Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshilar doim bor bo’lsin! Ramazon oyida Najot Ta’lim va Cam | Temurbek Adhamov

Yaxshilar doim bor bo’lsin!

Ramazon oyida Najot Ta’lim va Cambridge o’quv markazlari kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan 100 nafar yigit va qizlar uchun grant e’lon qilgan edi. Shunga ko’ra 89 nafar yoshlar saralab olindi, nasib qilsa ular bilan bugun uchrashamiz.

Bir haftacha avval bir qadrdon akamiz yozib qolishdi, xayriya sifatida bir nafar o’quvchiga Macbook sovg’a qilmoqchi ekanliklarini aytishdi. Bu grantdan xabarlari bormi yo’qmi bilmayman, lekin juda vaqtida bo’ldi shu ish.

Bugun endi shu Macbookni loyiq bo’lgan bir singlimizga sovg’a sifatida topshiramiz. Sovg’ani bergan inson sir qolishini istadi. (aslida yaxshigina mashhur inson) Ochig’i juda xursand bo’ldim. Alloh taolo bu xayrli ishni ziyodasi bilan qaytarsin, barcha yaxshi niyatlariga yetkazsin. Shu xabarni o’qiganlar sohibi ehsonning haqqiga duo qilib qo’yishlarini so’rab qolaman )