Get Mystery Box with random crypto!

Temurbek Adhamov

Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov T
Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov
Kanal manzili: @temurbek_adhamov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.54K
Kanalning ta’rifi

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-30 10:03:36 Junior "Frontend"chilar diqqatiga!

"Abutech" dasturiy ta'minot kompaniyasi Frontend yo'nalishidan amaliyot e'lon qiladi.

Dasturlashning Frontend yo'nalishida faoliyat olib boruvchi yoshlar uchun "Abutech" kompaniyasida amaliyot o'tash va yakunida jamoaga qo'shilish imkoniyati.

Amaliyot muddati 3 oyni tashkil etadi. Amaliyot davomida Senior va Middle dasturchilar ish o'rgatadi. Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan salohiyatli dasturchilar kompaniyada ish faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Dasturchilar amaliyotga saralash orqali tanlab olinadi. Saralash 2 bosqichdan iborat bo'lib, suhbat va amaliy topshiriq asosida bo'lib o'tadi.

Talablar
Nazariy bilimga ega bo'lish:
• HTML;
• CSS;
• ReactJS;
• Typescript.

Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Havola
5.1K viewsedited  07:03
Ochish/sharhlash
2023-03-29 14:45:36
«Najot Ta'lim» jamoasi .NET ustozlari uchun vakansiya e'lon qiladi!

«Najot Ta'lim» Toshkent
filiali uchun malakali .NET mentorlar (ustozlar) qidirilmoqda. Bu aynan siz bo'lishingiz mumkin. Quyida batafsil tanishib chiqing.

Oylik maosh: soatiga $10 dan $17 gacha
(tajribangiz ko'p bo'lsa, maosh kelishiladi)

Talablar:
• 1.5 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi;
• O'zbek tilida erkin so'zlasha olish;
• Haftada 5 kun, kuniga 3 soat dars berish;
• Mashqlar va imtihonlar sxemalarini to'g'ri tanlay olish;
• O'quv bo'limi o'quv rejasini ishlab chiqishda yordam berish.

Takliflarimiz:
Rasmiy mehnat faoliyati;
• Malakali mutaxasisslardan tashkil topgan katta va ahil jamoa;
• Katta tajriba orttirish imkoniyati;
• Zamonaviy hi-tech ofisdagi ish;
• Bepul treninglar, meetup'lar, workshop'lar;
• Eng asosiysi, ilmga chanqoq yoshlarga dars berish.

Qo'shimcha imkoniyatlar

Yuqoridagi talab va takliflar sizga ma'qul kelgan bo'lsa yoki shunday mutaxassisni tanisangiz, bizga murojaat qiling.

Taklifingiz muvaffaqiyatli amalga oshsa va tavsiya qilgan nomzodingiz jamoamizda ish boshlasa, $300 ni qo'lga kiritasiz!

Sizni jamoamizda ko'rishdan mamnun bo'lamiz!

Murojaat uchun: @najottalim_recruiting

+998996150011
2.3K views11:45
Ochish/sharhlash
2023-03-29 12:11:01
O'tgan oyda Jamshidxon aka Ziyoxonov boshchiligidagi Subyektiv jamoasi Najot Ta'limda mehmon bo'lishgan edi.

300 nafardan ziyod yigit-qiz ishtirok etgan ushbu master-klass yozib olingan edi.

Bugun soat 15:00 da premyera bo'lib o'tadi. Qarshi bo'lmasangiz, albatta )

Subyektivchilar bilan bo'lib o'tgan suhbat siz uchun ham qiziq bo'lsa, premyerani tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:

3.0K views09:11
Ochish/sharhlash
2023-03-26 18:50:07 «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidida endilikda taroveh namozini nafaqat tomosha qilish, balki oyatlarning arabcha matni va o'zbekcha ma'no tarjimasi bilan o'qishingiz ham mumkin.

Qorilar: Hasanxon Yahyo Abdulmajid & Bahodir domla Rahmatulloh

https://youtube.com/live/-4wTB-H_2LM?feature=share
2.6K viewsedited  15:50
Ochish/sharhlash
2023-03-26 18:25:21
2.9K views15:25
Ochish/sharhlash
2023-03-26 15:02:42
Bugungi Najot Ta’lim Quiz musobaqasida qatnashgan barcha yigit-qizlarga rahmat! Musobaqada qatnashgan barcha g’olib aslida!

Eslatib o’taman, Najot Ta’lim bir oyda dasturlash, dizayn va marketing bo’yicha 6-8ta musobaqa tashkil qilyapti. Ularga 1000 nafardan ziyod mutaxassis yoshlar qatnashyapti.
6.5K viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-26 10:06:59
Najot Ta’lim Quiz boshlandi!
337 views07:06
Ochish/sharhlash
2023-03-25 18:11:31
3.1K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-03-24 12:25:51
Bundan ancha avvalroq Najot Ta'limda Doniyor Nasriddinov akamiz bilan o'quvchilarimiz o'rtasida suhbat bo'lib o'tgan edi.

Bugun soat 15:00 da ushbu suhbatni YouTube sahifamizda premyera qilamiz.

Doniyor aka bilan bo'lgan suhbatlarimiz doim yaxshilaridan bo'lgan.

Bu galgi suhbatda ham ko'pchilikning "og'riqli nuqtalari" bo'lgan intizom, nafs tarbiyasi kabi masalalarda o'zlarining tajribalaridan kelib chiqib, tavsiyalarni ulashishgan.

Premyerani tomosha qiling. Manfaatli bo'ladi, degan umiddaman )

Premeya havolasi:

2.0K views09:25
Ochish/sharhlash
2023-03-24 09:27:45
Oktabr oyida 98 foiz bitiruvchi o'z ish joyiga ega bo'ldi

Najot Ta'limning 2022-yil oktabr bitiruvchilar natijalari bilan tanishishingiz mumkin. E'tiborli jihati birinchi marta 98%lik natija bilan oyni yopdik, bundan avvalgi rekord 95 % bo'lgan edi )

Ko'pchilik, bitiruvchilarning yoshlari haqida so'rashgan edi, bu safargi statistikada necha yoshdaligi haqida ko'rsatib o'tilgan. Keyingi oydan o'rtacha maosh haqidagi ma'lumot ham berib boriladi.

Eslatib o'taman, quyidagi yigit-qizlar yo'nalishga ko'ra 3 oydan 14 oygacha bo'lgan muddat davomida ta'lim olishgan.

Ma'lumot o'rnida, Najot Ta'lim IT-Park rezidenti hisoblanadi.

Natijalar bilan tanishish
2.6K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash