Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.35K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-06-13 12:56:55
"Whiplash"- 2014 IMDb 8.5

O'rtahol oilada tug'ilish, oilada sizga aloqador bo'lgan kimningdir yo'qligi va shu o'rtalikdan mukammallikka intilish - o'z qobig'ingizni yorib chiqish...

Inspiring, intense, bloody... O'zi filmda uning qobiliyatiga, undan biror narsa chiqishiga Fletcherdan boshqa odam ishonmagan chamamda. Ustoz deb atasak, noto'g'ri bo'lar... U ustoz emas edi, odamlarga nimalarga qodir ekanligini anglashga, majbur qilishga harakat qilgan boshlovchi edi.

Yengilish bu tugashi kerak degani emas, balki yanada porlash uchun berilgan imkon edi u uchun.

Ustozning o’rnini yaqqol ochib bergan.
Filmni ko’rganlar siz qanday fikrdasiz? Ko’rmaganlar ko’rishini tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish
@teacherazam
7.0K viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2024-06-13 09:59:13
O’ylovlardan bir shingil

Onglilik darajamiz borgan sayin pasayib borayapti. Ko'pchilik futuristik, antiutopik asarlar ham aynan shu g'oyani berishga harakat qiladi — biz avtomatlashayapmiz, robotlashayapmiz. Biz tobora hayotimizni avtomatlashtirishga urinayotgan ekanmiz, ehtimol ertaga dunyo aholisi orasida individuallik kamdan-kam uchraydigan xususiyatga aylanar. Qiziq, nega atrofimizdagi boshqa kishilar erishgan narsalarga bizning ham erishgimiz keladi?

Kanalga ulanish
@teacherazam
8.7K views06:59
Ochish/sharhlash
2024-06-12 16:30:48
Biz yashayotgan davrda vaqt nimalarga sarflanadi?
degan savolga qisqagina javob.

Yana sizda qanday variantlar bor?

Kanalga ulanish
@teacherazam
11.6K views13:30
Ochish/sharhlash
2024-06-12 12:33:18
"Yanada koʻproq demokratiyalarning manipulyativ diktaturalarga aylanib ketmasligi sababi nimada? Anʼanaviy tarzda "bunga demokratik institutlar - koʻp partiyali saylovlar, Konstitutsiyadagi oʻzaro tiyib turish va nazorat mexanizmlari, mustaqil sud yoʻl qoʻymaydi" deb javob berishadi. Aslida bunga insonlar yoʻl qoʻyishmaydi".

"Manipulyativ diktatorlar" kitobidan

Ha. Aslida shunday. Har safar "siyosatga aralashma", "och qornim...", "oʻynashmagin arbob bilan..." degan axmoqona falsafalar bilan oʻzingizni aldayotganizda, siz siyosatga aralashmasangiz ham, siyosat sizga taʼsir qilishini, sifatsiz taʼlim, sifatsiz tibbiyot, sifatsiz infratuzilma, abgor iqtisodiyot - bular hammasi siyosat mahsuli ekanligini unutmang!

Kanalga ulanish
@teacherazam
12.0K views09:33
Ochish/sharhlash
2024-06-12 10:09:44
Sieve (siv) - elak, suzg'ich

- tool used for separating solids from liquids or larger pieces of something from smaller pieces.

- to have a memory like a sieve (idiom) -

so'zma-so'z tarjimada elakdek xotiraga ega bo'lish

narsalarni tezda unutadigan insonlarga nisbatan ishlatiladi.

- if you have a memory or mind like a sieve, you forget things very easily.

ps. kimni aytardi shu gapni ko’p? u qulog’ingga kirib, bu qulog’ingdan chiqdimi?

Kanalga ulanish
@teacherazam
11.9K views07:09
Ochish/sharhlash
2024-06-11 17:04:23
NQE studiyasining to'rida Furqat Qurbonov va Otabek Mahkamov

O'zbek portreti qanday, yaxshi hayotga intilish, o'zbekning soddaligi va befarqlik bizni o'ldirishi haqida





Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul!

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.0K viewsedited  14:04
Ochish/sharhlash
2024-06-11 13:06:17
Graphic novel’dan qisqacha

Tarixiy voqealarni grafik roman qilsa menimcha tushunilishi oson va o’qish maroqliroq bo’ladi deb o’ylayman.

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.2K views10:06
Ochish/sharhlash
2024-06-11 12:55:52 ​​Persepolis - 2007 ‧ Drama/Animation

Eron voqealariga bag'ishlangan biografik film. Zamonaviy Eron va revolyutsiyadan keyingi davlat aniq tasvirlangan, biroq filmni tugallangan deya hisoblamayman. Qanaqadir oxiri berilmagan, na yaxshilik, na yomonlik bilan tugagan asarga o'xshab qolgan.

Persepolis - avtobiografik, grafik roman

Eron inqilobidagi murakkab tarixiy voqea aks ettirilgan. Marjane Satrapi 1970-1980 yillarda Tehronda kechgan umrlarini yoritadi. U tengi bolalar bolaligini surib, bekinmachoq, quvlashmachoq o’ynab ulg’ayotgan bir vaqtda, Eronlik bolalar qamoqxona qiynoqlari o’yinlarini o’ynashadi, namoyishlarga chiqishadi, siyosiy kitoblar o’qishadi.

Grafik romanidan olinadigan hayajon, nafrat yoki hazm qilolmaslikni animatsiyasidan topish biroz mushkul. Ilustratsiya va matnlar satirik janrda ishlangan bo’lsa-da, kulishga va yig’lashga ikkilantiradi. Ikkinchi qismi esa Satrapini ulg’aygani haqida.

Tavsiya qilaman! Toping o’qing, animatsiyasini ko’ring!

Hech Graphic novel’larni o’qiganmisiz? Ular qaysilar?

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.1K views09:55
Ochish/sharhlash
2024-06-11 10:58:13 Umuman olganda bu holatdan ko’pchilik qatlam zarar ko’radi.

Aqlimiz harakatlarimizga mos kelmasligi. Ya’ni yuqorida postlardan birida tushuntirilgan “Kongnitiv dissonans”

Aslida biz juda ko’p narsani bilamiz lekin amal qilmaymiz.

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.3K views07:58
Ochish/sharhlash
2024-06-10 09:48:10
Fast food yoki tamaki

Tamaki chakish hatto madaniyat sifatiga ham kirib ulgurgan bir vaqtda uni sindiradigan fast food paydo bo’ldi. Yetmaganiga zarar darajasi ham ortiqroq.

Ikkoviga ham o’rganib qolasiz va xumor tutadi. Shuncha chakkan pulimga biror narsa olsam bo‘lardi deb siqilardi yigitlar. Endi esa qizlar ham shuncha yegan fast food’im puliga kosmetika olsam bo’lardi deb afsuslanyapti.

1 oyda fast food uchun qancha pul sarflab yuborasiz?

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.9K views06:48
Ochish/sharhlash