Get Mystery Box with random crypto!

Temurbek Adhamov

Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov T
Telegram kanalining logotibi temurbek_adhamov — Temurbek Adhamov
Kanal manzili: @temurbek_adhamov
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.54K
Kanalning ta’rifi

Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-02 20:24:34 Onlayn kurs tariflari va narxlari e’lon qilindi

https://youtube.com/live/fPWTI20KGng
3.7K viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2023-05-02 20:20:35 Kursdan qanoatlanmasangiz pulingizni 100% qaytarishga kafolat beramiz!

Batafsil bilib oling: https://youtube.com/live/fPWTI20KGng
3.6K views17:20
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:04:54 Jonli efir boshlandi

Efir so’nggida sovg’alar va bonuslarga ega bo’lish imkoningiz bor!

https://youtube.com/live/fPWTI20KGng
3.7K viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2023-05-02 17:54:38
Конституция даражасидаги талаб: Журналистлар фаолиятига аралашганлар бунинг учун жавоб беради

Ўзбекистоннинг янгиланган конституциясида фақат 2 та касб эгаларининг фаолиятига аралашиш жавобгарликка сабаб бўлиши белгиланган: биринчиси – оммавий ахборот воситалари ходимлари, иккинчиси – судялар.

Асосий қонуннинг янги таҳририда “Ҳар ким фикрлаш, сўз ва эътиқод эркинлиги ҳуқуқига эга. Ҳар ким исталган ахборотни излаш, олиш ва тарқатиш ҳуқуқига эга” деган қоида сақлаб қолинди.

Kun.uz сўз эркинлиги бўйича моддалардаги ўзгаришларга эътибор қаратди.

https://kun.uz/87499943

Kun.uz расмий канали
3.4K views14:54
Ochish/sharhlash
2023-05-01 22:11:57 Bugun, 2-may soat 21:00 da Najot Ta’lim onlayn SMM kursining taqdimotini o’tkazamiz.

Sohaga qiziqqan insonlarni jonli efirni ko’rishlarini tavsiya qilaman. Ajoyib sovg’alar va rad etish qiyin bo’lgan takliflar tayyorlab qo’yganmiz )

Nasib qilsa bu oy kamida 3 ta kurs taqdimoti bo’lib o’tadi )
4.2K viewsedited  19:11
Ochish/sharhlash
2023-05-01 13:02:31
Farg'ona filialida «Najot Ta'lim» markazi ustozlari tomonidan katta ochiq dars

Zamonaviy kasblardan birini «Najot Ta'lim»da o'rganish istagida bo'lgan yigit-qizlar uchun markaz ustozlari tomonidan katta ochiq darslar bo'lib o'tadi.

Ochiq darslarda:

Marketing yo'nalishidan SMM Pro kursi ustozi — Jahongir Mamatqodirov;
Grafik dizayn kursi ustozi — Maqsadjon Olimjonov;
Dasturlash kursi ustozi — Alisher Kasimovlar tomonidan sohalar kimlar uchun va «Najot Ta'lim»dagi shu yo'nalishdagi kurslar bo'yicha batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Shuningdek, markaz rahbari Temurbek Adhamov tomonidan markazdagi qulayliklar, kelgusida o'quvchilar uchun taklif etilayotgan yangiliklar haqida bilib olsangiz bo'ladi.

Qachon: 5-may, juma, soat 09:30 va 14:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

O'zingiz uchun qulay bo'lgan vaqtlarning birida ochiq darslarga tashrif buyurishingiz mumkin.

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
4.8K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-04-30 18:40:37 ​​Menga turli yo’llar orqali shu kabi savollar juda ko’p keladi. Tajribam va Najot Ta’limdagi keyslardan kelib chiqib shu savolga umumiy javob bermoqchiman.

Savol: IT sohasiga juda qiziqaman, lekin kompyuterni umuman tushunmayman, nima qilay?

Javob: Bugun ko’pchilik ITga qiziqadi, dasturlashga qiziqishi tufayli kamida frontend sohasida o’zini sinab ko’radi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu ishtiyoq dars boshlangandan keyin bir oyda so’nadi. Soha menga emas ekan, kabi firklar yangray boshlaydi. Yechim sifatida avvalo kompyuter bilan ishlashni bepul darslar orqali ishtiyoq bilan o’rganishni so’ng dasturlash, shu kabi ITga oid va yondosh sohalarni oz bo’lsada, eng kamida Youtube orqali o’rganib ko’rishni maslahat beraman. Agar siz boshlang’ich tarzda o’rganib ko’rib (kamida bir oy) ishtiyoqingiz so’nmasa, endi keyingi qadamni ya’ni yo’nalish tanlashni boshlasangiz bo’ladi.

