Get Mystery Box with random crypto!

Orzularni amalga oshirdik Yaqin 10 kunlarda Najot Ta’limning | Temurbek Adhamov

Orzularni amalga oshirdik

Yaqin 10 kunlarda Najot Ta’limning 2022- sarhisobi, natijalari, statistikalari, o’quvchilar uchun tayyorlab qo’yilgan yangiliklari e’lon qilinadi. Bu haqda bejizga gapirmayapman, sababi bu ishlarni Najot Ta’limning jamoasi birgalikda amalga oshirmoqda. Ya’ni, bir kishi emas, balki, 300 dan ortiq inson 2500 nafardan ortiq insonga bir vaqtning o’zida ta’lim berish jarayonlari bilan shug’ullanmoqda. Ochig’i ta’lim juda mashaqqatli jarayon, har kuni stressli nimadir bor… )

Endi mana shu jonkuyar jamoaga “Qanday qilib ajoyib tashakkur bildirsak bo’ladi”, deb ko’p o’ylardim. Ochig’i shaxsan o’zim uchun ota-onamga men haqimda tashakkur aytishlari meni o’zimga aytilgan tashakkurdan 100 marta ko’p xusand qiladi. O’zimga yoqqanini barcha uchun qo’lladik. )

Najot Ta’limda 1 yil va undan ko’p ishlagan/ishlayotgan insonlarning ota-onalariga Najot Ta’limning erishgan yutuqlari, aynan shu jamoa sababli qancha yoshlarning ishli bo’lib o’z o’rnini topgani haqida maktub va kichik sovg’a yubordik. O’ylaymanki, jamoadoshlarimning ota-onalari bundan xursand bo’lgan va yana takrorlab aytamanki, maktubda yozilgan gaplar haqiqat, aynan shu jamoa sababli bugun biz doimiy o’smoqdamiz!

Fursatdan kelib chiqib, Najot Ta’limning rivojiga hissa qo’shgan jamoadoshlarga va ularning ota-onalariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman! Xayriyaviy ta’lim grantlarida, yoshlarning zamonaviy kasblarda o’z o’rnini topishida, oilasiga ko’makchi bo’lib kasbli bo’lishida barchaning hissasi bor.

Ramazon hayiti yana bir bor muborak bo’lsin!