'lumotlarni tahlil qilish;

Sinov muddati bir oyni tashkil etadi.

Amaliyot uchun quyidagi manzilga rezyumengizni yuboring.

@Recruiting_NT

Amaliyotchilarning kelgusida menga assistent bo’lish imkoniyatlari bo’ladi.
5.9K viewsedited  05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-22 19:43:14
Abdukarim Mirzayev murojaati!

Azizlar! Biz “Million kitob” deb nomlangan xayrli bir loyihani boshlashga qaror qildik.

Loyiha doirasida kitob o‘qish istagida bo‘lgan ehtiyojmand yoshlarga millionta kitob ulashmoqchimiz.

Albatta, buni bir o‘zimiz uddalashimiz qiyin. Ammo barchamiz birlashsak, katta kuchga aylanamiz!

Do‘stlar! Fursatdan foydalanib, ushbu loyihamizni qo‘llab-qavvatlashni istagan, unga homiylik qilmoqchi bo‘lgan millatsevar tadbirkorlarimizni, davlat va nodavlat tashkilotlarni va Siz saxovatpesha hamyurtlarimizni hamkorlikka chorlaymiz!

Kitob ulashing – kitobday aziz bo‘ling!

Zotan, bu eng go‘zal sadaqayi joriyalaringizdan biri bo‘ladi, inshaAlloh.

Huzur kitoblari kanalida barcha ma'lumot va hisobotlar berib boriladi.

Uzcard:
5614 6818 1350 4341 | Z. Fayzullayev

Visa:
4231 2000 0981 7114 | Z. Fayzullayev

En Para:
5351 7719 3309 0052 | O. Tıllaev

Murojaat: @Mustafo_Jasur

Iltimos, xabarni guruh va kanallarda ulashishga o‘z hissangizni qo‘shing!
1.3K views16:43
Ochish/sharhlash
2023-04-22 13:53:54
Ochilish marosimiga tayyormisiz?

«Najot Ta'lim» markazining Farg'ona filiali ochilish marosimi soat 10:00 da bo'lib o'tganidan so'ng, soat 14:00 da sizlar uchun maxsus master-klass tayyorlab qo'ydik.

Master-klass spikerlari:

• «Cambridge» va «Modme» loyihalari asoschisi va rahbari Jahongir Po'latov;
• «Yuksalish» loyihasi asoschisi va rahbari Muhammadali Eshonqulov;
• «Dizipro» loyihasi asoschisi va rahbari
Abdusattor Abdurahimov;
• «Najot Ta'lim» markazi asoschisi va rahbari Temurbek Adhamov.

Erkin va savol-javob tarzida bo'lib o'tadigan suhbatda barchangizni kutib qolamiz.

Qachon: 25-aprel, seshanba, soat 14:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha vodiylik qiziquvchilar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

Ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ochilish marosimi shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.

78-888-9-888
3.9K viewsedited  10:53
Ochish/sharhlash
2023-04-21 18:56:08
#Хайрия

Эндигина беш ёшга тўлган Атҳамжон икки йилдан буён бош мия ўсимтаси касаллиги билан курашиб келмоқда. Шифокорлар тавсияси билан уни дарҳол Ҳиндистонда операция қилиш зарур!

Беморнинг онаси 3 нафар фарзанднинг ёлғиз боқувчиси бўлганлиги ва моддий қийинчиликлар сабаб саховатпеша инсонлар ёрдамига муҳтож.

Даволаш учун кетадиган харажатлар:
Ҳозирда Деҳли марказий шифохонасидан виза ва инвойс келган
Жарроҳлик амалиёти нархи: 19.000 $
Жами йиғилган маблағ: 11.750 $
Йиғилиши керак қолдиқ: 7.250 $

Пластик карта:
Uzcard: 8600530452196572
Бахтиёрова Рано
Visa: 4738720006022218
Бахтиёрова Рано (онаси)
Тел: +998990334625 (онаси)

Улуғ айём кунларида шу гўдакка ёрдам қилишингларни илтимос қиламиз. Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир!
1.8K views15:56
Ochish/sharhlash
2023-04-21 16:26:30
Orzularni amalga oshirdik

Yaqin 10 kunlarda Najot Ta’limning 2022- sarhisobi, natijalari, statistikalari, o’quvchilar uchun tayyorlab qo’yilgan yangiliklari e’lon qilinadi. Bu haqda bejizga gapirmayapman, sababi bu ishlarni Najot Ta’limning jamoasi birgalikda amalga oshirmoqda. Ya’ni, bir kishi emas, balki, 300 dan ortiq inson 2500 nafardan ortiq insonga bir vaqtning o’zida ta’lim berish jarayonlari bilan shug’ullanmoqda. Ochig’i ta’lim juda mashaqqatli jarayon, har kuni stressli nimadir bor… )

Endi mana shu jonkuyar jamoaga “Qanday qilib ajoyib tashakkur bildirsak bo’ladi”, deb ko’p o’ylardim. Ochig’i shaxsan o’zim uchun ota-onamga men haqimda tashakkur aytishlari meni o’zimga aytilgan tashakkurdan 100 marta ko’p xusand qiladi. O’zimga yoqqanini barcha uchun qo’lladik. )

Najot Ta’limda 1 yil va undan ko’p ishlagan/ishlayotgan insonlarning ota-onalariga Najot Ta’limning erishgan yutuqlari, aynan shu jamoa sababli qancha yoshlarning ishli bo’lib o’z o’rnini topgani haqida maktub va kichik sovg’a yubordik. O’ylaymanki, jamoadoshlarimning ota-onalari bundan xursand bo’lgan va yana takrorlab aytamanki, maktubda yozilgan gaplar haqiqat, aynan shu jamoa sababli bugun biz doimiy o’smoqdamiz!

Fursatdan kelib chiqib, Najot Ta’limning rivojiga hissa qo’shgan jamoadoshlarga va ularning ota-onalariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman! Xayriyaviy ta’lim grantlarida, yoshlarning zamonaviy kasblarda o’z o’rnini topishida, oilasiga ko’makchi bo’lib kasbli bo’lishida barchaning hissasi bor.

Ramazon hayiti yana bir bor muborak bo’lsin!
3.2K views13:26
Ochish/sharhlash
2023-04-21 13:31:28 Kompaniyada faqatgina bitta rahbar bor, u ham bo’lsa mijoz
3.1K views10:31
Ochish/sharhlash