Savol: Onlayn kurslari orqali mutaxassis bo’la olamanmi?

Javob: Onlaynda ham oflaynda ham zo’r mutaxassis bo’lish ko’p hollarda o’zingizga bog’liq jarayon. Ikkisining ham o’ziga yarasha kuchli va zaif tomonlari bor. Agar sizda vaqt yoki joylashuv tomonlama muammo bo’lsa, doimiy intizomni o’zingizda shakllantira olsangiz, Google bilan ishlash ko’nikmasi a’lo dararajada bo’lsa, shu bilan birga savol berish madaniyatini shakllantira olsangiz onlayn kurs aynan siz uchun. Shu holatda natijaga erishingiz foizi ancha oshadi.

Savol: Yoshi katta bo’lib IT sohasida muvaffaqiyatga erishganlar bormi?

Javob: Tajribamda 35-42 yoshdagi akalarning ham o’qishni tamomlab o’z ish joyiga ega bo’lganini ko’rdim. Lekin bu yoshda o’qish yoshlarga nisbatan biroz qiyin bo’ladi. Sababi, avvalo vaqt muammoasi, shu bilan birgalikda yosh o’tgan sari oila tashvishlari ham ortib boradi. Deylik, o’rganib bo’lib ishga yoki amaliyotga joylashgan taqdirda ham hech kim katta oylik bilan kutib olmaydi. Boshlang’ich 6 oy muddatgacha oylik olmasligingiz yoki juda kam oylikka ishlashingizga to’g’ri kelishi ham mumkin.

Savol: Qaysi yo’nalishni maslahat bergan bo’lardingiz?

Javob: Eng avvalo ingliz tilini o’rganishni maslahat bergan bo’lar edim. Sababi ingliz tilisiz ish topish borgan sari qiyinlashib boryapti, har qanday IT sohasini o’rgansangiz ham ingliz tili bo’lmasa ishga kirish foizingiz tushib boraveradi. Yo’nalish bo’yicha kelsak yoshingizdan kelib chiqib QA (sifat nazorati yoki testlovchi) PM (loyiha boshqaruvchisi) sohalarini o’rganishni yoki bo’lmasa dasturlashdan aniq sohani tanlash uchun foundation bosqichini tamomlashingizni maslahat beraman.

Savol: Qaysi platformalarni tavsiya qilasiz?

Javob: Bugun O’zbekiston bozorida PDP, Eduon, Mohirdev va Najot Ta’lim o’zlarining onlayn kurslarini taqdim etib kelyapti. Siz ular taqdim qilgan takliflarni ko’rib chiqib o’zingizga ma’qulini tanlashingizni maslahat beraman.

- - -

Ta’lim va IT sohasida tajribasi bor insonlarda ham qo’shimcha fikr va mulohazalar bo’lsa, baham ko’rilsa ko’pchilikka manfaatli bo’lar edi.
4.8K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2023-04-30 17:33:34
Kelajak uchun ovoz berib keldim!

#befarqemasman
4.2K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-04-30 09:06:53
#Хайрия
Бемор Игамбердиев Анвар Маҳмудович.

1986 йилда туғилган, 3 фарзанди бор, оила боқувчиси.

Буйрак етишмовчилиги
(иккала буйрак ҳам ишдан чиққан)
хасталигига чалинган, операция учун моддий ёрдам керак. Сахий инсонлар, сизлар сабабли бир оила хонадонида яна хурсандчилик чироғи ёнади, инша Аллоҳ.

«Эҳсоннинг мукофоти, фақат эҳсондир», (Роҳман - 60).

Манзил: Қўқон шаҳри, Амир Темур кучаси, 5-уй, 26-квартира.

Алоқа учун: +998905862520

Uzcard карта рақами:
8600490458848447
Анвар Игамбердиев

Visa:
4278320020531652
Анвар Игамбердиев.
3.9K views06:06
Ochish/sharhlash
2023-04-29 21:32:07
«Najot Ta'lim»dan tez kunda ajoyib yangilik!

5 kun qoldi!

@aloqa_ntbot
4.0K views18:32
Ochish/sharhlash